К содержанию
РецензированоRU2025

SULAYMON BOQIRG‘ONIY TASAVVUFIY G‘OYALARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI O‘RNI

TARBIYASIDAGI O‘RNI · Fayziyeva Dilorom Shabonovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article describes the mystical ideas, wisdom and poems of Suleiman the magnificent as well as the role of Puma'no in educating today's generation as a mature individual. Keywords: spiritual purity, striving for science, mutasavif, Sufi symbols, mystical ideas; Аннотация. В этой статье рассказывается о роли мистических идей, мудрости и стихов Сулеймана Бакыргани в воспитании сегодняшнего поколения зрелых людей. Ключевые слова: духовная чистота, стремление к науке, фанатизм, суфийские символы, мистические идеи. KIRISH: O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida tasavvufiy tafakkur yirik bir yo‘nalish bo‘lib, uning asosiy vakillari inson ruhiyatini poklash, axloqiy kamolotga yetaklash, jamiyatda ma’naviy uyg‘onish g‘oyalarini ilgari surganlar1. Ana shunday shaxslar qatoridan munosib o‘rin egallagan Sulaymon Boqirg‘oniy (Xakim ota) IX–XII asrlar oralig‘ida yashab ijod qilgan, Yassaviylik tariqatining yirik namoyandalaridan biri sifatida tanilgan mutasavvif-shoirdir2. Uning asarlari nafaqat diniy-axloqiy mazmunga, balki ma’naviy-tarbiyaviy yuksak g‘oyalarga boy bo‘lib, bugungi yosh avlod tarbiyasida muhim manba vazifasini bajarishi mumkin3. Sulaymon Boqirg‘oniy hikmatlarida Allohga muhabbat, Rasulullohga sadoqat, ota-onaga ehtirom, halollik, sabr-toqat, ilmga intilish kabi islomiy qadriyatlar markaziy o‘rinni egallaydi. Bu qadriyatlar nafaqat dini-ma’naviy qarashlar tizimining ajralmas qismi, balki axloqiy tarbiyaning muhim vositasidir. Zamonamiz yoshlarini globalizm, ma’naviy buhron, internet ta’siri va materializm domidan asrashda bunday qadriyatlar bebaho vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Sulaymon Boqirg‘oniy asarlaridagi bu qadriyatlar, ular ifodalangan tazkiyaviy, didaktik uslub va tasavvufiy timsollar, bugungi yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarash, axloqiy mustahkamlik va milliy g‘ururni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun uning ijodini matnshunoslik asosida tahlil qilish va bu asarlardagi tarbiyaviy g‘oyalarni yoshlar ongiga yetkazish dolzarb ilmiy-ijtimoiy vazifadir. ASOSIY QISM: Sulaymon Boqirgʻoniy ijodi tasavvufiy tafakkur va islomiy-ma’naviy qadriyatlarning o‘zaro uygʻunligiga asoslanadi. Uning hikmatlari o‘zbek mumtoz she’riyatining 1 Sayfullayev B. Tasavvuf va ma’naviyat. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. – B. 12–13. 2 Rafiddinov S. Turkiston tasavvufi va Xakim ota merosi. – Toshkent: Fan, 2010. – B. 42. 3 Sulaymon Boqirgʻoniy. Hikmatlar. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nashriyoti, 1993. –B.8. 1 42 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ diniy-falsafiy ildizlarini chuqur aks ettiradi. Xususan, Boqirgʻoniy hikmatlarida ruhiy poklik, sabr, tavakkul, qanoat, halollik, ilmga intilish kabi gʻoyalar muntazam uchrab turadi. Shoir "Toza bo‘l, riyodan qoch, rost so‘zla, yolg‘ondan yuragingni tiy" degan chaqiriqlar orqali zohiriy axloqni emas, botiniy kamolotni nazarda tutadi. Bu esa tasavvufning asosiy tamoyillaridan biridir – ya’ni, insonning ichki dunyosini tarbiyalash4. U hikmatlarida ba’zan so‘fiyona ramzlar, ya’ni "yo‘l", "haqiqat", "nur", "zulf", "meyxona" kabi timsollar orqali murakkab tushunchalarni badiiy ifoda etadi. Bular o‘z zamonasi yoshlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi avlod uchun ham o‘z ma’nodoshligini saqlab qolmoqda5. Sulaymon Boqirgʻoniy ijodidagi tasavvufiy g‘oyalarning muhim jihatlaridan biri bu – islomiy axloqning ichki mohiyatini ochib berishdir. Unga ko‘ra, chin musulmon – bu faqat tashqi ibodatlar bilan emas, balki halollik, shukr, e’tibor, sabr, mehr, vafo kabi fazilatlar bilan yashovchi kishidir. “Yaxshi bo‘lgan kishi elga yaxshi bo‘lur” degan hikmatida insoniylik mezonini axloqiy va ijtimoiy faoliyat orqali o‘lchaydi. Boqirgʻoniy hikmatlari yoshlar uchun ma’naviy kompas vazifasini bajaradi. Masalan, ilmga bo‘lgan hurmat borasida u “O‘rgan ilmlarni, bo‘lmasang nadomatda” deya yoshlarni doimiy izlanish, tafakkur va tafsirga chorlaydi. Bu g‘oyalar zamonaviy ta’lim-tarbiya konsepsiyalarida asosiy pedagogik tamoyillar bilan mos keladi. Ayniqsa, tanqidiy fikrlash, axloqiy immunitet, milliy o‘zlikni anglash kabi kompetensiyalarni shakllantirishda Boqirgʻoniy ijodining roli beqiyos. Shoirning tasavvufiy-estetik tili ham zamonaviy yoshlar bilan ruhiy aloqa o‘rnatishda muhim vositadir. Uning tili xalqona, lekin mazmuni chuqur. U falsafiy g‘oyalarni soddalik bilan ifodalaydi. Bunday uslub orqali yosh ongiga og‘ir diniy-axloqiy konsepsiyalar silliq va qulay tarzda singdiriladi. Shuningdek, hikmatlarda yoshlarni o‘zlikni anglashga, milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarashga undovchi ruh mavjud. Boqirgʻoniy nafaqat axloqiy pandu-nasihatlarni, balki tarbiyaviy strategiyalarni ham taklif etadi: sabrli bo‘lish, o‘zini nazorat qilish, ma’rifatga xizmat qilish, qanoat qilish – bular zamonaviy yoshlar uchun universal tarbiya mezonlaridir. NATIJA: Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Sulaymon Boqirgʻoniy hikmatlari faqat diniy- falsafiy mazmun bilan cheklanmay, balki ma’naviy-tar

Доказательный фрагмент

«This article describes the mystical ideas, wisdom and poems of Suleiman the magnificent as well as the role of Puma'no in educating today's generation as a mature individual.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the mystical ideas, wisdom and poems of Suleiman the magnificent as well as the role of Puma'no in educating today's generation as a mature individual. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
spiritual purity, striving for science, mutasavif, Sufi symbols, mystical ideas, tasavvufiy g‘oyalar., ruhiy poklik, so‘fiyona ramzlar, mutasavvif, ilmga intilish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники