К содержанию
РецензированоUZ2025

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO HUQUQ NORMALARINI YARATISHDAGI ISHTIROKI

NORMALARINI YARATISHDAGI ISHTIROKI · Boboyorov Jasur Marat o‘g‘li

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Maqolada xalqaru huquq, xalqaro huquq normalariga tushincha berilgan bo`lib, hamda O`zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi ishtiroki birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutqlari xalqaro huquq to`grisida bildirgan fikrlari va Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Jeneva shahrida so`zlagan nutqlari bergan taklif va rejalari hamda Oliy majlis inson huquqlari raisi Akmal Saidovning ham fikr va mulohazalari yoritilgan. Kalit so`zlar: xalqaro huquq, norma , konvensiya , xalqaro tashkilotlar, imperative, mintaqa, universal Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» yuzasidan qilgan ma’ruzasida shunday degan edi: «Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda1 . XXI asr insoniyat jamiyati hayotining baynalminallashuvidek tarixiy qonuniyatning kuchayish harakati bilan ajralib turadi. Davlat chegaralarining mavjudligi va har xilligiga qaramay, yagona xalqaro jamiyatda mamlakatlarning o‘zaro aloqalari o‘sib bormoqda. Xalqaro Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 34 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT munosabatlar nafaqat davlatlar hayotiga, balki har bir alohida odamga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro munosabatlar tizimi huquqning muayyan sohasi xalqaro huquq bilan tartibga solinadi. U ko‘p yoki oz darajada davlatlarning, jismoniy va yuridik shaxslarning turli-tuman aloqalariga ta’sir qiladi. Xalqaro huquqning milliy huquq va davlat ichki hayotiga ham ta’siri kuchaymoqda. Shu bois, xalqaro huquqni bilish nafaqat xalqaro munosabatlar bilan bevosita shug‘ullanuvchi mutaxassislar, balki jahon siyosati va iqtisodiyotida, tadbirkorlikda yo‘l topish, oddiy fuqarolar va sayyohlar uchun ham ancha ahamiyatli bo‘lib bormoqda. Xalqaro huquq normalari asta-sekin milliy huquqiy tizimning bir qismiga aylanib bormoqda, uning asoslarini bilish jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z huquqlarini mamlakat ichida himoya qilishlari uchun zarurdir. Afsuski, xalqaro huquqiy bilimlar darajasi nihoyatda past. Turli davlatlarning huquqni amalga oshiruvchi organlari milliy huquqiy tizimda xalqaro normalarning yangi vazifasiga tayyor emasligini alohida ta’kidlash lozim. Xalqaro huquqiy sohada tayyorgarlikning past darajadaligi aksariyat mamlakatlarning yuristlari uchun xosdir. O‘zbekistonda ham bu muammo dolzarb bo‘lib turibdi. Yuridik oliy o‘quv yurtlarida xalqaro huquq kursi asosan umumiy ta’lim sifatida o‘qitilar edi. Boshqa yuridik fanlar o‘qitilayotganda, muayyan huquq sohasining xalqaro huquq bilan bog‘liqligi amalda e’tiborga olinmas edi. Shuning uchun milliy huquqning xalqaro huquq bilan o‘zaro aloqasi masalalarini yorituvchi o‘quv adabiyotlarini tayyorlash hozir juda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, asosiy e’tiborni amaliyotchi yuristlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan, masalan, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro jinoyat huquqi va boshqa xalqaro huquq sohalariga qaratish maqsadga muvofiqdir. Barcha yuristlarni juda murakkab, ko‘p sohali tizimga aylangan xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassisga aylantirish masalasini qo‘yish xayoliy bo‘lib qolardi. Bugun hatto xalqaro yurist ham xalqaro huquqning hamma sohasi bo‘yicha mutaxassis bo‘la olmaydi. Shuning uchun bizning vazifamiz shundan iboratki, milliy huquq sohasi mutaxassislariga muayyan masalalarni hal qilishga imkon beradigan tegishli manbalarni topishda va boshqalarda xalqaro huquq asoslarini bilishlari uchun ko‘maklashishdir. Shuningdek, ta’kidlash zarurki, hatto xalqaro huquqning alohida sohasini mufassal bilish ham, nazariy jihatdan asossiz Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 35 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bo‘lib, uni to‘g‘ri tushunishni kafolatlamaydi. Shu bois, ushbu ma’ruzalar kursida muayyan sohada yo‘l topish uchun zarur bo‘lgan umumiy va maxsus qismlariga alohida e’tibor berilgan. Xalqaro huquqning o‘ziga xos tabiatini bilib olgach, uning u yoki bu sohasini qiyinchiliksiz o‘zlashtirish, umumiy prinsiplar bilan sohaga oid normalarning o‘zaro aloqasini hisobga olish, yangi hodisalarda yo‘l topish mumkin. Ko‘p yillar davomida «Xalqaro huquq» kursi umumiy ta’lim xususiyatiga ega bo‘lib, ichki huquq doirasida band bo‘lgan amaliyotchi yuristlar faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq emas edi. Endilikda xalqaro huquq har qanday ixtisoslikdagi yurist uchun alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun xalqaro huquqqa amaliy nuqtai nazardan qarash, uni o‘rganish va o‘qitish tobora katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Доказательный фрагмент

«Maqolada xalqaru huquq, xalqaro huquq normalariga tushincha berilgan bo`lib, hamda O`zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi ishtiroki birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutqlari xalqaro hu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada xalqaru huquq, xalqaro huquq normalariga tushincha berilgan bo`lib, hamda O`zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi ishtiroki birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutqlari xalqaro hu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
konvensiya, norma, xalqaro huquq, xalqaro tashkilotlar, mintaqa, universal, imperative
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники