К содержанию
РецензированоUZ2025

YANGI O’ZBEKISTON VA YANGI KONSTITUTSIYA

Egamberganov Xursandbek Faxriddin o’g’li

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article examines the content of the new Constitution of the Republic of Uzbekistan adopted in 2023, its alignment with national and international legal principles, as well as its impact on the social-economic and political system. It highlights the state’s increased responsibility towards its citizens and the introduction of new norms to ensure human rights and freedoms. The article also explores the reforms aimed at strengthening the independence of state governance, the rule of law, and personal liberties in the new Constitution. Keywords: Constitution of Uzbekistan, legal reforms, human rights, state governance, rule of law, system, supremacy of law, individual freedom. Insoniyat tarixi ixtirolarga juda boy, shu ixtirolar natijasida hayot rivojlanib yashash uchun imkoniyatlar kengayib boradi. Insoniyat tarixida insonlarni aql zakovati mahsuli sifatida ixtiro qilingan va taraqqiyotga katta hissa qo’shgan ixtirolardan biri Konstitutsiyadir. U dastlab alohida bir maqsad, vazifani bajarish uchun vujudga kelgan bo’lsa, keyinchalik uning vazifalari kengayib bordi. Dastlab Konstitutsiyaning o’ziga to’xtaladigan bo’lsak, Konstitutsiya davlatimizning eng asosiy qonunidir. Konstitutsiya atamasi qadimgi Rimdayoq bor edi, misol qilib aytadigan bo’lsak Amir Temur “Tuzuklar’’i Sharq va Osiyo mamlakatlari svilizatsiyasiga xos alohida shakldagi Konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo’lgan. Undan tashqari birinchilardan bo’lib Konstitutsiya AQSH da ham vujudga kelgan bo’lib uning to’g’ridan to’g’ri vazifasi hokimiyat bo’linish prinspi o’rnatish bilan, davlat hokimiyatini cheklash, tartibga solish bo’lib, shu orqali insonning erkinligini taminlash bo’lgan. Undan keyingi Konstitutsiyalar, hokimiyat va inson munosabatida inson manfaatlari ustuvorligini taminlash yo’lidan bordi. Keyingi qabul qilinayotgan Konstitutsiyalarda inson masalasi Konstitutsiyaning dastlabki boblarida berilmoqda. 1991-yildagi O’zbekistonning mustaqilligi o’z konstitutsiyasini mustaqil qabul qilish imkoniyatini berdi. Konstitutsiya loyihasini tayyorlashda demokratik xorijiy mamlakatlar Konstitutsiyalarini, xalqaro normalarini o’rganish, tahlil qilish natijasida bo’lajak Konstitutsiyamizda inson huquqlari bosh masala qilib olindi. Konstitutsiyaning 2-bo’limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari’’ deb nomlanib uning 6 ta bobi inson huquqlariga bag’ishlandi. Unda barcha fuqarolarning millatidan qatiy nazar qonun oldida tengligi belgilandi. Konstitutsiyamizda barcha millatlarni hamma sohada tengligi taminlanganligi 1 40 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bekorga urg’u berayotganimiz yo’q. Chunki ayrim eng demokratik davlatlar Konstitutsiyalarida ham shu mamlakatdagi asosiy millat mavqei yuqori qo’yilishi hollari mavjud. Masalan Germaniya Konstitutsiyasining 3-moddasida “Barcha kishilar qonun oldida teng’’ degan qoida mavjud, lekin uning bir necha qoidalarida tegishli huquq nemislargagina tegishliligi ko’rsatilgan. 11- moddasida “Barcha nemislar federatsiyaning hududida erkin ko’chib yurishi mumkin’’ degan qoidalar bor. Bunday holatni O’zbekiston Konstitutsiyasida uchratmaysiz. O’zbekiston fuqarosi qaysi millatga mansub bo’lmasin barcha konstitutsiyaviy huquqlardan birdek foydalanadi. O’zbekistonda 2023-yilda yangi tahrirda Konstitutsiya qabul qilinishi masalasi ko’tarilganda, unda inson huquqlarini yanada kengaytirish, inson huquqlarini taminlash mexanizmini, inson huquqlarini taminlashda davlat masuliyatini kuchaytirish zarurati mavjudligidan kelib chiqildi. Bu haqda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida “Yangi o’zbekistonga mos bo’lgan konstitutsiyani har tomonlama o’ylab, shoshilmasdan ishlab chiqish kerak’’ligini takidlab o’tdilar. Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o’tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi orqali Yangi O’zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslari yaratilib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari belgilab berildi. Referendum ko’p millatli buyuk xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qat’iy qaror qilganligining ishonchli ifodasi bo’ldi. Konstitutsiyamizdagi qo’shimcha va o’zgarishlarini yangi holatlarda ko’rishimiz mumkin. Avvalo Konstitutsiya oliy yuridik kuchga egaligi, to’g’ridan-to’g’ri amal qiluvchi hujjat ekanligi belgilandi. Inson huquq va erkinliklari bevosita amal qilishi, inson huquq va erkinliklari qonunlarining, davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilashi, inson bilan davlat organlarining o’zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilab qo’yildi.

Доказательный фрагмент

«This article examines the content of the new Constitution of the Republic of Uzbekistan adopted in 2023, its alignment with national and international legal principles, as well as its impact on the social-economic and…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the content of the new Constitution of the Republic of Uzbekistan adopted in 2023, its alignment with national and international legal principles, as well as its impact on the social-economic and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Constitution of Uzbekistan, legal reforms, human rights, state governance, shaxsiy erkinlik., sud tizimi, O’zbekiston Konstitutsiyasi, davlat boshqaruvi, inson huquqlari, qonun ustuvorligi, huquqiy islohotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники