Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BINO TOMLARIDA LANDSHAFT ELEMENTLARINI TANLASH VA JOYLASHTIRISHNING ASOSIY TAMOYILLARI
NEW RENAISSANCE · JOYLASHTIRISHNING ASOSIY TAMOYILLARI · Usmonova G.F.
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Maqolada issiq iqlimiy muhitga ega hududlar uchun bino tom qismida landshaft barpo etishning muhim tamoyillari muhokama qilingan. Tomlarda tashkil etiladigan landshaft muhitiga elementlar tanlash bo’yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: yashil tomlar, gidroizolyatsiya,o’ramli materiallar, sug’orish tizimlari, energiyaeffektivlik. Bugungi kunda ko’kalamzorlashtirilgan tomlar zamonaviy shahar muhitining ajralmas qismiga aylanmoqda. Ular ekologik barqarorlikni oshirish, shahar iqlimini tartibga solish va havo sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari yashil tomlar binolarni shahar landshaftiga moslashtiradi va ular orasidagi estetik aloqani kuchaytiradi. Bu jarayon orqali shaharlar nafaqat estetik jihatdan ham boyitiladi. O‘zbekistonning zamonaviy arxitekturasida yashil tomlar binolarni landshaft elementlari bilan to‘ldirish orqali shaharliklar uchun qulay va go‘zal muhit yaratishga yordam beradi Bino tomlarini yashillash va landshaft elementlari bilan boyitish jarayonida bir nechta asosiy tamoyillar mavjud bo‘lib, ular tomning funksional va estetik jihatdan optimal bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu tamoyillar ichida eng muhimlari: -iqlim sharoitlariga moslashuv; -tuproq va gidroizolyatsiya talablari bajarilganligi; - suv tejash tizimlari mavjudligi; - o‘simliklarning ekologik mosligi. Bino tomlarida foydalaniladigan o‘simliklar va landshaft elementlarini tanlashda iqlim sharoitlari eng muhim omil hisoblanadi. Har bir hududning o‘ziga xos iqlimi mavjud bo‘lib, bu o‘simlik turlari, tuproq va sug‘orish tizimlarini tanlashda asosiy omil bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonning quruq va issiq iqlim sharoitlarida, suvni kam talab qiladigan, issiqlikka chidamli o‘simliklar tanlanadi. Bunday o‘simliklar orasida saxara o‘simliklari, kaktuslar va namlikni saqlovchi o‘simliklar kiritilishi mumkin[1]. Bino tomlarida landshaft elementlarini joylashtirish jarayonida tuproq va gidroizolyatsiya masalalari muhim rol o‘ynaydi. Tomlar uchun maxsus yengil tuproq aralashmasi tanlanadi, bu esa binoga ortiqcha yuk tushirmaydi va o‘simliklar uchun kerakli oziq moddalarini ta’minlaydi. Shu bilan birga, gidroizolyatsiya tizimi tomda suv oqishini oldini olish va suvni saqlab turish uchun zarurdir. Gidroizolyatsiya tizimi sifati yuqori bo‘lishi lozim, chunki suv oqishining oldini olish binoning uzoq muddatli xizmat qilishini ta’minlaydi. Suv resurslarining cheklanganligi va quruq iqlim sharoitlari suv tejash tizimlarining ahamiyatini oshiradi. Yashil tomlarda suvni tejash uchun avtomatlashtirilgan sug‘orish tizimlari va yomg‘ir suvini yig‘ish tizimlari qo‘llaniladi. Bu tizimlar suvdan oqilona foydalanish va o‘simliklarning doimiy sug‘orilishini ta’minlash uchun juda muhimdir. O‘zbekiston sharoitida yomg‘ir suvini yig‘ish va uni yashil tomlarda qayta ishlash texnologiyalari samarali hisoblanadi. 19 NEW RENAISSANCE 2025 JULY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 7 Bino tomlarida o‘simliklarni tanlashda ekologik moslik muhim omil hisoblanadi. Mahalliy o‘simliklar ekologik muvozanatni saqlash va parvarishlash talablari kam bo‘lishi bilan ajralib turadi. Ular mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashgan bo‘lib, uzoq muddat parvarish talab qilmaydi. Shu sababli, O‘zbekiston sharoitida yashil tomlar uchun mahalliy o‘simliklarni tanlash eng maqbul yechimdir. Bino tomlarida landshaft elementlarini joylashtirishda turli xil tamoyillar amal qiladi. Bu tamoyillar landshaft dizayni va arxitekturaviy uyg‘unlik, ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil tomlarning funktsional zonalarini tashkil qilish va energiya samaradorligini oshirishni o‘z ichiga oladi. Birinchidan yashil tomlar binoning umumiy arxitektura dizayniga mos bo‘lishi lozim. Bu jarayonda landshaft elementlari binoning arxitekturaviy shakli va uslubiga moslashtiriladi[2]. Masalan, modern uslubdagi binolarda minimalistik landshaft elementlari, an’anaviy uslubdagi binolarda esa tabiiy va organik shakllar afzal ko‘riladi. Bu tamoyil orqali yashil tomlar binoning arxitektura bilan uyg‘unlikda ko‘rinishini ta’minlaydi. Ikkinchidan tomlar nafaqat estetik, balki ekologik jihatdan ham barqaror bo‘lishi kerak. Bunda landshaft elementlari va o‘simliklar shahar ekologiyasini yaxshilash, havo sifatini oshirish va issiqlik orollarini kamaytirishga xizmat qiladi. Buning uchun yashil tomlarda tuproq va o‘simlik qoplamasi qatlamini to‘g‘ri tanlash, suvni tejash texnologiyalarini qo‘llash va yomg‘ir suvini yig‘ish tizimlarini joylashtirish zarur. Uchinchidan ko’kalamzorlashtirilgan tomlar ko‘pincha bir necha funktsional zonalarga bo‘linadi. Bu zonalar aholining dam olishi, sport bilan shug‘ullanishi, madaniy tadbirlar o‘tkazishi va boshqa maqsadlar uchun xizmat qilishi mumkin. Funktsional zonalarni tashkil qilishda ularning joylashuvi, o‘simliklar turi va ularni parvarishlash sharoitlari hisobga olinadi. Masalan, dam olish zonalari uchun soyabon o‘simliklar va yumshoq tuproq qoplamalari tanlanadi, sport maydonchalari uchun esa qalin o‘t qoplamasi yoki maxsus sun’iy qoplam
Доказательный фрагмент
«Maqolada issiq iqlimiy muhitga ega hududlar uchun bino tom qismida landshaft barpo etishning muhim tamoyillari muhokama qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada issiq iqlimiy muhitga ega hududlar uchun bino tom qismida landshaft barpo etishning muhim tamoyillari muhokama qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o’ramli materiallar, energiyaeffektivlik., yashil tomlar, sug’orish tizimlari, gidroizolyatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026