К содержанию
РецензированоUZ2024

YOSHLAR BANDLIGI VA MEHNAT BOZRI MUAMMOLARI: O‘ZBEKISTON MISOLIDA

Abdushukurova Sevinch Akramjonovna · Rashidova Xadicha Tursunaliyevna

Современная наука и исследования · 2 · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistonda yoshlar bandligi bilan bog‘liq dolzarb muammolar: ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi nomuvofiqlik hamda raqamli infratuzilma va hududiy tengsizliklar asosida tahlil qilingan. Stat.uz va boshqa rasmiy manbalarga asoslangan statistik ma’lumotlar yordamida ikki asosiy muammo ochib berilib, ularga ilmiy asoslangan yechimlar taklif etilgan. Kalit so‘zlar: Yoshlar bandligi, ishsizlik, ta’lim, raqamli tengsizlik, mehnat bozori, hududiy farqlar. Yoshlar bandligi har qanday davlatning makroiqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy taraqqiyotining muhim determinanti sifatida qaraladi. Mehnat bozori institutlari samaradorligi, iqtisodiy faollik darajasi va inson kapitali sifatining o‘zaro bog‘liqligi aynan yoshlar qatlamida yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika agentligining 2024-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra1 , 15–30 yosh oralig‘idagi yoshlar mamlakat aholisining qariyb 30 foizini tashkil qilmoqda. Bu demografik dividendni to‘g‘ri yo‘naltirish uchun mehnat bozori va ta’lim tizimi o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatni yaratish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Iqtisodiy fanlarda mehnat resurslarini samarali taqsimlash bozor mexanizmlarining asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yoshlar bandligining past darajasi strukturaviy ishsizlik, friktsion ishsizlik va institutsional nomuvofiqlik kabi salbiy holatlarni yuzaga keltiradi. Xususan, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarning o‘z sohasiga mos ish topa olmasligi, ularning ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilishida katta to‘siqlarga sabab bo‘lmoqda. Bu holat inson kapitalining to‘liq realizatsiya qilinmasligi, ijtimoiy beqarorlik, hatto miqratsiya bosimlarining ortishiga olib keladi. Bugungi globallashuv sharoitida iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi va bilimga asoslangan tarmoqlarning rivojlanishi yangi mehnat ko‘nikmalarini talab qilmoqda. Shu bilan birga, raqamli infratuzilma va texnologik imkoniyatlar bo‘yicha hududlar o‘rtasidagi tafovutlar ham yoshlar bandligiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Ushbu maqolada aynan ikki muammo — ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi nomuvofiqlik hamda raqamli va hududiy tengsizliklar — rasmiy statistik ma’lumotlar va grafik tahlillar asosida chuqur o‘rganiladi hamda ularga iqtisodiy asoslangan yechimlar taklif etiladi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi (2024) . 88 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 1-rasm.Bitiruvchilar va ish bilan taminlanganlar 2020-2024 yoillarda.2 Ushbu grafikdan ko‘rinib turibdiki, so‘nggi besh yilda bitiruvchilar soni muntazam oshib bormoqda. Ammo, shu bilan birga, ularning ish bilan ta’minlanish darajasi yetarli darajada o‘sish sur’atini ko‘rsata olmayapti. Bu holat ta’lim tizimida o‘zlashtirilayotgan bilimlar va mehnat bozori talablarining uyg‘unlashmaganidan darak beradi (1-rasm). Misol uchun, 2024-yilda 700 mingga yaqin yoshlar bitirgan bo‘lsa-da , ularning faqat 360 ming nafari ish bilan ta’minlangan. Bu esa ta’lim sifatini va kasbiy tayyorgarlikni zamonaviy bozor talablariga moslashtirish zarurligini ko‘rsatadi (1-rasm). Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 13-apreldagi PQ–257-sonli qarori bilan “Kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish” haqida qaror qabul qilindi. Bu qarorga muvofiq, ta’limda ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda mutaxassisliklar shakllantirish, ishlab chiqarish amaliyotlarini kengaytirish nazarda tutilgan. 3 Ushbu muammoni hal qilish uchun, avvalo, o‘quv dasturlarini mehnat bozoridagi real talablar asosida yangilash zarur. Har bir oliy va kasb-hunar ta’lim muassasasi bitiruvchilari bozor uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchilarning o‘quv jarayonida faol ishtirokini ta’minlash orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, kasbiy yo‘naltirish ishlari maktabdan boshlanishi lozim. Yoshlar o‘z qiziqishi, ijtimoiy ehtiyoj va iqtisodiy talablar asosida mutaxassislik tanlashi uchun davlat tomonidan kasb tanlashda ko‘maklashuvchi xizmatlar faol ishlashi zarur. Mahalliy hokimliklar huzurida “yoshlar mehnat birjasi” tizimi joriy etilishi mumkin. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 3 Mehnat.uz — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi. 89 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 2-rasm. Yoshlarning ishsizlik darajasi qiymati (2020-2024).4 Ushbu diagrammada korinib turibdiki, yoshlar orasida ishsizlik darajasi 2020-yildagi 15.2 foizdan 2024-yilga kelib 10.9 foizga kamayganiga qaramasdan, hali ham bu ko‘rsatkich respublikadagi umumiy ishsizlik darajasidan yuqori. Bu, ayniqsa, chekka hududlarda yanada og‘irroq holat (2-rasm). 5 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida bu ko‘rsatkich 14–16 foiz atrofida bo‘lib qolmoqda. Bu holat infratuzilma, raqamli savodxonlik va zamonaviy ish formatlarig

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekistonda yoshlar bandligi bilan bog‘liq dolzarb muammolar: ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi nomuvofiqlik hamda raqamli infratuzilma va hududiy tengsizliklar asosida tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekistonda yoshlar bandligi bilan bog‘liq dolzarb muammolar: ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi nomuvofiqlik hamda raqamli infratuzilma va hududiy tengsizliklar asosida tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Yoshlar bandligi, ishsizlik, ta’lim, mehnat bozori, hududiy farqlar., raqamli tengsizlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники