К содержанию
РецензированоUZ2026

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI YETISHTIRUVCHI QO‘SHINLAR FRONT ORTI TA’MINOTI BO‘LINMALARI FAOLIYATINING ISLOHOTI

NIYOZOV SODIQ RAXIMOVICH · O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarish bo‘yicha harbiy qismlarning front orti ta’minoti bo‘linmalari faoliyatida olib borilayotgan islohotlar, ularning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Mudofaa Vazirligi qo‘shinlariga yangi kiritilgan tizimning tahlili bayon etilgan. Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jalik mahsulotlari, harbiy qismlarning front orti ta’minoti bo‘linmalari, bo‘sh turgan yerlar, sherikchilik, investitsiya, shartnoma, kafil, buyurtmachi, faoliyat, yerninng unumdorligi, agrobiznes va sof foyda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida oziq-ovqat ta’minotining sifatini va oziq-ovqat mahsulotlarining to‘yimliligini oshirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oziq-ovqat ta’minotida autsorsing tizimi joriy qilindi, mavjud ta’minotdagi payoklarga o‘zgartirishlar kiritildi, oziq-ovqat xizmatining texnik vositalari takomillashtirildi, qo‘shinlardagi front orti ta’minoti bo‘linmalarining faoliyati isloh qilindi. Ushbu ishlarning amalga oshirilishi qo‘shinlarni o‘quv-jangovar va kundalik faoliyatida harbiy xizmatchilarni sifatli va yuqori energetik qiymatga ega bo‘lgan ovqatlantirishni tashkillashtirish, ularning sog‘ligini, chidamliligini, ishchanligini va yuqori ruhiy holatini ta’minlaydi. Shuning uchun ham hozirgi kunda qo‘shinlardagi bor ichki imkoniyatlardan keng va maqsadli foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarining to‘yimliligini oshirish, harbiy xizmatchilarni yangi uzilgan va vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ularni belgilangan payoklardan tashqari qo‘shimcha ovqatlanishini tashkillashtirish dolzarb masala hisoblanadi. Bunda qo‘shinlardagi qishloq xo‘jalik mahslotlarini yetishtirish va ishlab chiqarish bo‘yicha harbiy qismlar front orti ta’minoti bo‘linmalari (keyinchalik FOTB) ning o‘rni juda katta. Front orti ta’minoti bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismlarini rejaviy ta’minotiga qishloq xo‘jalik, shu jumladan, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik hamda asalarichilik (keyinchalik qishloq xo‘jalik) mahsulotlarini yetishtirish va topshirish uchun, shaxsiy tarkib ovqatlanishi yaxshilash, bayram kunlari, o‘quv mashqlarini, manyovrlarni va boshqa tadbirlarni o‘tkazish vaqtlarida qo‘shimcha oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan [1]. https://scientific-jl.com 1 0 5 65-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali FOTB ning faoliyatiga yangi tizimni kiritishdan oldin uning faoliyatidagi ishlarni bajarishga harbiy xizmatchilar jalb qilinardi yoki ishlarni bajarish uchun pudrat shartnomasi tuzilib 1 yil muddatga pudratchiga berilar edi. Hozirgi kunda sheriklik asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ishlarni bajarish to‘g‘risidagi shartnomalar uzoq muddatga, kamida 5 yilga tuziladigan bo‘ldi. Bu bilan yerni egasiga topshirilganligi bois shaxsiy tarkibni jangovar tayyorgarlikka xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilib, harbiy xizmatchilarning butun kuch-g‘ayratini o‘z professional malakasini oshirishga qaratish imkonini berdi. Shartnomaning uzoq muddatga tuzilishi esa yer-suv munosabatlarini takomillashtirish, yerdan, suvdan va boshqa resurslardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi. Oldinlari yer pudrat shartnomasi asosida pudratchiga bir yil muddatga berilganligi bois, pudratchida yerning unumdorligini oshirish va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mas’uliyat yo‘q edi. Chunki shartnomaning muddati tugagandan so‘ng ushbu pudratchi bilan shartnoma tuzilmasligi ham mumkin edi. Shartnomaning uzoq muddatga tuzilishi yerdan foydalanuvchilarning tuproq unumdorligini oshirishga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. Sherikchilik deganda shaxsiy investitsiyalarni jalb qilgan holda buyurtmachi, sherik va kafilning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan sheriklik asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ishlarni bajarish sohasidagi o‘zaro samarali hamkorligi tushuniladi. Bunda buyurtmachi - harbiy qism va muassasalar, sherik - tadbirkorlik sub’ekti hisoblangan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor, kafil - harbiy okruglar etib belgilandi [2]. Investitsiya kiritish orqali FOTB da va harbiy qismda bo‘sh turgan yerlardan unumli foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan nafaqat qo‘shinlardagi harbiy xizmatchilarni, balki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, yurtimizda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratilish imkoniyatini berdi. Dastlab olingan hosil ikki qismga taqsimlanib, uning yarmi pudratchiga, qolgan qismi harbiy qismga berilar edi. Bunda sabzavotchilik uchun sarflanadigan barcha sarflar pudratchi tomonidan amalga oshirilar edi. Shu bois pudratchi shartnoma tuzilgan yili ko‘proq xosil olishga qaratar edi. Yerning unumdorligini oshirishga qaratilgan choralarni ko‘rmas edi. Hozirgi kunda esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan tushgan sof foyda uch qismga taqsimlanib, uning bir qismi buyurtmachiga, yana bir qis

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarish bo‘yicha harbiy qismlarning front orti ta’minoti bo‘linmalari faoliyatida olib borilayotgan islohotlar, ularning faoliyatini takomillasht…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarish bo‘yicha harbiy qismlarning front orti ta’minoti bo‘linmalari faoliyatida olib borilayotgan islohotlar, ularning faoliyatini takomillasht… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bo‘sh turgan yerlar, Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jalik mahsulotlari, buyurtmachi, kafil, agrobiznes va sof foyda., sherikchilik, shartnoma, yerninng unumdorligi, faoliyat, investitsiya, harbiy qismlarning front orti ta’minoti bo‘linmalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники