Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TERGOV FAOLIYATIDA INSON HUQUQLARI KAFOLATLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Maqolada surishtiruvchi va tergovchilar tomonidan ayblanuvchining aybsizligi prezumpsiyasi prinsipining umumiy qoidalari tergovchining kasbiy huquqiy ongi bilan bog‘liqligi, shuningdek tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonida tergovchining kasbiy huquqiy ongining buzilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, mavjud muammolar ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: aybsizlik prezumpsiyasi, huquqiy xabardorlik, tergovchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi. Аннотатсия. В стате рассматривается взаимосвяз общих положений принципа презумпсии невиновности обвиняемого дознавателем и следователем и профессионалного правосознания следователя, а также факторы и существующие проблемы, влияющие на нарушение профессионалного правосознания следователя при осуществлении следственных действий. Ключевые слова: презумпсия невиновности, правосознание, следовател, подозреваемый, обвиняемый. Annotation. The article examines the relationship between the general provisions of the principle of the presumption of innocence of the accused by the inquiry officer and investigators and the investigator's professional legal awareness, as well as the factors and existing problems that affect the violation of the investigator's professional legal awareness during the implementation of investigative actions. Keywords: presumption of innocence, legal awareness, investigator, suspect, accused. Выпуск журнала №-23 Часть–1_ Март –2025 462 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Yangi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasidayoq O‘zbekistonni insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, qonun ustuvorligi bilan boshqariladigan davlat deb e’lon qildi va shu bilan butun jahon umuminsoniy va davlat-huquqiy qadriyatlarning alohida ahamiyati va ustuvorligini ta’kidladi. Bosh Qomusimizning 30 dan ortiq moddalari bevosita inson huquq va erkinliklariga bag‘ishlangan hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha prinsipial qoidalarini o‘zida mujassam etgan. 2023 yil 30 iyun kuniagi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni bilan Konstitutsiyaning tegishli moddalaridagi tuzatishlarda ham “Miranda qoidasi”, “Xabeas korpus” instituti va boshqa inson huquqlari bilan bog‘liq masalalarni konstitutsiyaviy norma darajasida belgilab qo‘yilishi ham bejiz emas, albatta1. Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qilish, jinoyat protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligini yanada takomillashtirish, qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy prinsiplarni ro‘yobga chiqarish maqsadida 2017 yil 30 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud – tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5268-sonli Farmoni qabul qilindi. shu munosabat bilan aybsizlik prezumpsiyasi tamoyilini amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqaro hamjamiyati tomonidan tan olingan aybsizlik prezumpsiyasi nafaqat rasmiy xarakterga ega bo‘lgan, balki davlatni huquqiy tartibga solishda alohida maqomga ega bo‘lgan jinoyat protsessining prinsipi sifatida qaraladi. Shaxsni asossiz ayblovlar va jinoiy ta’qiblardan himoya qilishni ta’minlashning eng muhim kafolatlaridan biri bo‘lgan aybsizlik prezumpsiyasi, yangi ijtimoiy huquqiy ongni 1 https://www.gazeta.uz/uz/2022/06/22/constitutional-reform/ Выпуск журнала №-23 Часть–1_ Март –2025 463 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT shakllantirishda richag rolini o‘ynaydi. Aybsizlik prezumpsiyasi va uni amalda to‘g‘ri, samarali qo‘llash masalasi har bir insonning hokimiyat va erkinlik holatidagi tushunchasi, yangi huquqiy ongning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi – qonun va davlat tomonidan himoya qilinadigan huquqiy ong bilan chambarchas bog‘liq. Dastlabki tergov jarayonida aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga rioya qilmaslik jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzilishiga olib keladi, tergov organlari, prokuratura va sudning vakolatiga putur еtkazadi, natijada ijtimoiy tarafkashlik, jamiyatda qonunga va davlatga nisbatan fuqarolar tomonidan ishonchsizlik bildiriladi. Jinoyatlarni issiq izidan tez va to‘liq ochish, jinoyat sodir qilgan shaxslarni aniqlash va ularning jinoiy qilmishlarini fosh qilish, qonunni to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash, jinoyat sodir etgan har bir shaxsni adolatli jazolash, birorta ham begunoh odamni noqonuniy javobgarlikka tortmaslik – bularning barchasi jinoyat protsessining eng muhim vazifalari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 23-moddasida “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlang
Доказательный фрагмент
«Maqolada surishtiruvchi va tergovchilar tomonidan ayblanuvchining aybsizligi prezumpsiyasi prinsipining umumiy qoidalari tergovchining kasbiy huquqiy ongi bilan bog‘liqligi, shuningdek tergov harakatlarini amalga oshi…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada surishtiruvchi va tergovchilar tomonidan ayblanuvchining aybsizligi prezumpsiyasi prinsipining umumiy qoidalari tergovchining kasbiy huquqiy ongi bilan bog‘liqligi, shuningdek tergov harakatlarini amalga oshi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- presumption of innocence, legal awareness, investigator, suspect, gumon qilinuvchi, aybsizlik prezumpsiyasi, huquqiy xabardorlik, ayblanuvchi., tergovchi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025