К содержанию
РецензированоUZ2026

BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUV

Nurmatova Barchinoy Ergashovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

bugungi kunda ta’lim tizimining jadallik bilan rivojlanib borayotgan sharoitida biologiya fanini o‘qitishga ixtisoslashgan pedagog kadrlarni tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Biologiya fanining ilmiy yutuqlari hayotning turli jabhalarida o‘z aksini topmoqda va bu esa mazkur fandan ta’lim berish sifatiga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Shu sababli, ta’limda biologik bilimlarning o‘rni va roli kundan-kunga muhimlik kasb etmoqda. Kalit so‘zlar: biologiya taʼlimi, interaktiv vositalar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, dars samaradorligi, ta’lim sifati, raqamli ta’lim, multimedia vositalari, o‘quvchi faolligi, virtual laboratoriyalar, gamifikatsiya, vizual o‘qitish, interfaol metodlar, pedagogik innovatsiyalar. Davlatimiz rahbari “Darsliklarning sifati va mazmunini takomillashtirish, oʻquvchilarga zamonaviy bilimlarni yetkazish, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda yangi yondashuvlarni joriy etish zarur” degan fikri har kungidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yosh mutaxassisni tayyorlash jarayonida o‘quvchi o‘qituvchining bevosita rahbarligida ta’limning mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari asosida organik olam qonuniyatlari, biologik hodisa va voqealarning mohiyati hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Bu jarayonda o‘quvchi nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikma va malakalarni egallab boradi. Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, o‘quv jarayoni — bu o‘quvchining bilish faoliyati bo‘lib, bunda u atrof-muhit to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirib boradi[2]. Shu jihatdan qaralganda, biologiya ta’limi o‘quvchining faqatgina fanga oid bilimlarni egallashi emas, balki uning tafakkuri, kuzatuvchanligi va ilmiy-tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi[3]. O‘qituvchi esa bu jarayonda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etuvchi va uni boshqaruvchi yetakchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. U nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishish orqali shaxsning har tomonlama kamol topishiga imkon yaratadi. Tadqiqotlar ko‘rsatmoqda-ki, ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchining metodik tayyorgarligi, individual yondashuvi va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash darajasiga bog‘liq[4]. Shu bois, yosh mutaxassislarni tayyorlashda nazariy bilimlar bilan bir qatorda metodik kompetensiyalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. https://scientific-jl.com 1 9 2 48-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Ta’lim jarayoni — bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ikki tomonlama, murakkab, ijtimoiy-ma’naviy va aqliy jarayon bo‘lib, u o‘qituvchining kasbiy- pedagogik faoliyati asosida amalga oshiriladi. Bu faoliyat nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, muammoli vaziyatlarni hal qilishga, hamkorlikda ishlashga o‘rgatish vazifasini ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ta’lim jarayoni faqat ma’lumot yetkazish emas, balki pedagogik jarayonni tahlil qilish, umumlashtirish va lozim bo‘lsa, uni takomillashtirishni talab etadi[5;6]. Zamonaviy pedagogik yondashuvlarga ko‘ra, o‘qituvchi — o‘quv jarayonining yagona bilim manbai emas, balki o‘quvchini bilim olishga undovchi, yo‘l ko‘rsatuvchi, maslahat beruvchi, tahlilchi va motivator sifatida namoyon bo‘ladi [7;8]. Shu nuqtai nazardan qaralganda, o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish o‘qituvchining asosiy metodik mahorat ko‘rsatkichlaridan biridir. Bilish faoliyatini shakllantirish o‘quvchining motivatsiyasi, qiziqishi, aqliy faolligi va mustaqil izlanishga tayyorligiga bevosita bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, darsning to‘g‘ri tashkil etilishi, didaktik materiallarning mazmuni, interfaol metodlar va zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanishi bilan chambarchas bog‘liq. Xususan, muammoli ta’lim, loyihalash metodikasi, klasterlar, mantiqiy xaritalar, reflektiv savollar va baholash mezonlarining aniqligi o‘quvchilarni faol bilim egallashga undaydi [9]. Shuningdek, darsda o‘quvchilarning individual o‘ziga xosliklarini inobatga olgan holda differensial yondashuv, ta’limiy vazifalarning bosqichma-bosqich murakkablashuvi, o‘zaro hamkorlikda o‘rganish (kooperativ ta’lim) usullaridan foydalanish o‘quvchilarning bilish faoliyatini faol tashkil etishga xizmat qiladi[1]. Pedagogik jarayonni samarali boshqarish uchun o‘qituvchi quyidagilarga e’tibor qaratishi zarur: darsning maqsad va vazifalarini aniq belgilash; o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga yo‘naltirilgan metodikani tanlash; o‘z faoliyatini muntazam tahlil qilish va rivojlantirish. Pedagogik faoliyatda doimiy refleksiya — ya’ni o‘z darslarini tahlil qilish, o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olish va ulardan chiqadigan ehtiyojlar asosida yangicha yondashuvlar ishlab chiqish muhimdir. Bu jarayon o‘qituvchining professional rivojlanishi va pedagogik innovatsiyalarga ochiqligini belgilaydi. Biologiya fani ta’limda boshqa fanlardan farqli o‘laroq, tabiat hodisalarini tizimli va tarixiy yondas

Доказательный фрагмент

«bugungi kunda ta’lim tizimining jadallik bilan rivojlanib borayotgan sharoitida biologiya fanini o‘qitishga ixtisoslashgan pedagog kadrlarni tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

bugungi kunda ta’lim tizimining jadallik bilan rivojlanib borayotgan sharoitida biologiya fanini o‘qitishga ixtisoslashgan pedagog kadrlarni tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dars samaradorligi, multimedia vositalari, gamifikatsiya, interaktiv vositalar, pedagogik innovatsiyalar., ta’lim sifati, vizual o‘qitish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, Kalit so‘zlar: biologiya taʼlimi, virtual laboratoriyalar, interfaol metodlar, o‘quvchi faolligi, raqamli ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники