К содержанию
РецензированоUZ2024

XALQARO SAVDO TASHKILOTLARI VA ULARNING KICHIK DAVLATLAR IQTISODIYOTIGA TA’SIRI

DAVLATLAR IQTISODIYOTIGA TA’SIRI · Maxmud Muxammadiyev O’ktam o’g’li

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 708-710 · 2024

Аннотация

Bugungi globallashuv davrida xalqaro iqtisodiy aloqalarning jadallashuvi milliy iqtisodiyotlarning tashqi omillarga bog‘liqligini yanada kuchaytirmoqda. Ayniqsa, kichik va rivojlanayotgan davlatlar uchun xalqaro savdo tashkilotlari - masalan, Jahon Savdo Tashkiloti (JST), Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ), Jahon banki, BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) - nafaqat iqtisodiy integratsiya imkoniyatlari, balki iqtisodiy mustaqillikka xavf tug‘diruvchi omil sifatida ham e’tiborga loyiqdir. Mazkur maqolada xalqaro savdo tashkilotlarining kichik davlatlar iqtisodiyotiga ko‘rsatayotgan ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Jumladan, ushbu tashkilotlarning asosiy maqsadlari, vazifalari va ularning savdo siyosatiga ta’siri o‘rganiladi. JST doirasidagi erkin savdo bitimlari kichik davlatlarga bozorga kirish imkoniyatlarini kengaytirsa-da, ularning mahalliy ishlab chiqaruvchilarini raqobatga dosh berolmaydigan holatga keltirishi ehtimoli ham ko‘rib chiqiladi. Xususan, kichik iqtisodiyotlar o‘z milliy sanoatini himoya qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, chunki erkin savdo siyosati subsidiyalar, bojlar va import cheklovlarini kamaytirishni talab qiladi. Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlar texnik yordam, bilim almashinuvi va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha muhim rol o‘ynashi e’tiborga olinadi. Maqolada O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar misolida xalqaro savdo tashkilotlari bilan hamkorlikning ijobiy va salbiy jihatlari amaliy misollar bilan tahlil qilinadi. Xulosa sifatida, kichik davlatlar ushbu tashkilotlardan samarali foydalana olishlari uchun milliy manfaatlarga moslashgan savdo strategiyasini ishlab chiqishlari va iqtisodiy suverenitetni saqlab qolish choralarini ko‘rishlari lozimligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: JST, savdo, iqtisodiyot, suverenitet, integratsiya, bojxona, subsidiya, raqobat, kredit, import Abstarct: In today’s era of globalization, the acceleration of international economic relations has further increased the dependence of national economies on external factors. Especially for small and developing countries, international trade organizations - such as the World Trade Organization (WTO), International Monetary 481 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 6 Fund (IMF), World Bank, and the United Nations Conference on Trade and Development (UNCTAD) - are not only significant for economic integration opportunities but also pose risks to economic independence. This article provides an in-depth analysis of the impact of international trade organizations on the economies of small countries. Specifically, it examines the main goals, functions, and influence of these organizations on trade policies. While the free trade agreements under the WTO expand market access for small countries, they may also place local producers in a position where they cannot compete effectively. Notably, small economies face difficulties in protecting their national industries, as free trade policies require reducing subsidies, tariffs, and import restrictions. At the same time, the important role of international organizations in providing technical assistance, knowledge exchange, and infrastructure development is acknowledged. The article analyzes both the positive and negative aspects of cooperation with international trade organizations using practical examples from developing countries like Uzbekistan. In conclusion, it is emphasized that small countries need to develop trade strategies aligned with their national interests and take measures to preserve economic sovereignty in order to effectively benefit from these organizations. Keywords: WTO, trade, economy, sovereignty, integration, customs, subsidy, competition, credit, import Kirish. Bugungi globallashuv asrida xalqaro iqtisodiy aloqalar tobora kuchayib, milliy davlatlarning iqtisodiy suvereniteti va barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, kichik va rivojlanayotgan davlatlar uchun xalqaro savdo tashkilotlari iqtisodiy o‘sish va rivojlanishning muhim omiliga aylangan bo‘lsa-da, ularning ta’siri murakkab va ko‘p qirrali hisoblanadi. Jahon Savdo Tashkiloti (JST), Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ), Jahon banki kabi xalqaro institutlar kichik davlatlarning global iqtisodiyotga integratsiyasini ta’minlash bilan birga, ularning ichki iqtisodiy siyosatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. JST kabi tashkilotlar tomonidan ilgari surilgan erkin savdo tamoyillari kichik davlatlarga yangi bozorlar va investitsiyalar jalb qilish imkonini beradi. Biroq, shu bilan birga, erkin savdo siyosati kichik davlatlarning o‘z milliy sanoatini himoya qilish imkoniyatlarini cheklashi, ularni kuchliroq iqtisodiyotlar bilan raqobat qilishga majbur qilishi mumkin. Masalan, bojxona tariflarining kamaytirilishi yoki yo‘q qilinishi, subsidiyalarning qisqarishi kichik ishlab chiqaruvchilarni bozordan siqib chiqishga olib kelish

Доказательный фрагмент

«Bugungi globallashuv davrida xalqaro iqtisodiy aloqalarning jadallashuvi milliy iqtisodiyotlarning tashqi omillarga bog‘liqligini yanada kuchaytirmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi globallashuv davrida xalqaro iqtisodiy aloqalarning jadallashuvi milliy iqtisodiyotlarning tashqi omillarga bog‘liqligini yanada kuchaytirmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
WTO, trade, economy, sovereignty, integration, customs, subsidy, suverenitet, bojxona, raqobat, JST, subsidiya, kredit, iqtisodiyot, import, savdo, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники