К содержанию
РецензированоUZ2026

O`ZBEK MILLIY CHOLG`USI BO`LMISH, CHANG CHOLG`USINI IJRO ETISH KO`NIKMALARI.

ETISH KO`NIKMALARI. · Mamatkulova Maxfuza · Mamatkulov Abdulxamid · Mamatkulov Oybek

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqola o‘zbek milliy cholg‘usi bo‘lmish , chang sozida ijro etish ko‘nikmalarini egallash, chang cholg‘usida ijrochilik sanatini o‘rganishga o‘zinin baxshiyda etgan yosh musiqachilar uchun asosiy nazariy va amaliy poydevor sifatida qabul qilinishi hususida so ‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: ijro xolati , pastanofka , tovush , tembr, ijro uslublari ,usul. Ma`lumki har qanday cholg‘uda ijro o‘rgatishdan oldin cholg‘uga nisbatan to‘g‘ri o‘tirish, uni to‘g‘ri ushlash, gavdani, oyoq- qo‘llarni erkin tutish kabi ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi. Bu ko‘nikmalarning to‘g‘ri o‘zlashtirilishi tijrochilik xolati (yani pastanofka )ning to‘g‘ri shakllanishiga olib keladi. Bunda, xususan chang cholg‘usi oldida o‘tirish holati, o‘ng va chap qo‘llarning holati, yani chang cho‘plarini ushlash, cholg‘uga nisbatan to‘g‘ri qo‘yish va shu kabi elementlarning bir –biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishini taminlash eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Changda ijro etish ko‘nikmalarini egallash- cholg‘uning to‘g‘ri o‘rnatilishi, sozandaning o‘tirishi, qo‘llarining to‘g‘ri harakatiga bog‘liq. Changni o‘rnatish – cholg‘uda ijro etishdan avval chang maxsus uchta oyoqchalarga, o‘tirgan ijrochining tirsaklari balandligida o‘rnatiladi. Ijrochining o‘tirishi – ijrochi stulda o‘tirishi ,biroq uning suyang‘ichga suyanmasligi, shu bilan birga, gavdasini oldinga uncha egib yubormasligi kerak. Tepki mexanizmni ishlatish uchun uning o‘ng oyog‘i bir oz oldinroqqa chiqib turadi. Qo‘llarning holati – changda ijro etishda ijrochining qo‘llari egilgan bo‘lib, chang torlpri uning tirsaklaridan pastda turishi kerak. Qo‘llarning yig‘ilgan kaftlari bir birlpriga qaragan bo‘lishi lozim. Chang sozini o‘tirgan holatda qo‘llarni cholg‘uning ustida parallel ravishda joylashtirib, o‘ng oyoqni biroz oldinga surib pedalni bosib, boshni to‘g‘ri tutib, gavda og‘irligini baravar ikki oyoq va qo‘llarga taqsimlangan holda ijro etishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Saboq berishning birinchi kunlaridan boshlaboq o‘qituvchi o‘quvchining changdan chiqayotgan tovushning xususiyatiga hamda o‘rnashgan torlardan to‘rg‘un, barqaror, intonatsion jihatdan aniq tovushlarni https://scientific-jl.com 1 4 65-son_1-to’plam_Iyul-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali hosil qilishga katta yetibor berishi kerak. Chang cholg‘usida ijrochilikni o‘zlashtirishning asosiy vositalaridan biri bu chang cho‘plaridan foydalanish qoidasidir.Cho‘plar o‘ng va chap qo‘lda, bir –biriga parallel ravishda to‘g‘ri harakatlantiriladi.Cho‘plar ko‘rsatkich barmoqlarning birini uch bo‘g‘ini bilan o‘rta barmoqning ikkinchi bo‘g‘imiga yaqin, bosh barmoq esa cho‘plarning oxiridan 2 – 3 sm yuqoriga joylashgan bo‘ladi. Chang tovushinig tembri va kuchi ko‘pincha cho‘p bilan torlarning qaysi qismiga urilishiga bog‘liq. Amalda shu narsa tasdiqlangan : to‘liq va aniq tovush chiqarish uchun chang cho‘plari xarakdan taxminan 3-4 sm uzoqlikka urilishi lozim. Biroq bundan torlarning boshqa joylariga urmaslik kerak, degan xulosa chiqmaydi. Negaki xarakning yaqingroq va uzoqroq joylariga urish bilan kerak bo‘lgan xarakterdagi kuchli va kuchsiz mayin, yoqimli tovushlarni chalish mumkin. Cho‘p bilan torga urilgach changdan chiqqan tovush hadeganda so‘na qolmaydi. Shuning uchun ham diatonik va xromatik gammalar ijro etilganda, shuningdek, bir xil balandlikdagi (hamohang) no‘talar almashinib chalinganda tovushlar bir-biriga aralashib chalkash eshitiladi. Ortiqcha tovushlarni o‘z vaqtida tez so‘ndira bilish chang ijro etuvchining ijrochilik mahoratidan biri sanaladi. Changning tovushini ikki xil yo‘l bilan so‘ndirish mumkin: maxsus tepki yordamida yoki qo‘l kafti bilan. O‘ng oyoq yordami bilan ishlaydigan mehanizm changdagi har qanday tovushni birdaniga so‘ndira oladi. Changning asosiy tovushqatorida gamma, uchtovushlik, arpedjio, passaj, mashq, etyudlar ustida mashg‘ulotlarni muntazam ravishda olib borish, cholg‘uchiga – texnik va badiiy jihatdan tovush chiqarish yo‘llarini o‘zlashtirishda, sozandaning changda ijrochilik ko‘nikmalarini hosil qilishida muhim vosita sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi tomonidan yangi darsning to‘g‘ri o‘zlashtirilishini o‘qituvchi diqqat bilan kuzatib borishi, birinchi navbatda o‘qituvchining o‘zi og‘zaki tushuntirishi bilan birga bir necha marotaba cholg‘uda ijro etib, ko‘rsatib berishi kerak, yani yakka tartibda, keyin esa jo‘rnavoz bilan birgalikda fortepiano jo‘rligida ijro etib berishi lozim. Vazmin, ohista suratda ijro etish changchi uchun ijro harakatlarini o‘zlashtirishga yordam berishi bilan bir qatorda, cholg‘udan taralyotgan tovushning sifatini yaxshilashga, tiniq chiqishiga ham imkon yaratadi. Chang sozida tovushlarning hosil etish manbaibu – chang cho‘plaridir, shuningdek, ijro holatining to‘g‘riligi muhim omildir. Changda tovush xosil qilish asosiy vositalari, yani ijro uslublari quyidagilardan iborat, bular: 1. Urma zarb. – asosiy tovush chiqarish yo‘li. Chang cho‘plarini torlarga birin - ketin urib tovush hosil qilish; 2. Cho‘p chertmoq. Rii

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola o‘zbek milliy cholg‘usi bo‘lmish , chang sozida ijro etish ko‘nikmalarini egallash, chang cholg‘usida ijrochilik sanatini o‘rganishga o‘zinin baxshiyda etgan yosh musiqachilar uchun asosiy nazariy va amal…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola o‘zbek milliy cholg‘usi bo‘lmish , chang sozida ijro etish ko‘nikmalarini egallash, chang cholg‘usida ijrochilik sanatini o‘rganishga o‘zinin baxshiyda etgan yosh musiqachilar uchun asosiy nazariy va amal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
usul., Kalit so‘zlar: ijro xolati, pastanofka, tembr, tovush, ijro uslublari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники