К содержанию
РецензированоUZ2026

O'ZBEK TILINING TARJIMADAGI MILLIY RANG-BARANGLIKNI IFODALASHDAGI ROLI: G'OFUR G'ULOM MENING O‘G‘RIGINA BOLAM HIKOYASI MISOLIDA

BOLAM HIKOYASI MISOLIDA · Kan Viktoriya Vyacheslavovna · Ilmiy rahbar: Egamova N.T (Andijon davlat chet tillar instituti)

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This article analyzes the role of the Uzbek language in conveying national color in translation, using G‘afur G‘ulom's short story “Mening o‘g‘rigina bolam” as an example. It discusses approaches to translating cultural realia that reflect the traditions, customs, and emotions of the Uzbek people, as well as the translator’s role in this process. Keywords: Uzbek language, translation, national color, realia, G‘afur G‘ulom, cultural features. O'zbek tili, o'zining boy tarixi va madaniy merosi bilan, tarjimaga milliy rang- baranglikni yetkazishda muhim o'rin egallaydi. Tarjima nafaqat bir tildan ikkinchi tilga https://scientific-jl.com 1 0 7 48-son_2-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi so'zlarni o'tkazish jarayoni, balki tilga xos bo'lgan his-tuyg'ularni, madaniy xususiyatlarni va milliy an'analarni etkazish san'atidir. O'zbek adabiyoti, ayniqsa Abdulla Qodiriy, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor kabi mualliflarning asarlari, o'zbek xalqining madaniyati, an'analari va turmush tarzini aks ettiruvchi o'ziga xos leksika bilan boyitilgan. Ushbu asarlarning rus tiliga tarjimasi nafaqat tilni bilishni, balki madaniy xususiyatlarni ham chuqur tushunishni talab etadi, chunki tarjimon nafaqat so'zlarni, balki milliy rang-baranglikni va ularning o'ziga xos hissiyotlarini saqlab qolishi zarur. Tarjimadagi eng muhim jihatlardan biri bu realiyalarni, ya'ni boshqa tilga to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilinmaydigan o'ziga xos tushunchalar va hodisalarni ifodalashdir. Masalan, G'afur G'ulomning hikoyalarida o'zbek oilaviy hayoti, an'analari va milliy xususiyatlariga oid ifodalar ko'pincha uchraydi. Tarjimon bu tushunchalarni rus tiliga o'zgartirishda, ularni o'quvchi uchun tushunarli qilib, asl asardagi muhitni saqlab qolish kerak. G'ofur G'ulomning «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasi o'zbek adabiyotining betakror asarlaridan biri bo'lib, unda o'zbek xalqining hayot tarzi, ijtimoiy muammolar va insonning ichki dunyosi chuqur tasvirlangan. Ushbu asar nafaqat o'zbek tilining o'ziga xos xususiyatlarini, balki xalqning urf-odatlarini, qadriyatlarini va hissiyotlarini ham aks ettiradi. Tarjima jarayonida milliy rang-baranglikni saqlash, asarning mohiyatini to'liq etkazish uchun juda muhimdir, chunki til nafaqat ma'lumotlar uzatish vositasi, balki milliy ruhning ifodasi hisoblanadi. Tarjimada milliy rang-baranglikni ifodalash, ayniqsa, G'ofur G'ulomning «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasi kabi asarlarning tarjimasi jarayonida katta ahamiyatga ega. Tarjimada o'zbek tilining boy leksikasi, dialektal xususiyatlari, xalqona iboralari va so'z birikmalarini saqlash, asl asarning ma'nosini yo'qotmasdan boshqa tilga o'tkazish uchun juda muhimdir. O'zbek tilining tarjimadagi milliy rang-baranglikni ifodalashdagi o'rni, ayniqsa, adabiy tarjimada va xalqaro madaniyatlararo muloqotda o'zining ahamiyatini namoyon qiladi. G‘afur G‘ulomning «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasi o‘zbek xalqining turmush tarzi, urf-odatlari va madaniy hayotini aks ettiruvchi realiyalarga boy asarlardan biridir. Bu hikoyada ishlatilgan so‘z va iboralar orqali o‘zbek milliy ruhiyati, ijtimoiy munosabatlari hamda tarixiy-madaniy konteksti yaqqol namoyon bo‘ladi. Realiyalar — bu biror xalqning hayot tarziga, tarixiga, geografik sharoitiga va madaniyatiga xos bo‘lgan leksik birliklar bo‘lib, ularni boshqa tilga tarjima qilishda nafaqat til, balki madaniy tafakkur darajasi ham hisobga olinadi. Masalan, hikoyadagi «do‘ppi», «ayvon», «sho‘rva» kabi so‘zlar o‘zbek xalqining madaniy kodini ifodalovchi realiyalardir. Tarjimon uchun bunday birliklarni boshqa tilga o‘girishda muhim vazifa — ularning ma’no va funksional yukini asrab qolishdir. Turli tadqiqotchilar realiyalarni har xil yondashuvlar asosida tasniflagan: ayrimlar ularni tarixiy va madaniy belgilar asosida, boshqalar esa lingvistik funksiyalari bo‘yicha https://scientific-jl.com 1 0 8 48-son_2-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ajratgan. Shu sababli, realiyalarni tarjima qilish nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan ham dolzarb masaladir. Bu atama birinchi marta 1952-yilda tadqiqotchi L.N. Sobolev tomonidan qo‘llanilgan; u “realiya” atamasini hozirgi zamonaviy ma’nosida ishlatadi va unga ancha puxta ta’rif ham beradi [3; b. 290]. S. Vlaxov va S. Florin realiyalarni ifoda vositalarining alohida toifasiga ajratadilar. Ularning fikricha, realiyalar — bu “bir xalq hayoti, urf-odati, madaniyati, ijtimoiy taraqqiyotiga xos bo‘lgan, boshqa xalqqa noma’lum yoki begona bo‘lgan, milliy va (yoki) zamonaviy koloritni ifodalovchi, odatda boshqa tilda aniq muqobili bo‘lmagan, tarjima jarayonida alohida yondashuvni talab qiladigan so‘zlar va iboralar”dir [1; b. 45]. G. D. Tomaxinning ta’rifiga ko‘ra, realiyalar — bu “muayyan millat va xalqlargagina xos bo‘lgan moddiy madaniyat predmetlari, tarixiy voqealar, davlat institutlari, milliy va folklor qahramonlari, mifologik mavjudotlar va shu kabilarning nomlari”dir [2; b. 13]. Milliy rang-baranglik

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role of the Uzbek language in conveying national color in translation, using G‘afur G‘ulom's short story “Mening o‘g‘rigina bolam” as an example.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role of the Uzbek language in conveying national color in translation, using G‘afur G‘ulom's short story “Mening o‘g‘rigina bolam” as an example. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbek language, translation, national color, realia, G‘afur G‘ulom, G‘ofur G‘ulom, milliy rang-baranglik, realiyalar, tarjima, madaniy xususiyatlar., Kalit so‘zlar:O‘zbek tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники