Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXS RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK BOSQICHLARI
Raximberdiyeva Mehriniso Xosilbek qizi · Ajiniyoz nomidagi NDPIning Pedogogika fakulteti
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the main psychological stages of personality development, the psychological changes occurring at each stage, as well as approaches based on the theories of famous psychologists - E. Erikson, J. Piaget. The article is useful for students and specialists in pedagogical practice for a holistic understanding of personality. Keywords: personality, development, psychological stage, Erikson, Piaget, childhood, adolescence, identity. Аннотация. В данной статье анализируются основные психологические этапы развития личности, психологические изменения, происходящие на каждом этапе, а также подходы, основанные на теориях известных психологов - Э. Эриксона, Ж. Пиаже. Статья полезна студентам и специалистам в педагогической практике для целостного понимания личности. Ключевые слова: личность, развитие, психологический этап, Эриксон, Пиджаже, детство, подростковый возраст, идентичность. Inson — biologik mavjudot bo‘lishi bilan birga, ijtimoiy-psixologik mavjudotdir. Uning shakllanishi, hayotga moslashuvi va o‘z o‘rnini topishi uzluksiz psixologik rivojlanish natijasidir. Shaxs rivojlanishi psixologiya fanining eng muhim sohalaridan biri hisoblanadi, chunki har bir yosh bosqichida insonda yangi sifatlar shakllanadi va bu uning keyingi hayotiga ta’sir ko‘rsatadi. Amerikalik psixoanalitik Erik Erikson shaxsning rivojlanish bosqichlarini sakkizta psixososial bosqichga ajratgan. Har bir bosqichda inson muayyan ichki muammoga duch keladi va bu muammoni muvaffaqiyatli hal qilishi yoki hal qila olmasligi uning keyingi rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi. Masalan, hayotining ilk yillarida bola o‘z atrofdagilarga nisbatan ishonch yoki ishonchsizlik tuyg‘usini shakllantiradi. Bu — 0 yoshdan 1 yoshgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Agar bu davrda bolaning ehtiyojlari qondirilsa, unga mehr berilsa, u hayotga ishonch bilan qaraydi. Aks holda, ishonchsizlik shakllanadi. 1–3 yoshda esa mustaqillik yoki uyatchanlik hissi rivojlanadi. Bola o‘z harakatlarida mustaqil bo‘lishga intiladi. Agar ota-onalar bola harakatlarini rag‘batlantirsalar, unda avtonomiya rivojlanadi, aks holda, uyat va shubha paydo bo‘ladi . Inson — nafaqat biologik mavjudot, balki ijtimoiy-psixologik mavjudotdir. Uning shakllanishi, o‘zini anglashi, jamiyatdagi o‘rnini topishi uzluksiz psixologik rivojlanishning natijasidir. Psixologiyada shaxs rivojlanishiga oid yondashuvlar ko‘p, ammo ularning barchasi inson hayoti davomida bosqichma-bosqich sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni 1 43 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tushuntirib beradi. Shaxs rivojlanishi bolaning tug‘ilishidan to keksalikkacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va bu jarayonda biologik, ijtimoiy va psixologik omillar o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Psixologlar ushbu rivojlanish jarayonini turli modellarda tasvirlashgan. 3–6 yosh oralig‘ida bola faol tashabbus ko‘rsata boshlaydi. Agar atrofdagilar uni qo‘llab-quvvatlasa, unda tashabbuskorlik kuchayadi. Aks holda esa aybdorlik hissi paydo bo‘ladi. 6–12 yoshda bolaning mehnatsevarlik hissi ortadi, u o‘zini foydali deb his qilishi muhim. Agar bola bu davrda o‘zini ojiz his qilsa, bu uni psixologik jihatdan past his qilishiga olib keladi. O‘smirlik davri (12–18 yosh) esa identitet shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu bosqichda inson “Men kimman?” degan savolga javob izlaydi. Agar bu davr muvaffaqiyatli o‘tsa, shaxs o‘zini anglaydi, o‘z yo‘lini topadi. Aks holda esa rol chalkashuvi, ya’ni ichki ziddiyatlar yuzaga keladi. Shu o‘rinda shveysariyalik psixolog Jan Pijagening kognitiv rivojlanish nazariyasini ham eslab o‘tish lozim. Pijage bola aqliy rivojlanishini to‘rt bosqichda ko‘rsatadi. Tug‘ilganidan ikki yoshgacha bo‘lgan davr sensomotor bosqich bo‘lib, unda bola harakat va sezgilar orqali olamni o‘rganadi. Keyingi bosqich preoperatsional bosqich bo‘lib, 2–7 yoshni qamrab oladi. Bu davrda bola tasavvurga boy, ammo mantiqiy fikrlash hali rivojlanmagan bo‘ladi. 7–11 yosh oralig‘idagi konkret operatsiyalar bosqichida esa bola real faktlar asosida mantiqiy fikrlashni boshlaydi. 11 yoshdan boshlangan formal operatsiyalar bosqichida esa bola abstrakt tushunchalar bilan ishlay oladi, ya’ni nazariy fikrlash shakllanadi. Zamonaviy psixologiyada esa shaxs rivojlanishiga kompleks yondashuvlar mavjud. Masalan, V.S. Muxina shaxsning ijtimoiy xatti-harakatlarini, uning muhitga moslashuvi va jamoadagi o‘rnini tahlil qilsa, A.V. Petrovskiy shaxsni uch komponent: faollik, munosabatlar va o‘zini anglash orqali o‘rganadi . Shaxs rivojlanishida ijtimoiy muhit, oilaviy tarbiya, maktab, jamoadagi o‘zaro munosabatlar ham muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, bolalik va o‘smirlik davrida berilgan ijtimoiy ta’sirlar insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘ladi. Shaxs rivojlanishini chuqur o‘rganish orqali insonning o‘ziga xos xulq-atvori, ehtiyojlari, qiziqishlari, ijtimoiy roliga doir chuqur bilimga ega bo‘lish mumkin. Bu esa psixolog, pedagog, sotsiolog kabi kasb egalari uchun m
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the main psychological stages of personality development, the psychological changes occurring at each stage, as well as approaches based on the theories of famous psychologists - E.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the main psychological stages of personality development, the psychological changes occurring at each stage, as well as approaches based on the theories of famous psychologists - E. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- personality, development, psychological stage, Erikson, Piaget, childhood, bolalik, identitet., rivojlanish, o‘smirlik, shaxs, Pijaje, psixologik bosqich
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026