Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALLERGIK KASALLIKLARNI DAVOLASHDA DORIVOR O‘SIMLIKLARDAN FOYDALANISH
O‘SIMLIKLARDAN FOYDALANISH · Qodirova Shaxlo Muzafarovna · Abdug'aniyeva Maftuna Abdunazar qizi
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada allergik kasalliklarning patogenezi, ularning turli shakllari, rivojlanish bosqichlari va davolash strategiyalariga ilmiy yondashuv keltiriladi. Ayniqsa, dorivor o‘simliklarning allergik reaksiyalarni kamaytirishdagi roli, ularning faol biologik komponentlari, xalq tabobatida va zamonaviy fitoterapiyada qanday qo‘llanilishi alohida tahlil qilinadi. Fitoterapiya nafaqat simptomlarni bartaraf etish, balki organizmning immun javobini muvozanatlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: allergik kasalliklar, immun javob, dorivor o‘simliklar, bioflavonoidlar, fitoterapiya, xalq tabobati, histamin Allergik kasalliklar - bu immunitet tizimining muayyan tashqi yoki ichki omillarga (allergenlarga) haddan tashqari reaktivlik bilan javob berishi natijasida yuzaga keladigan patologik holatlardir. Ushbu holatda, oddiy inson uchun zararsiz moddalar - polen (gul changi), hayvon yungi, oziq-ovqat oqsillari, kimyoviy birikmalar va dorilar organizm tomonidan “tahdid” sifatida qabul qilinadi. Natijada, immunitet tizimi yallig‘lanishli mediatorlar – histamin, prostaglandinlar va leykotrienlarni ajratadi. Allergik kasalliklarning rivojlanish bosqichlari. 1. Sensibilizatsiya bosqichi. 252 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 Organizm dastlab allergen bilan aloqa qilganda maxsus immunoglobulin E (IgE) ishlab chiqaradi. Bu immunitet tizimining “eshitganini tanish” bosqichidir. 2. Effektor bosqich. Takroriy allergen bilan to‘qnash kelganda IgE allergen bilan birikib, basofil va tuk hujayralardan histamin ajralishiga sabab bo‘ladi. Bu esa allergik simptomlarni chaqiradi. Allergik kasalliklar turlari. - Bronxial astma: allergen ta’sirida nafas yo‘llarining torayishi, qattiq nafas olish. - Atopik dermatit: terining yallig‘lanishi, toshma, qichishish. - Allergik rinit: burun oqishi, aksirish, ko‘z yoshlanishi. - Kontakt dermatit: kimyoviy moddalar yoki kosmetik vositalar bilan aloqa sababli toshmalar. - Oziq-ovqat allergiyasi: og‘izda qichishish, qorin og‘rig‘i, diareya, ba’zan anafilaksiya. Allergiyani davolashda dorivor o‘simliklarning biologik ta’siri. Dorivor o‘simliklar ko‘p sonli biologik faol moddalarni - flavonoidlar, saponinlar, alkaloidlar, efir moylari, glikozidlar va antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagi asosiy ta’sirlarga ega: - Histamin ajralishini bloklaydi - Kapillyar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi - Immunitet tizimining haddan tashqari faolligini tartibga soladi - Teridagi yallig‘lanishni pasaytiradi - Antioksidantlar orqali hujayra membranalarini tiklaydi Asosiy dorivor o‘simliklar va ularning klinik foydasi. 1. Itmurt (Urtica dioica). - Faol moddalari: flavonoidlar, xlorofill, askorbin kislotasi. 253 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 - Ta’siri: diuretik, antigistamin, qon tozalovchi. - Qo‘llanilishi: damlama, qaynatma, kapsula shaklida. 2. Qora sedana (Nigella sativa). - Faollik: antiinflamator, immunomodulyator. - Klinik tekshiruvlar: astma bemorlarida nafas olishni yengillashtirishi ilmiy isbotlangan. - Ishlatilishi: yog‘i kuniga 1 choy qoshiq, kukuni asal bilan. 3. Romi giyohi (Matricaria chamomilla). - Tarkibi: bisabolol, apigenin. - Ta’siri: tinchlantiruvchi, antiseptik. - Qo‘llanilishi: ichish va kompress tarzida, kon’yunktivit yoki dermatitda. 4. Zanjabil (Zingiber officinale). - Tarkibi: gingerol, shogaol - Ta’siri: bronxodilatator, antiinflamator, antioksidant. - Qo‘llanilishi: choy shaklida yoki asal bilan. 5. Aloy (Aloe vera). - Faollik: teri yallig‘lanishini kamaytiradi, hujayra yangilanishini tezlashtiradi. - Qo‘llanilishi: tashqi surtma sifatida, tabiiy sharbat. 6. Qizilmiya (Glycyrrhiza glabra). - Faol moddasi: glitsirrizin . - Ta’siri: yo‘talni kamaytiruvchi, yallig‘lanishga qarshi. - Qo‘llanilishi: sirop, damlama. Fitoterapiya usullari. 1. Ichki qo‘llanilish (oral terapiya). 254 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 - O‘simlik choylari: (romashka + zanjabil + limon). - Damlamalar: (qora sedana urug‘i + asal). - Og‘iz orqali tabletkalar yoki kapsulalar. 2. Tashqi qo‘llanilish. - Kompresslar (aloevera yoki romashka damlamasi bilan). - Teri ustiga suriladigan malhamlar (qora sedana, zanjabil). - Ko‘z yuvish uchun damlamalar (yengil kontsentratsiyali romashka). 3. Inhalatsiya. - Zanjabil, evkalipt, yalpiz moylari isib turgan suvga tomizilib, bug‘i bilan nafas olinadi. - Nafas yo‘llarining allergik torayishida yordam beradi.. Allergik reaksiyalarda dorivor o‘simliklardan foydalanish bo‘yicha ehtiyot choralari. - Har bir o‘simlik avvalo allergiya testidan o‘tkazilishi kerak. - Doza oshirib yuborilmasligi shart. - Fitoterapiya mutaxassis yoki shifokor nazoratisiz boshlanmasligi kerak. - Dorivor o‘simliklar bolalar, homilador ayollar, surunkali kasalligi bor shaxslarda ehtiyotkorlik bilan ishlatiladi. - Aralashma o‘simlik choylari faqat sinovdan o‘tgan va tozalangan xomashyo asosida tayyorlanishi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada allergik kasalliklarning patogenezi, ularning turli shakllari, rivojlanish bosqichlari va davolash strategiyalariga ilmiy yondashuv keltiriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada allergik kasalliklarning patogenezi, ularning turli shakllari, rivojlanish bosqichlari va davolash strategiyalariga ilmiy yondashuv keltiriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fitoterapiya, bioflavonoidlar, dorivor o‘simliklar, histamin, immun javob, allergik kasalliklar, xalq tabobati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024