К содержанию
РецензированоUZ2026

XIX ASR REALIZM: AYOL VA JAMIYAT O‘RTASIDAGI ZIDDIYAT (G.FLAUBERT, L.TOLSTOY VA T.FONTANE ASARLARI MISOLIDA)

Mahmudova Marjona Nosir qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the conflicts between women and society within the framework of the development of literary realism in the 19th century. The study focuses on three classic novels: Madame Bovary by Gustave Flaubert, Anna Karenina by Leo Tolstoy, and Effi Briest by Theodor Fontane. These works highlight the internal and external conflicts that arise from the female protagonists’ aspirations, pursuit of personal freedom, and defiance of societal norms. Through the analysis of female characters in realist literature, the article reveals the moral, social, and cultural atmosphere of the 19th century. Using a comparative approach, the authors’ styles, social positions, and critical perspectives – reflected in the tragic endings – are examined. Keywords: realism, 19th-century literature, female character, social crisis, Madame Bovary, Anna Karenina, Effi Briest, gender issues, psychological conflict, European realism. 190 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Kirish: XIX asrda Yevropa adabiyoti muhim burilishlardan birini boshidan kechirdi. Realizm yo‘nalishining shakllanishi adabiy tafakkurda hayotni haqqoniy, xolis va chuqur ijtimoiy-tanqidiy yondashuvni tasvirlashga olib keldi. Realist yozuvchilar idealistik yoki romantik ohanglardan voz kechib, inson va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarga e’tibor qaratdilar. Ayniqsa, realistik asarlarda ayol obrazlari orqali jamiyatdagi axloqiy me’yorlar, gender tengsizligi va insoniy erkinlik muammolari yoritildi. Adabiyotlar tahlili: XIX asrning ikkinchi yarmi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keskin o‘zgarishlar bilan ajralib turadi. Yevropada sanoat inqilobi ta’sirida shakllangan yangi ijtimoiy qatlamlar, shaharlardagi hayotning murakkablashuvi, axloqiy qadriyatlar inqirozi va ayollar mavqeiga bo‘lgan munosabat o‘zgarib borar edi. Ana shu real ijtimoiy sharoit, badiiy ifoda vositalarida ham yangilanish talabini yuzaga keltirdi. Endi jamiyat ideallashtirilgan hayot tasviriga emas, balki o‘zini, kundalik turmushini, ichki iztirob va tashqi bosimlarni aks ettiruvchi adabiyotga muhtoj edi. Shunday murakkab tarixiy jarayonda realizm adabiy yo‘nalish sifatida shakllana boshladi. Bu yo‘nalish hayotni qanday bo‘lsa, aynan shunday tasvirlashga, jamiyatdagi muammolarni yashirmasdan ko‘rsatishga, inson psixologiyasi va ichki dunyosini chuqur ochishga intildi. Realistik adabiyot o‘quvchiga o‘z hayotini aks ettiruvchi oynani tutdi. Unda orzular emas - haqiqat, xayollar emas - muammolar, hissiyot emas - mas’uliyat aks etardi. Yevropa adabiyotida realizm adabiy oqimi XIX asrning 30–40-yillariga kelibgina mustaqil yo‘nalish sifatida shakllandi. Biroq, uning ildizlarini ilgariroq Uyg‘onish va Ma’rifatparvarlik davri adabiyotida ko‘rish mumkin. Ayniqsa, inson shaxsiyatiga, bilimga va aqlga asoslangan qarashlar, jamiyatga xolis nazar, hayotni tahlil qilishga bo‘lgan intilish keyinchalik, realizmning nazariy asoslarini tayyorlab berdi. Shunga qaramay, realizm to‘laqonli adabiy oqim sifatida XIX asr jamiyatining chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlari, inqiloblar va sinfiy ziddiyatlar fonida yuzaga chiqdi. Romantizm davri adabiyoti uzoq yillar davomida jamiyat tafakkurida hukmronlik qildi. Odamlar orzular, hissiyotlar va idealistik tasvirlarga berilib yashar edi. Ammo bu orzular haqiqat bilan to‘qnashgan pallada, ayniqsa, 1830–1848 yillardagi inqiloblar, sanoat inqilobi, burjua jamiyatining shakllanishi fonida adabiyot jamiyat ehtiyojlariga javob bera olmay qoldi. Haqiqatga ochlik, muammolarga tik boqish istagi, hayotdagi tengsizlik va adolatsizlikni anglashga bo‘lgan ehtiyoj kuchaydi. Shunday ijtimoiy muhitda realizm adabiyot maydoniga kuch bilan kirib keldi. Realistik yozuvchilar orzular olamidan voz kechib, insonni jamiyatdagi o‘rni bilan, uning kundalik hayoti, ichki kechinmalari va ijtimoiy bosimlar bilan tasvirlashga kirishdilar. Ularning asarlarida shaxsiy taqdir va ijtimoiy sharoit o‘zaro bog‘liq holda ko‘rsatiladi. Realizm hayotga oynadek qaraydi, uni bo‘yalmagan holda, barcha murakkabligi bilan ochib beradi. Bunday adabiyot endi nafaqat estetik zavq uchun, balki ijtimoiy anglash uchun ham yozilar edi. Realistik adabiyotning rivojlanishida bir qator muhim yozuvchilar faol ishtirok etadi. Fransiyada – F.Stendal, O.Balzak, P. Merime, G.Flaubert, Sh.Bodler, P.Beranje; Angliyada – Ch.Dikkens, U.Tekkerey, E.Gaskell, Sh.Bronte, J.Eliot; Amerikada – U.Uitmen, G.Bicher-Stou; romantizmning ta’siri hali saqlanib turgan Germaniyada H.Hayne va Teodor Fontane; Rossiya adabiyotida esa F.Dostoyevskiy, L.Tolstoy kabi ijodkorlar realizmning umumiy qonuniyatlarini ishlab chiqish bilan birga, har bir mamlakat adabiyotida unga milliy ruh va uslub baxsh etdilar. Bu yozuvchilar asarlarida hayotning haqiqatini ifodalash, jamiyatdagi muammolarni ochib berish, inson qalbi va ijtimoiy muhit o‘rtasidagi muvozanatni tasvirlash asosiy badiiy vazifa sifatida ilgari surildi. 191 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Ayniqsa, ularning asarlarida ayol obraz

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the conflicts between women and society within the framework of the development of literary realism in the 19th century.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the conflicts between women and society within the framework of the development of literary realism in the 19th century. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
realism, 19th-century literature, female character, social crisis, Madame, jamiyat inqirozi, Yevropa realizmi., Anna Karenina, Effi Briest, ayol obrazi, psixologik ziddiyat, Realizm, XIX asr adabiyoti, Madame Bovary, gender muammosi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники