Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ADABIYOT DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
SAMARALI FOYDALANISH · Kuvatova Nafisa
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada adabiyot darslari jarayonida interfaol metodlaridan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy xususiyatlari ochib berilgan. Kalit so’zlar: Ta’lim tizimi, adabiyot, metodika, didaktika, pedagogik texnologiyalar, didaktik oʻyinlar, ta’lim sifati Adabiyot fani akademik litseylarda o‘qitiladigan darslardan o‘zining nutq madaniyati, tarix kabi fanlariga aloqasi bilan alohida ajralib turadi. Ona tili va adabiyot faniga qiziqqan ta’lim oluvchi o‘z-o‘zidan badiiy adabiyotga oshno bo‘ladi. Shunday ekan, bugungi kunda davlat miqyosiga koʻtarilgan kitobxonlik madaniyatini shakllantirish mas’uliyati ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisining zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Fanni o’zlashtirishda turli usullarni yarata olish, pedagogik mahoratni ko‘rsata bilish bu o‘qituvchining jamiyat oldidagi burchi sanaladi. Hozirgi axborot maydoning kengayishi va faollashuvi zamonida soha mutaxassisi har sohada o‘z faolligini ko‘rsata bilishi kerak. Bu o‘qituvchi har bir darsini o‘ziga xos tarzda qiziqarli olib borishi, darsda yangidan yangi usul va metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llay bilishi, o‘quvchiga munosabatini yaxshi yo‘lga qo‘yishi bilan belgilanadi. Yangicha usul, yangicha metod, eng avval, adabiyotda aks etishiga erishish lozim. Biz bugun sodda, oʻquvchini fikrlashga, ijodiy yondashishga, shuning bilan birga o‘quvchini ham hushyorlikka, ham faollikka undaydigan usullardan bir nechtasi haqida fikr yuritmoqchimiz. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Buni biz biror mavzu negizida ko‘rib oʻtamiz .Masalan, akademik litseyning 2-kurs talabalariga dastur bo’yicha "Gaʻfur Gʻulomning “Shum bola” qissasi tahlili" mavzusida o’tilgan mavzu( Mustaqillik davri she’riyati)ni so’rash uchun “Karta” didaktik o’yinidan foydalanish mumkin. Bu didaktik oʻyinlarning alohida ajralib turadigan jihati shuki, o‘quvchini hushyorlikka undash bilan birga uning faolligini oshirishga xizmat qiladi. Agar o‘qituvchi o‘quvchilarga uyda berilgan vazifaga qo‘shimcha tarzda “Karta” tayyorlab kelishni aytsa, o‘quvchilar, albatta, savolni yozish bilan birga o‘sha savolga javobni ham bilib oladi. Savollar oʻqiladi, oʻquvchilar qo’lidagi muvofiq javob yozilgan karta stol ustiga tashlanadi. Kimning qoʻlida karta qolib ketsa, oʻquvchiga jarima ball qoʻllanadi. Savollar quyidagicha boʻlishi mumkin: 1.Toʻra Sulaymon qachon tugʻilgan? J: 1934-yil https://scientific-jl.com 9 0 48-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 2. Toʻra Sulaymonnig ilk she’riy toʻplami J: Istar koʻngil 3.Toʻra Sulaymonnig dostonilaridan birining nomini toping? J: “Qorasoch” 4.To’ra Sulaymonning she’rlaridan birining nomi? J: Tavallo 5.Tog’ay Murodning qissasini toping J: Yulduzlar mangu yonadi 6.Gul bir yon chaman bir yon sheri muallifi J: Toʻra Sulaymon 7.Grafika sherining muallifi J: Usmon Azim 8.She’rlaridan birida asr bilan vidolashgan ijodkor kim? J: Jamol Kamol Darsning keying yangi mavzuning bayoni qismida “Terminlar soʻzlaganda” metodida oʻrganilayotgan mavzuga doir termin(atama)lar qayd etilgan tarqatmalar beriladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarni yangi mavzu bilan tanishtirayotganda ta’lim oluvchilar tarqatmadagi terminlarni o’qituvchi izohlashini diqqat bilan kuzatib, uni eslab qolishga harakat qiladilar. Bu o‘yin yangi mavzularini oʻzlashtirishda juda qo‘l kelib, ilm oluvchining diqqatini dars jarayoniga tortishga yordam beradi. Mavzusiga doir tarqatmada aks etgan obrazlar(Shum bola, Omon, Sariboy, Yusuf kontor, Hoji bobo, masjid imomi, eshon, Sulton oʻgʻri kabilar) haqidagi ma’lumotlarni xotirasida saqlab, obrazni ta’riflab berishadi. Bu metod oʻquvchida tahlil qilish, fikrlashni shakllantirish uchun xizmat qiladi. . Ona tili va adabiyot fanining asosiy maqsadi o‘quvchi fikr dunyoqarashiga ta’sir etibgina qolmasdan, uni chiroyli nutq egasi sifatida shakllantirishdan iborat ekan, fan o‘qituvchisi yuqoridagi kabi didaktik o‘yinlarni dars jarayonida keng miqyosda tashkil etib, o‘z o‘quvchilarini jamiyatning har sohasida faol inson qilib tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilgan holda fan xonasiga kirishi zarurdir, qolaversa, bu uning vijdoniy burchi ekanligini esdan chiqarmasa bo‘lgani. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Батыршина А. Р. Технология организации самостоятельной работы студентов // Высшее образование сегодня. – 2008. – № 9. – С. 82 – 84. 2. Вачков И.В. Методика преподавания психологии: Учебное пособие / И.В. Вачков. – М.: Ось-89, 2008. – 208 с. 3.G‘afur G‘ulom SHUM BOLA (Qissa) Yoshlar nashriyot uyi Toshkent – 2018 https://scientific-jl.com 9 1 48-son_1-to’plam_Iyul -2025
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada adabiyot darslari jarayonida interfaol metodlaridan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy xususiyatlari ochib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada adabiyot darslari jarayonida interfaol metodlaridan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy xususiyatlari ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- metodika, adabiyot, ta’lim sifati, Kalit so’zlar: Ta’lim tizimi, didaktik oʻyinlar, pedagogik texnologiyalar, didaktika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024