К содержанию
РецензированоUZ2024

BOSHLANGʻICH SINF DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Fan oʻqituvchisi: Bobomurotova Latofat Elmurodovna · Xujamberdiyeva Nurangiz Dilmurod qizi (University of innovation technologies universiteti Maktabgacha va)

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilari uchun ta’lim jarayonida interfaol o‘qitish metodlaridan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va metodik yondashuvlari tahlil qilingan. Interfaol metodlar o‘quvchilarni darsga faol jalb qilish, ularning mustaqil fikrlashini, nutq faoliyatini, muloqot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Bumerang”, “Blitsso‘rov”, “Rol o‘ynash” kabi usullarning boshlang‘ich sinf fanlari – ona tili, atrofmuhit, matematika va o‘qish darslarida qo‘llanilishi yuzasidan amaliy misollar bilan yoritib berilgan. Maqola yakunida interfaol metodlar orqali dars sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: interfaol metod, boshlang‘ich ta’lim, dars samaradorligi, o‘quvchi faolligi, metodik yondashuv. Kirish Hozirgi zamon ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan asosiy talab — o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va faol ishtirokini ta’minlashdir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni dars jarayonida faol ishtirok etishga undash muhim ahamiyatga ega. Bunda interfaol o‘qitish metodlaridan foydalanish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Interfaol metodlar — bu o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiruvchi, dars jarayonini jonlantiruvchi, hamkorlikda o‘rganish va fikr almashishga asoslangan usullardir. Bunday yondashuv o‘quvchilarning faqat tayyor bilimlarni eslab qolish 373 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 6 emas, balki o‘z fikrlarini bayon qilish, muammolarni hal qilish, guruhda ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Mazkur maqolada boshlangʻich sinf darslarida interfaol metodlardan foydalanishning afzalliklari, ularni amaliyotga tadbiq etish yo‘llari va samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, turli fanlarda qo‘llaniladigan mashhur interfaol usullar misolida darslarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Asosiy qisim Interfaol metodlarning ta’limdagi o‘rni Interfaol metodlar – bu o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida faol muloqotga asoslangan, o‘quvchining mustaqil fikrlashi, izlanishi, o‘z bilimini boshqalar bilan solishtira olishi va xulosa chiqara olishini ta’minlovchi o‘qitish shakllaridir. Bu metodlar orqali o‘quvchilar faqat bilim egallab qolmay, balki hayotiy ko‘nikmalarni ham shakllantiradilar. Shu sababli interfaol yondashuvlar zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylangan. Zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri – o‘quvchilarni faollikka, mustaqil fikrlashga va ijodiy yondashuvga o‘rgatishdan iborat. An’anaviy darslarda o‘qituvchi asosiy axborot manbai sifatida yetakchi rolni o‘ynasa, interfaol metodlar o‘quvchilarni dars jarayonining markaziga olib chiqadi. Bu metodlar orqali bilim o‘quvchiga tayyor holatda berilmaydi, aksincha, u o‘z bilimini izlanish, bahs-munozara, muhokama va tajriba orqali mustaqil shakllantiradi. Interfaol metodlar dars jarayonida quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: 374 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 6 1. Faol o‘rganishga rag‘batlantiradi – O‘quvchi o‘z bilimini izlaydi, fikrlaydi, solishtiradi va xulosa chiqaradi. 2. Kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiradi – Guruhda ishlash, fikr almashish, muhokama qilish orqali o‘quvchining muloqot madaniyati yuksaladi. 3. Ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni shakllantiradi – Muammoli vaziyatlar asosida echim izlash, turli yo‘llarni tahlil qilish orqali o‘quvchi ijodiy yondasha boshlaydi. 4. Motivatsiyani oshiradi – Dars jarayoni qiziqarli va jonli o‘tadi, bu esa o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq uyg‘otadi. 5. Individual yondashuvni ta’minlaydi – Har bir o‘quvchi o‘zining qiziqishi va imkoniyatiga ko‘ra darsda ishtirok etadi. Interfaol metodlarning ta’limdagi o‘rni nafaqat o‘quvchilarning bilim olish darajasini oshirishda, balki ularning shaxsiy rivojida ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchining vazifasi bu yerda nazorat qiluvchi emas, balki yo‘naltiruvchi, maslahat beruvchi, faoliyatni boshqaruvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich ta’limda qo‘llaniladigan asosiy interfaol metodlar Boshlang‘ich sinf darslarida quyidagi interfaol usullar keng qo‘llaniladi: "Aqliy hujum" "Insert" "Rol o‘ynash" "Blits-so‘rov" "Klaster" "Bumerang" "Fikrlar doirasi" Bu metodlar darsning turli bosqichlarida – yangi mavzuni o‘rganishda, takrorlashda yoki bilimlarni mustahkamlashda o‘z samarasini beradi. Masalan, "Aqliy hujum" orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin ifoda etadi, "Rol o‘ynash" esa ularda ijtimoiy muhitda o‘zini tutish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 375 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 6 Fanlar kesim

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilari uchun ta’lim jarayonida interfaol o‘qitish metodlaridan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va metodik yondashuvlari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilari uchun ta’lim jarayonida interfaol o‘qitish metodlaridan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va metodik yondashuvlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metodik yondashuv., dars samaradorligi, : interfaol metod, o‘quvchi faolligi, boshlang‘ich ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники