К содержанию
РецензированоUZ2025

MUHAMMAD BOLTAYEV - MARKAZIY OSIYO MUTASAVVUFLARI MEROSINI O‘RGANGAN OLIM

O‘RGANGAN OLIM · Talaba: Shamsiddinov Qudrat · Ilmiy rahbar: M.U.Asrorova

Современная наука и исследования · 4 · 53-56 · 2025

Аннотация

ushbu maqolada Markaziy Osiyo mutasavviflarining islom falsafasi rivojlanishida tutgan o’rni va ushbu mavzuni o‘rgangib, jamiyatimiz ma’naviyatino oshirishga hissa qo‘shgan olim M.Boltayev haqida qarashlar bayon etilgan.Shuningdek, faylasuf - olim M.Boltayevning Markaziy Osiyo so‘fiylarining tasavvuf haqidagi qarashlari o‘rin egallagan. Tayanch so‘zlar: Islom falsafasi, mutasavvuflar, Sharq allomalarining ilmiy merosi, tasavvuf ta’limoti, islom ma’rifati, so‘fiylik falsafasi. Islom falsafasi rivojida Markaziy Osiyo so‘fiylarining o‘rni katta va serqirra bo‘lgan. Ularning hissasi faqat ruhiy amaliyot bilan cheklanib qolmadi. Ular islom dinini nazariy tushunishga, metafizika, axloqshunoslik, antropologiya va hatto gnoseologiyaning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdilar. O‘rta Osiyo so‘fiylari aqliy islom falsafasi (falsafa) va so‘fiy tasavvufini (tasavvuf) uyg‘unlashtirishda muhim rol o‘ynagan. Ular Avitsenna (Ibn Sino) kabi faylasuflarning g‘oyalarini ichki ruhiy tajriba nuqtai nazaridan qayta talqin qildilar. Eng yorqin misollardan biri falsafa tarixida kalom, falsafa va tasavvufni birlashtirgan asarlar yozgan mutasavvuflardan Zardusht, Shayx Kalobodiy, Am’aq Buxoriy, Faxriddin Roziy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Nosiriddin Tusiy, Muhammad G‘azzoliy, Fariduddin Attor, Shayx Sanoiy, Ubayd Zokoniy, Amir Kulol, Bahouddin Naqshband, Abdurahmon Jomiy larning ilmiy va falsafiy qarashlari aloxida e’tiborga loyiq. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy, madaniy sohadagi islohotlar o‘zbek ilm-fani namoyandalarining ilmiy merosini o‘rganish hamda uni jamoatchilikka yetkazishda keng imkoniyatlarni yaratmoqda. Sifatli ta’lim, yuksak axloqiy tarbiya va kuchli bilimga asoslangan har tomonlama yetuk yoshlarni shakllantirishda ulug‘ ustozlarning ibratli hayoti, faoliyati, ilmiy merosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimizning Sharq allomalarining merosini o‘rganishga bag‘ishlangan ma’ruzalarida ham yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish bugungi ilmiy jamoatchilik zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ekanligiga e’tibor berildi. O‘zbek falsafasida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan Muhammad Boltayevning falsafiy merosini o‘rganish, uning G‘arb va Sharq falsafasi, tasavvuf falsafasining o‘ziga xos tomonlari, muhim masalalarini hal etishdagi ahmiyatini ko‘rsatib berish jamiyat fuqarolari va yoshlarning dunyoqarashini boyitishda manba sifatida xizmat qiladi. Muhammad Boltayevning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi o‘zbek ilm-fani, falsafasida o‘ziga xos o‘rin tutgan. Uning ibratli hayot yo‘li, ilmga ayniqsa, Sharq va G‘arb falsafsini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, izlanishlari umume’tirof etilgan. Jumladan, uning Sharq falsafasining tarkibiy qismi hisoblangan tasavvuf falsafasi borasidagi tadqiqotlari diqqatga sazovor.Faylasuflar ijodidagi so‘fiylik kabi an’anaviy qadriyatlarni zamonaviy sharoitlarni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqishga urinish ma’naviyat va axloqni tushunishga yangicha yondashuvlarni yaratish imkonini berdi. 1 42 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ M.N.Boltayevning tasavvuf ta’limoti insonning kamoloti, ruhiy-ma’naviy yuksalishi uchun qayg‘urib kelgan gumanistik ta’limot ekanligi, tasavvuf g‘oyalari bir butunlikni tashkil etadigan umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi, insonparvar ta’limot ekanligi haqidagi fikrlari keltirilgan.. Barkamol avlod tarbiyasi ustivor yo‘nalish bo‘lgan hozirgi kunda insonni komillik darajasiga yetkazishga xizmat qiladigan ta’limotlarni o‘rganish davr talabidir. Tasavvuf ta’limotidagi komil inson tarbiyasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov alohida ta’kidlaganidek, islom ma’rifati va madaniyati rivoji haqida gap borganda, biz – mana shu qutlug‘ zaminimizda tug‘ilib voyaga yetgan muborak nomlarini butun islom dunyosi cheksiz ehtirom bilan tilga oladigan Imom al-Buxoriy, Imom at- Termiziy, Xo‘ja Bahovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Zamaxshariy kabi piri komillarimizni nazarda tutamiz. Ma’naviy hayotimizni mana shu ulug‘ nomlar bilan bog‘laymiz. Biz bu mutafakkirlarimizning qutlug‘ merosidan butun xalqimiz, jumladan yoshlarimizning ham bahramand bo‘lishiga, ularning mana shunday ma’naviy muhitda kamol topishiga, islom dinining insonparvarlik falsafasi, buyuk g‘oyalari yosh avlod yuragidan ham joy olishiga sharoit yaratmoqdamiz. M.Boltayev asarlarida tasavvuf haqidagi qarashlar alohida e’tiborlidir. Tasavvuf insonni kamolotga yetkazadigan ta’limot bo‘lib, unda islom ma’rifati mujassamdir. Islom ma’rifatiga ko‘ra, inson halol yashashi, mustahkam e’tiqodga ega bo‘lishi, birodarlarga bag‘rikeng munosabatda bo‘lishi, ilm cho‘qqilariga intilishi orqali haqiqatga erishish asosli g‘oyasi bo‘lsa – bu ta’limot jamiyatimizning barcha sohalarida ko‘zga tashlanadi va aynan, olim Muhammad Nazarovich Boltayev mustaqillik shabadasi ufurib turgan bir paytda t

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada Markaziy Osiyo mutasavviflarining islom falsafasi rivojlanishida tutgan o’rni va ushbu mavzuni o‘rgangib, jamiyatimiz ma’naviyatino oshirishga hissa qo‘shgan olim M.Boltayev haqida qarashlar bayon etilg…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada Markaziy Osiyo mutasavviflarining islom falsafasi rivojlanishida tutgan o’rni va ushbu mavzuni o‘rgangib, jamiyatimiz ma’naviyatino oshirishga hissa qo‘shgan olim M.Boltayev haqida qarashlar bayon etilg… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
so‘fiylik falsafasi., Sharq allomalarining ilmiy merosi, mutasavvuflar, Islom falsafasi, tasavvuf ta’limoti, islom ma’rifati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники