К содержанию
РецензированоUZ2026

JAMIYATNI YUKSALTIRISHDA HUQUQIY TARBIYANING O’RNI

Shamsutdinova Zebiniso Mansurbek qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada jamiyatni yuksaltirishda huquqiy tarbiyaning roli, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda qanday jabhalarga e'tibor qaratish kerakligi bayon etilgan. Bugungi kunda aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligining sabablari va buni bartaraf etish usullari nimalardan iborat ekanligi bayon etilgan. Kalit so'zlar: huquqiy ta'lim, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, demokratiya, huquqiy targ'ibot, davlat, jamiyat, fuqaro, inson huquqlari, fuqarolik jamiyati, Parlament, ijro etuvchi hokimiyat, yuridik amaliyot. «Aholining huquqiy tarbiyasini tubdan yaxshilash, uning huquqiy madaniyat darajasini oshirish, huquqiy axborotning keng maydonini yaratib berish - huquqiy davlatning qaror topishida muhim yo 'nalishdir» Islom Karimov1 Dastlab, huquqiy tarbiya tushunchasiga ta'rif berib o'tamiz. Huquqiy tarbiya - bu jamiyat a'zolarining yurish-turish madaniyatiga va ongiga huquq haqidagi bilimlarni doimiy ravishda maqsadga muvofiq ta'sir etish orqali singdirib borish jarayonidir2. Demak, bundan kelib chiqib aytish mumkinki, huquqiy tarbiya huquqqa oid bilimlarni doimiy oshirib borish, jamiyat a'zolarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish va shu orqali chinakam fuqarolik jamiyati qurish. Huquqiy targ 'ibot, huquqiy ta'lim, yuridik amaliyot va o'zini o'zi tarbiyalash huquqiy tarbiya vositalariga kiradi. Huquqiy tarbiya deganda, faqatgina huquq yordamida emas, balki axloqiy normalar orqali ham ta'sir o'tkazishdir. Masalan, o'g'irlik qilish huquqiy nuqtayi nazardan jinoyat deb nomlanib, jinoyat qonunchiligi bilan tartibga solinsa, axloq normalarida ham birovning haqiga xiyonat qilish sifatida qoralanadi hamda jamoatchilikning e'tirozi orqali ta'sir ko'rsatiladi. Huquqiy tarbiyaning ikki turi farqlanadi. Bular: - tor ma'nodagi huquqiy tarbiya; - keng ma'nodagi huquqiy tarbiya. Tor ma'nodagi huquqiy tarbiyada huquqiy bilimlarni biz yuridik oliygohlarda olishimiz mumkin. 1 I.A.Karimov.Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi.5-tom 2Saydullayev.SH.A. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent-2018- 101-b https://scientific-jl.com 7 4 65-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Keng ma'nodagi huquqiy tarbiyani esa, oilada, bog'chada, maktabda, yoki o'zimiz mustaqil o'qish orqali olishimiz mumkin3. Huquqiy tarbiyaning vositalari deb, huquqiy targ'ibot va tashviqot, huquqiy ta'lim, o'z o'zini tarbiyalash va yuridik amaliyotni aytishimiz mumkin. Huquqiy targ'ibot va tashviqot. Huquqiy tarbiya vositalariga alohida-alohida to'xtaladigan bo'lsak, ulardan biri - bu huquqiy targ'ibot. Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Adliya vazirligi tomonidan "Prezident qarori - hayotda va nazoratda" shiori ostida joylarda targ'ibot - tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu vazirlikning tashabbusi bilan turli ko'rik-tanlovlari tashkil etilib, huquqiy bilimlari yuqori bo'lgan fuqarolar rag'batlantirilmoqda. Rag'bat sifatida hattoki avtomashinalarning berilayotganligi ham huquqiy targ'ibotni kuchaytirish uchundir. Huquqiy ta'lim. Huquqiy ta'lim, avvalo, maktablarda yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lishi lozim. Tan olish kerakki, bugungi kunda maktabdagi huquqshunoslik fanlarining o'qitilishi sifat darajasida emas. Bunga asosiy sabab qilib, o'quv soatlarining kamligini aytish mumkin. Haftasida bir soatgina o'rganish ushbu fanni chuqurroq bilish uchun yetarli emas deb hisoblayman. Dars soatining kamligi tufayli bu fandan dars berishga hamma ham ishtiyoq bildirmaydi. Va o'quvchilar tomonidan ham qiziqib o'rganilmaydi. Ammo bu holat huquqshunoslikni yaxshi o'rganolmaslik uchun sabab bo'la olmaydi. Inson o'zi mustaqil o'qib- izlanib, doimiy yangiliklardan xabardor bo'lib, zamon bilan hamnafas bo'lishi kerak. Ana shundagina o'zining rivoji uchun qanday imkoniyatlar yaratib berilayotganligining guvohi bo'ladi va o'zi ham ushbu imkoniyatlardan foydalanadi. O'zini o'zi tarbiyalash. Yuqorida aytib o'tgan fikrimiz ham o'zini o'zi tarbiyalashga misol bo'la oladi. Inson hayotdagi voqealarni kuzatish orqali o'zini o'zi tarbiyalashi mumkin. Ya'ni huquq va majburiyatlarini yaxshi bilgan, konstitutsiya va qonunlarga rioya qilgan, yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan insonlar qanday natijalarga erishdi-yu, sust huquqiy nigilizm tarafdori bo'lib, amaldagi qonunlarni mensimasdan, o'zlari xohlaganicha ish tutgan insonlarning taqdiri qanday kechdi? Ana shularni o'ziga ibrat qilib, boshqalar ilgan xatolarni takrorlamaslikka harakat qilishi lozim. Yuridik amaliyot. Ya'ni inson faqatgina amaldagi qonunlar bilan tanish bo'lib, doimiy boxabar bo'libgina qolmay, o'zlari ham real hayotda ularni qo'llashi lozim. Nafaqat o'zi amal qilishi, balki yon atrofidagi huquqbuzarliklarga jim qarab turmasdan, ular bilan murosasiz kurashishi lozim. Masalan, bugungi kunda eng dolzarb masala - bu karantin qoidalariga rioya qilish. Bu borada qancha eshittiruvlar, tushuntirish ishlari olib borilmasin, baribir

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada jamiyatni yuksaltirishda huquqiy tarbiyaning roli, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda qanday jabhalarga e'tibor qaratish kerakligi bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada jamiyatni yuksaltirishda huquqiy tarbiyaning roli, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda qanday jabhalarga e'tibor qaratish kerakligi bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy ta'lim, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, demokratiya, Parlament, ijro etuvchi hokimiyat, davlat, yuridik amaliyot., jamiyat, Kalit so'zlar: huquqiy ta'lim, fuqarolik jamiyati, inson huquqlari, fuqaro, huquqiy targ'ibot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники