Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻSMIRLARNING SHAХS SIFATIDA RIVOJLANISHIDA OTA-ONALARNING ROLI
Raximberdiyeva Mehriniso Xosilbek qizi · Ajiniyoz nomidagi NDPIning Pedogogika fakulteti
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article explores the psychological characteristics of adolescence, the stages of personal development, and the crucial role of parents in this process. It analyzes how parenting styles and communication patterns affect adolescents’ emotional stability and social adjustment. The study highlights that supportive, understanding, and respectful parental attitudes significantly contribute to the healthy formation of adolescent personality. Keywords: adolescence, parenting, psychological approach, personal development, social adaptation, parenting styles, emotional support. РОЛЬ РОДИТЕЛЕЙ В РАЗВИТИИ ПОДРОСТКОВ КАК ЛИЧНОСТЕЙ Аннотация. В статье рассматриваются психологические особенности подросткового возраста, этапы личностного развития и роль родителей в этом процессе. Освещается влияние стилей воспитания и форм общения родителей на эмоциональную устойчивость и социальную адаптацию подростков. Подчеркивается, что поддерживающие, понимающие и уважающие отношения родителей способствуют формированию зрелой личности подростка. Ключевые слова: подростковый возраст, родительство, психологический подход, личностное развитие, социальная адаптация, методы воспитания, эмоциональная поддержка. Oila – shaxs tarbiyasining birinchi ijtimoiy muhitidir. Ayniqsa, oʻsmirlik davrida bolaning psixologik, ijtimoiy va emotsional rivojlanishida ota-onaning tutgan oʻrni beqiyosdir. Bu davr inson hayotidagi eng muhim va oʻtish davrlaridan biri bo‘lib, shaxsiylikni anglash, mustaqil fikrlash, ijtimoiy me’yorlarni qabul qilish va hayotiy qadriyatlarni shakllantirish bosqichlarini oʻz ichiga oladi. Oʻsmirlik – 11–18 yoshlarni qamrab oluvchi psixofiziologik oʻsish bosqichi bo‘lib, bu davrda oʻquvchilar jismoniy, emotsional va ijtimoiy oʻzgarishlarga duch keladilar. Ericksonning psixososial rivojlanish nazariyasiga koʻra, bu davrda “shaxsiylikni shakllantirish yoki rol chalkashligi” inqirozi yuz beradi. Oʻsmirlar “men kimman?”, “qanday bo‘lishni xohlayman?” kabi savollarga javob izlay boshlaydilar [1]. Shaxsning shakllanishi inson hayotining barcha bosqichlarida davom etadigan murakkab va ko‘p omilli jarayondir. Ayniqsa, oʻsmirlik davri bu jarayonning eng muhim va mas’uliyatli bosqichlaridan biri hisoblanadi. 156 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Bu davrda inson nafaqat jismonan, balki psixologik va ijtimoiy jihatdan ham jadal o‘zgarishga uchraydi. Oʻsmir o‘z “men”ini anglay boshlaydi, o‘ziga xoslik va mustaqillikka intiladi, shuningdek, atrofdagilarning unga nisbatan munosabatini teran his qiladi. Shu sababli bu davrda shaxsiy rivojlanishga ta’sir etuvchi muhim omillarni o‘rganish alohida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu omillar ichida eng asosiylaridan biri bu – ota-onalarning tutumi, munosabati va tarbiya uslubidir. Oila — insonning ilk ijtimoiylashuvi, qadriyatlarni egallashi, axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishi va psixologik ehtiyojlarining qondirilishida birlamchi muhitdir. Ayniqsa, oʻsmirlik davrida ota-onalarning farzandiga bo‘lgan munosabati, unga bergan e’tibori va emotsional qo‘llab-quvvatlovi oʻsmir shaxsining barqaror shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy psixologik yondashuvlarga ko‘ra, ota-onaning oʻz farzandi bilan olib boradigan muloqoti, unga bo‘lgan ishonchi va mustaqil qaror qabul qilishga imkon berishi — oʻsmirda sog‘lom “men” obrazining shakllanishiga xizmat qiladi. Aksincha, qattiqqo‘llik, befarqlik yoki haddan tashqari nazorat kabi yondashuvlar esa oʻsmirda ichki ziddiyat, o‘ziga ishonchsizlik, tajovuzkorlik yoki ijtimoiy chekinishga olib kelishi mumkin. Mazkur maqolada oʻsmirlarning shaxs sifatida rivojlanishida ota-onalarning roli, tarbiya uslublari va psixologik yondashuvlarning ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, ota-onalarning ijobiy va salbiy munosabatlari oʻsmirning psixik rivojlanishiga qanday ta’sir qilishi amaliy misollar asosida yoritiladi. Ota-onaning oʻsmirga nisbatan psixologik yondashuvi : Ota-onalar oʻz farzandlarini faqat moddiy ta’minlash emas, balki psixologik jihatdan ham qoʻllab- quvvatlashlari zarur. Rivojlanayotgan oʻsmirlar doimiy e’tibor, tushunish, mehr va sabrni talab qiladilar. Ularni tanbeh emas, muloqot orqali tushunishga intilish ota-onaning asosiy vazifalaridan biridir. Demokratik uslubdagi ota-onalar oʻsmirlar bilan sog‘lom munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga harakat qiladilar. Bu uslub bolada mas’uliyat hissi, o‘z fikrini bildirish qobiliyati va muammolarni mustaqil hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi [2]. Ota-onalarning noto‘g‘ri munosabatining salbiy oqibatlari: Oʻta avtoritar yoki befarq ota-onalik yondashuvlari oʻsmirning oʻziga ishonchini pasaytiradi, tajovuzkorlikni kuchaytiradi va ijtimoiy moslashuvga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, emotsional ehtiyojlar qondirilmagan boʻlsa, oʻsmirlar depressiya, ijtimoiy ajralish yoki nosogʻlom muhitlarga moyillik kabi muammolarga duch kelishlari mumkin [3]. Shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Ota-onaning ijobiy fikrlari, qiziqishlariga hurmat bilan qar
Доказательный фрагмент
«This article explores the psychological characteristics of adolescence, the stages of personal development, and the crucial role of parents in this process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the psychological characteristics of adolescence, the stages of personal development, and the crucial role of parents in this process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adolescence, parenting, psychological approach, personal development, ijtimoiy moslashuv, emotsional qo‘llab-quvvatlash., oʻsmirlik davri, ota-onalik, shaxsiy rivojlanish, tarbiya uslublari, psixologik yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024