Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ODAM EMBRIOGENEZI. JINSIY HUJAYRALAR
Fotima Sharipovna NAZAROVA · Jabborova Gulbahor Sobirjon qizi (Samarqand davlat tibbiyot instituti) · Qahhorova Marjona Dilshodovna (Samarqand davlat tibbiyot instituti) · Ismatullayeva Jasmina Sherzodovna (Samarqand davlat tibbiyot instituti)
Образовательные инновации и интеграция · 2 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada odam organizmining embriogenezi, uning bosqichlari, urugʻlanish jarayoni va jinsiy hujayralarning tuzilishi, funksiyasi yoritilgan. Ayol tuxum hujayrasi va erkak spermatozoidining morfologiyasi, biologik xususiyatlari, shuningdek ularning oʻzaro aloqasi va urugʻlanishdagi roli haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, embrional rivojlanishning bosqichlari, embrional kurtaklarning shakllanishi va gistogenez-organogenez jarayonlari koʻrib chiqilgan. Kalit sozlar :Embriogenez, urugʻlanish, zigota, tuxum hujayra, spermatozoid, ovulyatsiya, gastrulyatsiya, blastula, neyrulyatsiya, ontogenez, embrional rivojlanish. Tadqiqot maqsadi: Odam organizmida embriogenez jarayonining asosiy bosqichlarini oʻrganish, jinsiy hujayralarning tuzilishi va biologik ahamiyatini aniqlash, shuningdek urugʻlanish jarayonining molekulyar asoslarini yoritish. Tadqiqot materiallari va usullari: Ushbu tadqiqotda embriologik adabiyotlar, ilmiy maqolalar, tibbiy darsliklar tahlil qilindi. Ma’lumotlar solishtirma-tahliliy usulda o‘rganildi, organogenez va gistogenez jarayonlari bosqichma-bosqich bayon etildi. Spermatozoid va tuxum hujayra tuzilmasi elektron mikroskopik tasvirlar asosida tavsiflandi. Odam embriogenezi - uning ontogenezini bir qismi bo‘lib, quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: I - urug‘lanish va zigotaning shakllanishi; II - maydalanish va blastulani (blastotsista) hosil bo‘lishi; III - gastrulyatsiya - embrion varaqlarining (ekto-, ento-, mezoderma) hosil bo‘lishi; IV - neyrulyatsiya, o‘q a’zolari kompleksini shakllanishi va embrional kurtaklarning ixtisoslanishi; V - embrion va embriondan tashqari a’zolarning gistogenez va organogenezi. https://scientific-jl.com 2 9 3 48-son_2-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Odamning embrional rivojlanishi o‘rtacha 280 kun (38 - 40 hafta) davom etadi. Odatda prenatal rivojlanishning uch bosqichi tafovut qilinadi: boshlang‘ich yoki kontseptus davri (1-2 hafta), pusht yoki embrion davri (3-8 hafta), homila davri (rivojlanishning 9-chi haftasidan bola tug‘ilguniga qadar). Embrional davrning oxiriga kelib to‘qima va a’zolarning asosiy embrional kurtaklari shakllanadi. Tuxum hujayra (oosit) ayol jinsiy tizimining asosiy komponenti boʻlib, urugʻlanish jarayonida erkak jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan birlashib, yangi organizmning shakllanishini boshlaydi. Tuxum hujayralar tuxumdonlarda hosil boʻladi va yetiladi. Tuxum hujayraning tuxumdondan chiqishi ovulyatsiya deyiladi va bu jarayon asosan (LG) lyutropin gormoni ta’sirida kechadi. Etilgan follikula yorilganda tuxumdondan qorin bo‘shlig‘iga ikkinchi tartibli ovotsit chiqariladi. U faqat urug‘lanish sodir bo‘lgandagina meyozning ikkinchi bo‘linishini tugatib, etuk ovotsitga aylanadi. Ovotsit mustaqil harakatlana olmaydi, shuning uchun ovulyatsiyadan oldin bachadon naychasining kengaygan qismi tuxumdonning ovulyatsiya bo‘ladigan yuzasiga kelib, uni qoplab oladi. Bu ovotsitning to‘ppato‘g‘ri bachadon nayiga tushishini ta’minlaydi. Uning nay bo‘ylab bachadon tomonga harakati nay mushaklarining peristaltik qisqarishi va epiteliy hujayralaridagi kiprikchalarning tebranishi yuzaga keltirgan suyuqlik oqimi hisobiga bo‘ladi. Bachadon nayidagi ovotsit uch qobiq bilan o‘ralgan. Tashqi tomondan uni follikulyar hujayralar o‘rab turadi, bu qavat nurli toj (corona radiata) deb ataladi. O‘rta qavati tuxum hujay- raning rivojlanish davrida glyukoproteinlarning sintezi va sekretsiyasi natijasida hosil bo‘lib, shaffof yoki yaltiroq qavat (zona pellucida) deyiladi. Va nihoyat, eng ichki qavatni bevosita ovotsitning plazmolemmasi tashkil etadi. Nurli toj follikulyar hujayralari tuxum hujayra uchun oziqlantirish va himoya vazifasini o‘taydi. Ularning o‘simtalari yaltiroq qavatdan o‘tib, plazmo- lemmaga tegib turadi, lekin sitoplazmasiga kirmaydi. O‘z navbatida plazmolemmaning o‘simtalari ham ularning orasiga kirib turadi. Yaltiroq qavat (Zona pellucida, Zp) glikoproteinlar va glikozoaminoglikanlardan tashkil topgan nozik filamentlar to‘ridan iborat. Aynan shu qavatda tuxum hujayraning glikoprotein retseptorlari Zpl, Zp2 va Zp3 joylashgan bo‘ladi. Zp3 spermatozoidlarning asosiy retseptoridir, Zr2 esa gametalarni qo‘- shimcha birikishini ta’minlovchi ikkilamchi retseptor hisoblanadi. Zp1 Zp2ni Zp3 bilan bog‘lanishini ta’minlaydi. Zp3 retseptorlar hayvon turlari bo‘yicha yuqori spetsifiklikka ega. Spermatozoidlarning retseptorlari ana shu oqsillar bilan mos kelgandagina akrosomal reaksiya boshlanadi va urug‘lanish ro‘y beradi. Masalan, cho‘chqaning spermatozoidlari bilan itning tuxum hujayrasini urug‘lantirish mumkin emas, chunki ularning retseptorlari bir biriga to‘g‘ri kelmaydi. https://scientific-jl.com 2 9 4 48-son_2-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Ayol hayotining farzand ko‘rishi mumkin bo‘lgan butun (fertillik davri, balog‘at yoshidan to klimaksgacha) davri mobaynida o‘rta hisobda 300-450 tuxum hujayrasi etilishi mumkin. Tuxum hujayralar ulardagi sariqlik m
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada odam organizmining embriogenezi, uning bosqichlari, urugʻlanish jarayoni va jinsiy hujayralarning tuzilishi, funksiyasi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada odam organizmining embriogenezi, uning bosqichlari, urugʻlanish jarayoni va jinsiy hujayralarning tuzilishi, funksiyasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- embrional rivojlanish., zigota, spermatozoid, neyrulyatsiya, urugʻlanish, blastula, tuxum hujayra, gastrulyatsiya, ovulyatsiya, ontogenez, Kalit sozlar :Embriogenez
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025