К содержанию
РецензированоUZ2025

VARIKOZ KASALLIGINI FITOTERAPIYA VA GIRUDOTERAPIYA BILAN KOMPLEKS DAVOLASH YONDASHUVLARI

Bahromova SarvinozSherzotbek qizi · VARIKOZ KASALLIGINI FITOTERAPIYA VAGIRUDOTERAPIYABILAN (Kokand University Andijonfiliali tibbiotfakulteti) · KOMPLEKSDAVOLASH YONDASHUVLARI (Kokand University Andijonfiliali tibbiotfakulteti)

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada varikoz kasalligining etiologiyasi va patofiziologiyasini chuqur tahlil qilish orqali, ushbu kasallikni davolashda fitoterapiya va girudoterapiyaning samaradorligini o‘rganish hamda aholi orasida varikoz kasalligining tarqalishini kamaytirishga qartilgan. Kalit so’zlar: Venoz yetishmovchilik, Flebologiya, Qon aylanishi, Fitoterapiya, Girudoterapiya, Minimal-invaziv usulla, Skleroterapiya, Flebektomiya, Profilaktika, Trofik yaralar, Venotonik preparatlar. Mavzuning dolarbligi: JSST ma’lumotlariga ko’ra varikoz kasalligi bugungi kunda keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib, u sivilizatsiya kasalliklari ro‘yxatiga kiritilgan. Venoz tizimning asosiy vazifalaridan biri qonning yurakka qaytishini ta’minlashdir. Agar venoz tizimni suyuqlik bilan to‘ldirilgan va tik turgan quvur sifatida tasavvur qilsak, uning quyi qismida suyuqlik ustuni bosim hosil qiladi. Venoz qon oqimi yurakka qaytish jarayonida tortishish kuchiga qarshi harakat qiladi. Organizm bu sharoitlarga turli moslashuv mexanizmlari orqali moslashgan. Passiv holatda (yotgan, o‘tirgan yoki tik turgan) venoz qonoqimini ta’minlashda sistolik bosim va nafas olish jarayoni muhim rol o‘ynaydi. Nafas olayotganda pastki vena kavak tizimidagi bosim ortib, qon oqimi sekinlashadi. Chuqur nafas olayotganda yoki nafasni ushlab turganda, u deyarli to‘xtaydi. Nafas chiqarish jarayonida esa qorin bo‘shlig‘idagi bosim pasayib, qon oqimini rag‘batlantiruvchi assimilyatsiya mexanizmi ishga tushadi. Varikoz kasalligining rivojlanishiga turmush tarzi va kasb bilan bog‘liq omillar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt harakatsiz qolish yoki doimiy o‘tirish talab qilinadigan kasblarda ishlash (masalan, transport haydovchilari) kasallik xavfini oshiradi. Dunyo miqyoshida rivojlangan mamlakatlar aholisi orasida varikoz kassaligining turli belgilari 70 foizgacha odamda uchraydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, varikoz kassaligi ayollarning 35 foizi 25-45 yosh oralig’ida, erkaklarning esa 20 foizi 45-50 yosh oralig’ida ushbu kassalikdan aziyat chekadi. Bu esa venoz tizimning arterial tizimga nisbatan murakkab sharoitlarda ishlashini ko‘rsatadi. Varikoz kasalliklarini rivojlantiruvchi asosiy omillar; Kun davomida tik turgan holdaishlash, genetika - biriktiruvchi to'qimalarning yetishmasligi tufayli qon tomirlari devorlarining kongenital zaifligi[1]. qattiq kiyim- inguinal burmalardagi asosiy tomirlarni siqib chiqarish qon aylanishini buzadi. Semizlik-tana massasi indeksining 27 kg/m2 gacha oshishi kasallik xavfini 33% ga oshiradi, harakatsiz ish va harakatsiz turmush tarzi-statik holat oyoq-qo'llardagi qonning turg'unligini qo'zg'atadi, og'ir yuklarni ko'tarish bilan bog'liq ishlarda, noto'g'ri ovqatlanish muhim ozuqa moddalarining yetishmasligi qon tomirlari devorlarining tuzilishini tiklashni sekinlashtiradi, gormonal muvozanat varikoz tomirlarining rivojlanishi menopauza sindromi va osteoporozni davolash uchun gormonal kontratseptsiya va dorilarni qo'llashni qo’zg’atada xomiladorlik-kattalashgan bachadon tomonidan retroperitoneal venalarning siqilishi qon aylanishini buzadi[2]. Varikoz rivojlantiruvchi kasalliklarini ikkilamchi omillarga esa quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: stress va asab kasalliklari, arterial- venoz anastomozlar, www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 sportiv zo'riqishlar, noqulay kiyim va poyabzallarni kiyish. Yu.L.Shevchenko varikoz alomatlarini bevosita bosqichlarga bo'lib o'rganishni taklif qilgan. 1 va 2 bosqichlarda: oyoq, boldir va sonlarda venoz naqshlarning paydo bo'lishi, oyoqlarda og'irlik, bosim, o'rtacha og'riqlarni his qilish, tortishishlar (ayniqsa kechasi), ishdan keyin, kunning oxirida oyoqlarning shishishi, tez charchash. 3va 4bosqichlarda: shishlar; qon tomirliyulduzlar (telangioektaziyalar), turli og'riqlar (pulsli, mushaklarda qichishish, yurish paytida og'riq, vena bo'ylab og'riq, umumiy og'riq va oyoqlarning qaqshab og'rishi), boldir va tovon yonlari terisi yuzasida uzun varikoz venalar paydo bo'lishi, teri o'zgarishlari uning qurishi va pigmentatsiyasi, qorayishi va jigarrang dog'lar bilan qoplanishi. Bundan tashqari, bu belgilarga keyinchalik bir qator kasalliklar, xususan dermatit, ekzema vatrofik kasalliklar, yaralar qo'shilishimumkin[3]. Varikozni davolashda fitoterapiyaningahamyati: Fitoterapiya varikoz kasalligini yengillashtirishda yordam beruvchi tabiiy muolaja usullaridan biri hisoblanadi[4]. Hamda ushbu kassalikni simtomlarini yegilashtirishda quyidagi tabiiy mahsulotlarda foydalanish tavsiya etiladi. Andiz ildizi, mavrak va yalpizdan 100 g dan olib, aralashma tayyorlanadi. Uch osh qoshiq yig‘mani kechqurun termosga solib, ustiga uch stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab damlama suzilib, kun davomida to‘rt mahal ovqatdan yarim soat oldin 150 ml dan ichiladi. Anor gulining quritilgan shakli issiq suvda ivitilib, tomirlarning ko‘karib ketgan joylariga qo‘yiladi va ustidan bog

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada varikoz kasalligining etiologiyasi va patofiziologiyasini chuqur tahlil qilish orqali, ushbu kasallikni davolashda fitoterapiya va girudoterapiyaning samaradorligini o‘rganish hamda aholi orasida variko…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada varikoz kasalligining etiologiyasi va patofiziologiyasini chuqur tahlil qilish orqali, ushbu kasallikni davolashda fitoterapiya va girudoterapiyaning samaradorligini o‘rganish hamda aholi orasida variko… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
varikoz kasalligining, tik turgan, orasida varikoz, venoz tizimning, qon oqimi, nafas olayotganda, bog liq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники