Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MUSIQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INTEGRALLASHDAN MASHG‘ULOTLARNING AHAMIYATI
MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INTEGRALLASHDAN · MASHG‘ULOTLARNING AHAMIYATI · Nizomiy nomidagi TDPU
Современное образование и развитие · 142-145 · 2025
Аннотация
В статье говорится о том, что одним из важнейших направлений обеспечения повышения эффективности учебно-воспитательного процесса в дошкольных образовательных организациях является музыка, целенаправленное использование междисциплинарных коммуникаций в интегрированном музыкальном обучении создает огромные возможности в развитии творческих способностей детей, что интегративное обучение определяется формированием в сознании ребенка красивого и неповторимого целостного образа мира посредством красочных видов искусства. Ключевые слова: технология, воспитание, метод, интеграция, творчество, искусство, голос, интонация, музыкально-ритмические движения. Annotation: The article will talk about the fact that one of the important directions of ensuring an increase in the effectiveness of the educational process of Выпуск журнала №-23 Часть–1_ Март –2025 436 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT preschool educational organizations is music, the targeted use of interdisciplinary communication in integrated music sessions creates tremendous opportunities in the development of children's creative abilities, and the formation of a beautiful and unique holistic image of the world. Keywords: Technology, education, method, integration, creative, art, sound, intonation, musical-rhythmic movements. Shaxsga xos asosiy fazilatlar bolaning ilk yoshlaridan boshlab shakllanishini inobatga olgan holda hozirgi zamon maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoni ma’nan boy va har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni izlab topish va amaliyotga tatbiq qilish borasida to‘xtovsiz takomillashib borayotganligi bilan harakterlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishni ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri globallashgan davr axborot oqimlarini faol o‘zlashtirish sharoitda xilma-xil san’at turlari asosida bolalar ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda integratsiyalashgan mashg‘ulotlarni o‘tkazish hisoblanadi. Amaliyot bolalarga berilayotgan ma’lumotlar har doim ham sifatli qabul qilinmayotganligini ko‘rsatmoqda va o‘z-o‘zidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan innovatsion metod va yondashuvlarni ishlab chiqishni dolzarb muammo sifatida kun tartibiga qo‘ymoqda. [4; 15-16b.] Integratsiyalashgan musiqa mashg‘ulotlarida fanlararo aloqalardan maqsadli foydalanish bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ulkan imkoniyatlar yaratadi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, dunyo ta’lim-tarbiya amaliyotida integratsiyalashgan mashg‘ulotlarda fanlararo aloqalardan maqsadli foydalanish juda keng qo‘yilgan. [6; 142-145b.] Tabiiy tarzda har bir pedagog o‘z xususiy metodikasini ishlab chiqish asnosida integratsiyalashgan mashg‘ulotlarga kichik bo‘lsa ham qandaydir yangilik kiritishga harakat qiladi. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va o‘stirishda musiqa, tasviriy san’at, nutq o‘stirish, teatrlashtirish, jismoniy tarbiya faoliyatlarini integratsiyalash qo‘l keladi. Выпуск журнала №-23 Часть–1_ Март –2025 437 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Integratsiya maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim-tarbiyaning o‘ta muhim va istiqbolli metodologik yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Integratsiyalashgan mashg‘ulotlarning bosh maqsadi rang-barang san’at turlari vositasida bola ongida dunyoning go‘zal va betakror yaxlit obrazini shakllantirish bilan belgilanadi. [8; 67-69b.] Ularni samarali qo‘llash uchun quyidagi vositalardan maqsadli foydalanishni tashkil qila bilish talab qilinadi. · tasviriy san’at– rasm (shakl, hajm, proportsiya, poza, umumiy kompozitsiyada turli predmetlar uyg‘unligi) · nutq o‘stirish- ertak, she’r, hikoyalar, suhbat, topishmoqlar, maqollar, hikmatlar, · teatrlashtirish – dramalashtirishning ifodali vositalari: · harakatlar, jestlar, imo-ishoralar, ovoz, intonatsiya, holatlar; · jismoniy tarbiya-gimnastika, musiqiy – ritmik harakatlar, mashqlar Turli yosh guruhlarida tashkil qilinadigan integratsiyalashgan mashg‘ulotlarda amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat turlari o‘sha guruhlardagi bolalarning psixologik, yosh va fiziologik xususiyatlarini to‘la mos bo‘lishi inobatga olinishi o‘ta muhim. [5; 489-494b.] Masalan, kichik yoshidagi bolalar bilan o‘tkazadigan integratsiyalashgan mashg‘ulotlarda quyidagi faoliyat turlaridan kompleks tarzda qo‘llash mumkin: · nutq o’stirish - ertak, she’r, qo’shiq; · jismoniy tarbiya- musiqiy – ritmik harakatlar, mashqlar; O‘rta yoshdagi MTT guruhlarida e’tirof etilayotgan talablar musiqa ham teatrlashtirish hisobiga yanada boyitiladi: • · musiqa – ohang, ritm, uyg’unlik -garmoniya, dinamika, intonatsiya; • · teatrlashtirish - dramalashtirishning ifodali vositalari; • · harakatlar, jestlar, imo-ishoralar, ovoz, intonatsiya, holatlar; Katta yoshdagi MTT guruhlarida o‘tkazadigan integratsiyalashgan mashg‘ulotlarimda e’tirof etilayotgan talablar musiqa, tasviriy san’at, nutq o‘stirish, jismoniy tarbiy
Доказательный фрагмент
«В статье говорится о том, что одним из важнейших направлений обеспечения повышения эффективности учебно-воспитательного процесса в дошкольных образовательных организациях является музыка, целенаправленное использовани…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье говорится о том, что одним из важнейших направлений обеспечения повышения эффективности учебно-воспитательного процесса в дошкольных образовательных организациях является музыка, целенаправленное использовани… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Technology, education, method, integration, creative, art, Texnologiya, ovoz, metod, musiqiy – ritmik harakatlar., ijodiy, san’at, ta’lim-tarbiya, intonatsiya, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014