К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI SHAKLLANISHIDA JADID IJODKORLARINING O‘RNI

Yallaqayev Zoyir Yusupovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Maqola XX asr boshlarida Turkistonda milliy uyg‘onish va ma’rifatparvarlik g‘oyalari asosida shakllangan jadidchilik harakatining o‘zbek bolalar adabiyotidagi o‘rnini tahlil qiladi. Jadid ijodkorlari, xususan, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalarning bolalar adabiyotini rivojlantirishdagi faoliyati, darsliklar, she’riy va nasriy asarlar, matbuot, dramaturgiya va tarjimachilikdagi hissasi o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Jadidchilik, bolalar adabiyoti, milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik, darsliklar, dramaturgiya, tarjimachilik Annotation. This article analyzes the role of the Jadid movement, rooted in national awakening and enlightenment ideals in early 20th-century Turkestan, in shaping Uzbek children's literature. It explores the contributions of Jadid intellectuals, such as Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, and Munavvarqori Abdurashidxonov, in developing children's literature through textbooks, poetry, prose, press, drama, and translations. Their works instilled national identity, patriotism, and moral values in the younger generation. The article examines challenges faced by Jadid children's literature, including publishing and political constraints, and evaluates its significance in contemporary Uzbek children's literature. The study highlights the enduring relevance of the Jadid legacy in strengthening national spirit and proposes directions for future research, emphasizing the need for deeper exploration of Jadid drama and translation efforts. Keywords: Jadid movement, children's literature, national awakening, enlightenment, textbooks, drama, translation. XX asr boshlarida Turkistonda milliy uyg‘onish va ma’rifatparvarlik g‘oyalari asosida shakllangan jadidchilik harakati o‘zbek adabiyoti va ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarni boshlab berdi. Jadid ijodkorlari, xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Sadriddin Ayniy, Munavvarqori Abdurashidxonov va Abdurauf Fitrat kabi ziyolilar bolalar adabiyotini milliy o‘zlikni mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar singdirish va zamonaviy bilimlarni yoyish vositasi sifatida ko‘rdilar. Bolalar adabiyoti ular uchun nafaqat yosh avlodni tarbiyalash vositasi, balki jamiyatning kelajagini qurishda muhim poydevor edi. Ushbu maqola jadid ijodkorlarining bolalar adabiyotidagi faoliyatini, ularning she’riy, nasriy, dramatik asarlari, darsliklari, matbuotdagi ishtiroki va tarjimachilikdagi hissasini kengroq tahlil qiladi. Jadidchilik harakati XIX asrning so‘nggi choragi va XX asr boshlarida Turkiston jamiyatini modernizatsiya qilish, xalqni savodli va ma’rifatli qilish maqsadini ko‘zlagan edi. Bolalar adabiyoti bu jarayonda muhim o‘rin tutdi, chunki yosh avlod tarbiyasi millatning kelajagini belgilovchi omil sifatida qaraldi. Jadidlar bolalar adabiyotini faqat o‘quv vositasi sifatida emas, balki yoshlar qalbida vatanparvarlik, axloqiy qadriyatlar va milliy o‘zlikni 69 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 shakllantirish vositasi sifatida ko‘rdilar. Bu davrda bolalar adabiyoti “usuli jadid” maktablarining ochilishi bilan birga rivojlanib, o‘zbek adabiyotidagi yangi bir qirra sifatida maydonga chiqdi1 Jadidlar bolalar adabiyotidagi asarlarida soddalik va tushunarlilikka alohida e’tibor qaratdilar. Ular bolalar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda she’r, hikoya, masal va darsliklar yaratdilar. Masalan, Abdulla Avloniy “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim” darsliklarida bolalar uchun ixcham she’rlar va hikoyalar orqali vatanseverlik, mehnatkashlik va halollik kabi qadriyatlarni singdirishga harakat qildi.2 Jadid ijodkorlari bolalar adabiyotini rivojlantirishda yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar va alifbolar yaratishga katta e’tibor berdilar. Bu darsliklar nafaqat savodxonlikni oshirishga, balki bolalarda milliy o‘zlik, axloqiy qadriyatlar va zamonaviy bilimlarni shakllantirishga xizmat qildi. Tadqiqotchilarning fikricha, jadidlar ellikdan ortiq alifbo va o‘qish kitoblarini nashr etdilar, bu esa bolalar adabiyotining tizimli shakllanishiga zamin yaratdi.3 Saidrasul Aziziyning “Ustodi avval” (1902) alifbosi o‘zbek bolalar adabiyotidagi ilk muhim darsliklardan biridir. Bu kitobda sodda she’rlar va didaktik hikoyalar orqali bolalar tafakkuriga mos ta’lim berildi.4 Munavvarqori Abdurashidxonov “Adibi avval” (1907) va “Adibi soniy” (1909) darsliklarida xalq she’rlari va masallarni bolalar uchun qayta ishlagan holda taqdim etdi. Bu asarlar o‘zbek tilidagi ta’limni mustahkamlashga xizmat qildi.5 Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” (1910) va “Ikkinchi muallim” (1912) darsliklari bolalar adabiyotidagi eng muhim yutuqlardan biri bo‘ldi. Uning “Maktabga da’vat” she’ri bolalarni ilm olishga undaydi: Boqdi gunash panjaradan bizlara, Yotma deyur barcha o‘g‘il-qizlara.6 Jadid ijodkorlari bolalar adabiyotini ommalashtirishda matbuotdan keng foydalandilar. 1919-yilda Samarqandda nashr etilgan “Bolalar yo‘ldoshi” jurnali bolalar uchun ilk maxsus nashrlardan biri bo‘ldi. Bu

Доказательный фрагмент

«Maqola XX asr boshlarida Turkistonda milliy uyg‘onish va ma’rifatparvarlik g‘oyalari asosida shakllangan jadidchilik harakatining o‘zbek bolalar adabiyotidagi o‘rnini tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola XX asr boshlarida Turkistonda milliy uyg‘onish va ma’rifatparvarlik g‘oyalari asosida shakllangan jadidchilik harakatining o‘zbek bolalar adabiyotidagi o‘rnini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadid movement, children's literature, national awakening, enlightenment, ma’rifatparvarlik, tarjimachilik, dramaturgiya, bolalar adabiyoti, milliy uyg‘onish, darsliklar, Jadidchilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники