Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISLOM ILM-FANI TARIXIDA IMOM AL-BUXORIY SHAXSI VA ILMIY MEROSI
VA ILMIY MEROSI · Raimberdiyeva Gulnora Husan qizi · Ilmiy maslahatchi: A. To‘xtanazarov
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada buyuk hadisshunos olim Imom al-Buxoriyning hayot yo‘li, uning hadisshunoslik faniga qo‘shgan beqiyos hissasi, allomaning islom ilm-fani taraqqiysidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Shuningdek, uning qalamiga mansub asarlarning hozirgi kun hadisshunoslik ilmidagi tutgan o‘rni tahli etiladi. Kalit so‘zlar: hadis, sunnat, mo‘tabar manbalar, muhaddis, ishonchli to‘plam, roviy, sahih hadis, zaif hadis, kunya. Bugungi zamonda din, ilm-fan va ma’naviyat o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash, ayniqsa, yosh avlodni yot g‘oyalar ta’siridan asrash borasida tarixiy shaxslar hayotini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Islom olamining faxri bo‘lgan Imom al-Buxoriy (rahmatullohi alayh) hayoti, ilmiy merosi va shaxsiyati nafaqat diniy ilmlar rivoji, balki bugungi zamonaviy jamiyat tarbiyasida ham muhim o‘rin tutadi. Imom Buxoriy - buyuk muhaddis, islom olimlari orasida eng e’tiborli siymolardan biridir. U to‘plagan va tanlab olgan sahih hadislar to‘plami bugungi kungacha musulmonlar uchun ishonchli manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Imom Buxoriy hayotining har bir sahifasi halollik, ixlos, izlanish, iymon va ilmga bo‘lgan fidoyilik namunasi hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi yoshlar uchun uning bolalikdagi ilmga chanqoqligi, murabbiylarining oldida ko‘rgan ta’limi, yurtidan chiqib, butun musulmon olamini kezib hadis to‘plagani — sabr, matonat va ilmga sadoqat timsolidir. Shuningdek, Imom Buxoriy hayoti bizga ilmiy halollik, insoniy kamtarlik va e’tiqodga sadoqatda namunadir. Bu xususiyatlar bugungi axloqiy inqirozlar davrida, ayniqsa, yoshlarni komil inson etib voyaga yetkazishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. U kishining ilm olishdagi sabr-toqati, haqiqatga intilishi va yolg‘on hadislarni rad etishdagi jasorati har bir musulmon uchun o‘rnak bo‘lishi lozim. Islom olamida muhaddislik ilmida benazir mavqega ega bo‘lgan, buyuk alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (milodiy 810-870-yillar, hijriy 194-256-yillar) yoshligidan o‘tkir zehn, yuksak idrok va favqulodda yodlash qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turgan. U hijriy 194-yilning Shavvol oyida, ya’ni milodiy https://scientific-jl.com 1 9 3 48-son_2-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 810-yilda, Movarounnahrning ilm-fan markazi hisoblangan Buxoro shahrida dunyoga kelgan[2;33]. Otasi Ismoil ibn Ibrohim o‘z davrining salohiyatli hadis ilmidan xabardon insonlardan biri bo‘lib, halol mehnati bilan tirikchilik qilgan, taqvosi bilan tanilgan kishi edi. Uning Imom Malikdan hadis tinglagani va ularni yozib olgani haqidagi rivoyatlar mavjud[1;64]. Bu holat, shubhasiz, Muhammad ibn Ismoilga hadis ilmiga bo‘lgan mehr va qiziqishni meros qilib qoldirgan. Imom al-Buxoriy hali go‘dakligidayoq otasidan ayrilgan. Tarixiy manbalarda aytilishicha, otasi vafot etganida u ikki yoki uch yosh atrofida bo‘lgan. Uning onasi esa farzandining tarbiyasiga to‘liq e’tibor berib, mehr va g‘amxo‘rlik bilan unga yo‘l ko‘rsatgan. Shu bilan birga, u bilimli, dindor va oqil ayol bo‘lib, Muhammad ibn Ismoilning ruhiy va ilmiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Shuningdek, tarixiy rivoyatlarga ko‘ra, yoshligida u ko‘z nuridan mahrum bo‘lgan, biroq onasining samimiy va ixlos bilan qilgan duolari sababli Alloh unga yana ko‘rish quvvatini ato etgan[4;9]. Bu voqea Imom al-Buxoriy hayotida ilohiy marhamat va alohida bir mo‘jiza sifatida qaraladi. Imom Buxoriy yoshlik chog‘idanoq faqat hadis matnlarini emas, balki ularning rivoyat zanjiri — isnodni ham puxta o‘rganishga katta e’tibor qaratgan. Uning mustahkam xotirasi haqida zamondoshlari quyidagicha ta’rif berganlar: “Imom Buxoriy bir yig‘inda yuzlab hadislarni eshitib, ularni zudlik bilan yod olgan va isnodlari bilan birga aniq ravishda aytib bera olgan.”[3;71] Ana shu yuksak ilmiy salohiyati unga ming-minglab hadislarni yod olish, ularni saralab yozib chiqish hamda buyuk ilmiy asarlarini yaratishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilgan. Imom Buxoriy dastlabki ta’limini Buxoro shahrida olsa-da, ilmga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqi uni uzoq sayohatga boshladi. U o‘n olti yoshida haj amallarini ado etish maqsadida safarga chiqqach, Makka va Madinada qolib, ilmiy izlanishlarga jiddiy kirishdi. Ayniqsa, bu ikki muqaddas maskanda zamonasining mashhur hadis olimlaridan saboq olib, ularning tajribasidan bahramand bo‘ldi. Xususan, Madinada hadislarni isnodlari bilan tartiblash, rivoyat zanjirlarini ajratib ko‘rsatish va tanqidiy yondashuv asoslarini chuqur o‘rgandi. Shu yerda u bir necha yil yashab, o‘zining ilk asari — “Tarix al-Kabir”ni yozishni boshladi va bu nodir asarni 18 yoshida yakunladi[6;98]. Ilm yo‘lida Imom Buxoriy ko‘plab o‘lkalarga safar qilgan. U Hijoz, Basra, Kufa, Bag‘dod, Sham, Misr, Marv, Nishapur va Ray kabi ilm markazlariga tashrif buyurib, u yerda hadis ilmini chuqur o‘rgandi. Ushbu sayohatlari davomida u minglab roviylardan hadislarni eshitib, ulardan ilm oldi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, u 1000 dan ortiq ustozdan saboq olgan bo‘lib, ularning orasida hadis ilmining yetuk n
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada buyuk hadisshunos olim Imom al-Buxoriyning hayot yo‘li, uning hadisshunoslik faniga qo‘shgan beqiyos hissasi, allomaning islom ilm-fani taraqqiysidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada buyuk hadisshunos olim Imom al-Buxoriyning hayot yo‘li, uning hadisshunoslik faniga qo‘shgan beqiyos hissasi, allomaning islom ilm-fani taraqqiysidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- muhaddis, mo‘tabar manbalar, Kalit so‘zlar: hadis, zaif hadis, roviy, ishonchli to‘plam, kunya., sahih hadis, sunnat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026