Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YO’L-TRANSPORT HODISALARINING YUZAGA KELISH SABABLARINI TAHLIL QILISH
TAHLIL QILISH · Ikmatillayeva Nilufar Avazjanovna · Orifjonov Rasul Mashrabovich
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda ularning oqibatlarini minimallashtirish borasidaamalga oshirilayotgan ko’plab chora- tadbirlar, ularni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish,YTH fazalari, yo’l harakati xavfsizligini boshqarish mohiyati va asosiy tushunchalari to’grisidagi umumiy ma’lumotlar tahlil qilingan. Kalit so’zlar: YTH fazalari, texnik ko‘rik, yo‘l sharoiti, piyodalar, grafiklar, YTHning oldini olish. Kirish: Hozirgi kunda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa yo‘l- transport hodisalarining oldini olish hamda ularning oqibatlarini minimallashtirish borasida ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra og‘ir jarohatlarga olib keladigan shikastlanishlar orasida kriminal jarohatlardan so‘ng yo‘l-transport hodisalari natijasida kelib chiqadigan shikastlanishlar ikkinchi o‘rinni egallaydi. Har yili dunyoda 1,2 mlnga yaqin odam yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘lmoqda, qariyb 50 mln kishi turli og‘irlikdagi jarohat olmoqda. Shu bois, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘ltransport hodisalarining oldini olish va ularni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha puxta o‘ylangan izchil harakatlarni davom ettirish zarurati oshib bormoqda. Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida tushuncha va ularning turlari. Avtomobil yo‘llarida, shahar ko‘cha va maydonlarida transport vositalarining normal harakat rejimining buzilishi oqibatida insonlar halok bo‘lishiga, tan jarohati olishiga, shuningdek, transport vositalariga va undagi yuklarning zarar ko‘rishiga, yo‘ldagi sun’iy inshootlarning zararlanishiga yoki boshqa turdagi moddiy zararlar yetkazishga sababchi bo‘luvchi halokatlarga yo‘l-transport hodisasi (YTH) deyiladi. Bu ta’rifga ko‘ra, YTHda ikkita omil bo‘lishi tavsiflidir. Bular: 1) insonlarning o‘limi, tan jarohati yoki katta miqdordagi moddiy zarar; 2) biron-bir transport vositasining harakatda bo‘lishidir. https://scientific-jl.com 2 3 7 48-son_2-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi YTH vujudga kelishida umumiy tizimga kiruvchi «A–H–Y–P–M» elementlaridan biri yoki bir nechtasi birgalikda normal harakat rejimini buzishga sababchi bo‘lishi kuzatiladi. Har bir YTHda shartli ravishda uchta fazani ajratish mumkin: boshlang‘ich, kulminatsion va yakuniy. Ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisining davomi bo‘lishi mumkin. YTHning boshlang‘ich fazasi deganda avtomobillarning va piyodalarning xavfli vaziyat arafasidagi harakatlanish sharoiti tushuniladi. Xavfli vaziyat deganda shunday yo‘l harakati sharoiti tushuniladiki, unda harakat qatnashchilari YTHning oldini olishga imkoniyatlari yetarli bo‘ladi, ammo tezda bu imkoniyatdan foydalanilmasa yoki ko‘rilgan choralar samarasi yetarli bo‘lmasa, unda avtomobillar va piyodalar yaqinlashuvi falokatli (avariya) vaziyatni vujudga keltiradi. Falokatli vaziyatda harakat qatnashchilarining YTHning oldini olish bo‘yicha texnik imkoniyatlari yetarli bo‘lmaydi va u sodir bo‘ladi. YTHning kulminatsion fazasi og‘ir oqibatlarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi (transport vositalarining buzilishi, piyodalarning va haydovchilarning tan jarohati olishi yoki halok bo‘lishi). Bu faza bir necha daqiqa, ob-havo yomon sharoitlarda esa bir necha daqiqagacha davom etishi mumkin. Bunday holda asosan bir nechta transport vositasi ishtirok etadi va uni ko‘pincha «zanjirli» YTH ham deyiladi. YTHning yakuniy fazasi kulminatsion fazasidan keyin transport vositasi harakati to‘xtashining oxiriga to‘g‘ri keladi. Ba’zi vaqtda transport vositasi harakati to‘xtasa ham yakuniy faza davom etadi. Masalan, ag‘darilib ketgan avtomobilda yong‘in chiqish hollari bunga misol bo‘la oladi. YTH quyidagi vazifalarni hal qilish maqsadida tahlil qilinadi: harakat xavfsizligiga taalluqli «Avtomobil–haydovchi–yo‘l–piyoda–muhit» tizimiga kiruvchi har bir omilning faoliyatiga tegishli chora va tadbirlar ishlab chiqish; biron-bir boshqaruv hududidagi, vazirliklardagi va ularning korxonalaridagi falokatlar ahvolini, o‘zgarish mohiyatini hamda istiqboldagi o‘zgarishini bashorat qilish; YTHning kelib chiqish sabablarini va ularni bartaraf qilish borasida tuziladigan ko‘rsatmalarni ishlab chiqish; YTH ko‘p qaytariladigan yo‘l bo‘laklarini aniqlash; bitta yoki bir nechta bir xil YTHning vujudga kelish sabablarini aniqlash; YTHni tahlil qilish uchun universal dastur tuzish. O‘zbekiston Respublikasi hududida 2022-2023 yillar mobaynida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari haqida statistik ma’lumotlar(1-jadval) Davr YTH Halok Jarohat bo‘lganlar olganlar 2014 10430 2401 10469 2015 10164 2444 10035 2016 10265 2510 9908 https://scientific-jl.com 2 3 8 48-son_2-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 2017 10044 2473 9637 2018 8990 2262 8458 2019 8599 1915 6673 Yil mavsumlari, haftaning kunlari, sutkaning vaqti, yo‘lning toifalari, transport vositalarining turlari va boshqa faktorl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda ularning oqibatlarini minimallashtirish borasidaamalga oshirilayotgan ko’plab chora- tadbirlar, ularni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashti…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda ularning oqibatlarini minimallashtirish borasidaamalga oshirilayotgan ko’plab chora- tadbirlar, ularni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- piyodalar, Kalit so’zlar: YTH fazalari, yo‘l sharoiti, YTHning oldini olish., texnik ko‘rik, grafiklar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026