К содержанию
РецензированоUZ2026

RATSIONAL TENGLAMALAR VA ULARNI YECHISH METODIKASI

Mirzaazimova Aziza O‘tkir qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada ratsional tenglamalar tushunchasi, ularning turlari va yechish usullari nazariy va metodik jihatdan yoritilgan. Tenglamalarni o‘rganishda o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, yechim jarayonida xatolardan saqlanish, taqqoslash, umumlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, ratsional tenglamalarni yechishga oid o‘quvchilarga mo‘ljallangan metodik yondashuv ham ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: ratsional tenglama, algebraik ifoda, umumiy maxraj, nolga tenglashtirish, noaniqlik holati, o‘quv metodikasi, matematik kompetensiya. Kirish: Matematika fani zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning mantiqiy, algoritmik, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Algebra bo‘limi esa bu jarayonda yetakchi o‘rin tutadi, ayniqsa tenglamalarni yechish o‘quvchilarda sistematik yondashuvni, mantiqiy izchillikni va muammoli vaziyatlarda mustaqil fikrlashni shakllantirishga xizmat qiladi. Shular orasida ratsional tenglamalar alohida o‘rin egallaydi. Ratsional tenglamalar — bu maxrajida algebraik ifoda mavjud bo‘lgan tenglamalardir. Ularni o‘rganish orqali o‘quvchilar kasrli algebraik ifodalar bilan ishlash, maxrajni nolga aylantiruvchi taqiqlangan qiymatlarni aniqlash, algebraik ekvivalentlikni tahlil qilish, yechimlarni tekshirish kabi muhim bilim va ko‘nikmalarni egallaydi. Bu tenglamalar ko‘pincha boshqa tenglama turlariga (masalan, irratsional yoki logarifmik tenglamalar) tayyorgarlik bosqichi sifatida ham xizmat qiladi. Afsuski, amaliyotda ratsional tenglamalarni o‘qitishda bir qancha metodik xatoliklar va yuzaki yondashuvlar kuzatiladi. O‘quvchilar bu tenglamalarning mantiqiy mohiyatini emas, faqat texnik amallarni eslab qolishga intiladi. Bu esa matematik tafakkurning yuzaki shakllanishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, maxrajni nolga aylantiruvchi qiymatlarni e’tiborsiz qoldirish, yechimlarni tekshirmaslik, umumiy maxrajga noto‘g‘ri ko‘paytirish kabi xatoliklar ko‘p uchraydi. Shu boisdan ratsional tenglamalarni o‘rgatish jarayoni metodik jihatdan puxta rejalashtirilishi zarur. O‘quvchilarning bilim darajasiga mos, bosqichma-bosqich va tushunarli yondashuv orqali ularning mustaqil fikrlash, xatolarni tahlil qilish, mantiqiy natijaga kelish qobiliyatini shakllantirish mumkin. Zamonaviy o‘quv metodikalar, https://scientific-jl.com 3 48-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi interfaol usullar, vizual ko‘rgazmalar, hayotiy misollar bu borada yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Asosiy qism: Ratsional tenglamalar algebraning o‘rta bo‘g‘inlarida o‘rganiladigan murakkabroq tenglama turlaridan biri bo‘lib, ular o‘zida kasrli ifodalarni mujassamlashtiradi. Bu tenglamalarning yechilishi, boshqa tenglama turlaridan farqli o‘laroq, qo‘shimcha ehtiyotkorlikni talab qiladi. Ayniqsa, ularda ishtirok etuvchi algebraik ifodalarning maxrajlari o‘zgaruvchili bo‘lishi natijasida ayrim qiymatlarda ifodaning mavjud emasligi holatlari yuzaga keladi. Bu esa o‘quvchilarda mantiqiy ehtiyotkorlik, nazorat, tekshirish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Ratsional tenglamalar deganda tarkibida kasr ifodalar (ya’ni maxrajida o‘zgaruvchili algebraik ifoda) mavjud bo‘lgan algebraik tenglamalar tushuniladi. Bunday tenglamalarda tenglamaning o‘ng yoki chap tomonida yoki har ikkala tomonida algebraik kasrlar ishtirok etadi. Ularning umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: P(x)/Q(x)=R(x)/S(x) yoki A(x)/B(x)=C(x) bu yerda P(x),Q(x),R(x),S(x) ko‘phadlar. Mazkur tenglamalarning ishlov berish jarayonida har doim birinchi navbatda ular mavjud bo‘lmagan qiymatlar aniqlanadi. Bu matematik jihatdan "aniqlik sohasi" tushunchasiga olib boradi. Tushunarli qilib aytganda, kasrli ifodaning maxrajini nolga aylantiruvchi sonlar ifodani ma'nosiz holga keltiradi, ya’ni bu holatda ifoda aniqlanmagan bo‘ladi. Shuning uchun, ratsional tenglamani yechish jarayonida bu holatlar alohida e’tiborga olinishi lozim. O‘quvchilarning ko‘pchilik hollarda bu tenglamalarni oddiy algebraik tenglamalar bilan aralashtirib yuborishi kuzatiladi. Chunki tenglama tashqi ko‘rinishidan oddiy algebraik munosabatlarga o‘xshaydi. Biroq, bu tenglamalarda ishtirok etuvchi har bir had, ayniqsa, kasrli hadlar, alohida e’tibor talab etadi. Ularni umumiy shaklga keltirish, ya’ni umumiy maxraj topish yoki maxrajdan xalos bo‘lish – muhim yechim bosqichlaridan biridir. Ammo bu jarayonda amalga oshiriladigan harakatlar faqat texnik vosita sifatida emas, balki matematik mantiqqa asoslangan, tafakkur talab qiladigan bosqich sifatida qaralishi lozim. Ayni jihatdan qaralganda, o‘qituvchi dars jarayonida faqat algebraik transformatsiyalarni o‘rgatibgina qolmay, balki ularning har birining asosiy ma’nosini ochib berishi, harakatlarning nima uchun aynan shunday ketma-ketlikda amalga oshirilayotganini o‘quvchiga tushuntirib borishi lozim. Shuningdek, masala yechilganidan so‘ng topilgan sonlarning dastlabki if

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ratsional tenglamalar tushunchasi, ularning turlari va yechish usullari nazariy va metodik jihatdan yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ratsional tenglamalar tushunchasi, ularning turlari va yechish usullari nazariy va metodik jihatdan yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
umumiy maxraj, o‘quv metodikasi, algebraik ifoda, noaniqlik holati, nolga tenglashtirish, matematik kompetensiya., Kalit so‘zlar: ratsional tenglama
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники