К содержанию
РецензированоUZ2026

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARIDA SAMARALI FOYDALANISH

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN TA’LIM-TARBIYA · JARAYONLARIDA SAMARALI FOYDALANISH · Isroilova Mahbuba Axmatovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Pedagogda shakllangan bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish vositalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar imkoniyatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltira olish qobiliyatlari mavjud bo‘lib, u davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim oluvchiga aniq maqsadini belgilab beradi. Bu esa, o‘z navbatida, pedagogik texnologiyalarni qo‘llash rejasini ishlab chiqishga, ya’ni vazifalarini belgilab olishga olib keladi.Professional ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan fanlar fundamental bilim berish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish, nazariya hamda amaliyotning dialektik bog’liqligini ochib berish, idrok etish qobiliyatini oshirish, olgan bilimlarini hayotga, xalq xo’jaligining tarmoqlari uchun tatbiq etish, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta’minlashdan iborat. Noana’naviy o’qitish metodlaridan dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish o’qituvchidan yuksak mahoratni talab etadi. Dars tushunarli, qiziqarli bo’lishi uchun o’quv materiallarini saralash, o’quv jarayonini loyihalashtirish hamda o’quv jarayoniga tegishli bo’lgan turli topshiriqlarni bajarish uchun tavsiyalar berish zarur. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda yangi adabiyotlardan foydalanish bilan bir qatorda internet ma’lumotlari va elektron kitoblardan foydalanish fanlar ta’limi darslari samaradorligini yanada oshiradi. Buning uchun esa o’qituvchining o’zi noan’anaviy o’qitish metodlaridan bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi talab etiladi. Kalit so`zlar: Professional, idrok, texnologiya, falsafiy, dialektik, kasb-hunar ta’limi, ijtimoiy. Yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar tufayli barcha jumladan ijtimoiy - iqtisodiy sohalarda shuningdek, ta'lim tizimida ham keskin о‘zgarishlar yuz bermoqda. O‘zbekistonda ilm-fan, texnika va texnologiyasining so'nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta'lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, bugungi kunda o‘rta maxsus kasb- hunar ta’limi tizimida o‘quv jarayoni tegishli darajada tashkil qilinishi, mashg’ulotlar zamonaviy ta'lim texnologiyalariga tayangan holda o'tkazilishi lozimligi zamonaviy https://scientific-jl.com 1 5 6 48-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taminlanishi zarurligidan kelib chiqib, fanlarni maqsadli samarali va kafolatlangan natijali o‘qitish davr talabidir. Professional ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan barcha fanlar ta’limida fundamental bilim berish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish, nazariya va amaliyotning dialektik bog’liqligini ochib berish, idrok etish qobiliyatini oshirish, olgan bilimlarini hayotga, xalq xo’jaligining tarmoqlari uchun tadbiq etish, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta’minlashdan iborat. O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish istiqbolini belgilab beruvchi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda uzluksiz ta’lim tizimi oldiga umumiy hamda mutaxassislik madaniyatini yuksak, ijodiy va ijtimoiy jihatdan faol, jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan voqealarni tahlil eta oladigan, istiqbolli masalalarni hal etish qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash vazifalarini qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya sohasiga milliy didaktik nuqtai nazardan yondashib, uni quyidagicha ta’riflaydi: «Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning doimo tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi». Demak, zamonaviy sharoitda ishlab chiqarish malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ifodalovchi, uning qondirilishi uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim tizimiga buyurtma berishi, ushbu buyurtmani qondirish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim jarayonini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minotni yaratishdagi ishtiroki bilan o‘quv muassasalari faoliyatini samarali tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, barcha davrlarda ham o‘qitish mazmuni, ta’lim tizimi ijtimoiy taraqqiyot bilan o‘zaro muvofiqlikda rivojlanib kelgan. Ro‘y bergan ijtimoiy o‘zgarishlarning barchasi muayyan darajada ta’lim mazmunida o‘z aksini topadi. Buni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida ro‘y bergan o‘zgarishlarning o‘qitish jarayoniga tatbiqi misolida ham ko‘rish mumkin. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida asrlar davomida insoniyat tomonidan asoslangan ilmiy bilimlardan yosh avlodni xabardor etish maqsadida tizimli, izchil, uzluksiz va, albatta, maqsadga muvofiq ravishda pedagogik faoliyat olib boriladi. XXI asrda texnika va texnologiya sohalarining jadal rivojlanishi esa ijtimoiy, iqtisodiy hamda mada

Доказательный фрагмент

«Pedagogda shakllangan bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish vositalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar imkoniyatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltira olish qobiliyatlari mavjud bo‘lib, u davlat ta’lim standartlari asosid…»

Образец извлечения

Демо-превью

Pedagogda shakllangan bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish vositalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar imkoniyatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltira olish qobiliyatlari mavjud bo‘lib, u davlat ta’lim standartlari asosid… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so`zlar: Professional, ijtimoiy., texnologiya, dialektik, kasb-hunar ta’limi, idrok, falsafiy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники