Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALARNI YETUK SHAXS SIFATIDA TARBIYALASHDA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
Raximberdiyeva Mehriniso Xosilbek qizi · Ajiniyoz nomidagi NDPIning Pedogogika
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article covers the theoretical and practical aspects of psychological approaches in raising children as mature individuals. Based on the theories of such scientists as Z. Freud, E. Erikson, L.S. Vygotsky, as well as humanistic and cognitive-psychological approaches, the issues of developing a child's personal potential were analyzed. The article also provides practical recommendations. Keywords: child-rearing, personality development, psychological approach, humanistic psychology, social environment, mature personality, emotional development ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ВОСПИТАНИЮ ДЕТЕЙ КАК ЗРЕЛЫХ ЛИЧНОСТЕЙ Аннотация. В данной статье освещены теоретические и практические аспекты психологических подходов в воспитании детей как зрелых личностей. На основе теорий таких ученых, как З. Фрейд, Э. Эриксон, Л.С. Выготский, а также гуманистического и когнитивно-психологического подходов проанализированы вопросы развития личностного потенциала у ребенка. В статье также даны практические рекомендации. Ключевые слова: воспитание ребенка, развитие личности, психологический подход, гуманистическая психология, социальная среда, зрелая личность, эмоциональное развитие. Bugungi globallashuv, axborot tezligi va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar zamonida shaxs tarbiyasi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bolalik davridan boshlab yetuk, masʼuliyatli, mustaqil fikrlovchi va barqaror ijtimoiy munosabatlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirishda psixologik yondashuvlar muhim o‘rin tutadi. Psixologiya fanida shaxs rivojiga oid turli nazariyalar mavjud bo‘lib, ular bolalarni tarbiyalash jarayonida samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Psixologiyada bolani shaxs sifatida tarbiyalash masalasi ko‘p jihatdan quyidagi nazariyalar asosida talqin qilinadi: Z. Freydning psixoanalitik yondashuvi – bola shaxsi ongsiz jarayonlar asosida shakllanadi, ilk bolalikdagi psixoseksual bosqichlar tarbiyaga taʼsir ko‘rsatadi [1]. 1 52 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ E. Eriksonning psixosotsial rivojlanish nazariyasi – bola har bir rivojlanish bosqichida ijtimoiy muammolarni hal qilish orqali shaxs sifatida shakllanadi. Masalan, 3–6 yoshdagi bolalarda tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash muhim [2]. J. Piajening kognitiv rivojlanish nazariyasi – bola aqliy rivojlanish bosqichlaridan o‘tib, muammoni hal qilish, mantiqiy fikrlashni o‘zlashtiradi. Bu esa yetuk shaxsga xos xususiyatdir [3]. L.S. Vygotskiyning madaniy-tarixiy nazariyasi – bola rivojida ijtimoiy muhit, oila va maktab muhim omillardan biridir. "Yaqin rivojlanish zonasi" tushunchasi asosida bola mustaqil fikrlovchi shaxsga aylanishi mumkin [4]. Bugungi kunda bolani yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda quyidagi psixologik yondashuvlar keng qo‘llanilmoqda: Gumanistik psixologiya (A. Maslou, K. Rojers) – bolada ichki salohiyatni ochish, o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bunda bolaga shart qo‘yilmasdan mehr va qabul muhitida o‘sish imkoniyati yaratiladi [5]. Pozitiv psixologiya (M. Seligman) – bolaning kuchli jihatlariga eʼtibor qaratish, ijobiy emotsiyalarni shakllantirish, hayotdan ma’no izlash orqali shaxsiy yetuklik rivojlanadi. Kognitiv–behavioral yondashuv – bolada noto‘g‘ri fikrlash va xatti-harakatlarni tuzatish, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda foydali [6]. Bolalarni yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda quyidagi psixologik yondashuvlardan amaliyotda foydalanish tavsiya etiladi: Tarbiyaviy suhbatlarda bolaning fikriga hurmat bilan qarash, ularni eshitish; Ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan shaxsiy namunaviy xatti-harakat ko‘rsatish; Bolada mustaqil qaror qabul qilishga imkon yaratish, tanlov huquqini berish; Emotsional muvozanat, o‘z-o‘zini anglash va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi treninglar, o‘yinlar tashkil qilish; Har bir bolaga individual yondashuv asosida uning qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish. Bolalarni yetuk shaxs sifatida tarbiyalash murakkab va uzluksiz jarayon bo‘lib, bunda psixologik yondashuvlar muhim o‘rin egallaydi. Turli nazariyalar va zamonaviy metodlar orqali bolada mustaqillik, ijtimoiy javobgarlik, o‘ziga ishonch va ichki intizom kabi sifatlarni rivojlantirish mumkin. Bola tarbiyasida faqat taʼlim emas, balki uning emotsional holati, ijtimoiy muhit va psixologik ehtiyojlarini ham e’tiborga olish zarur. XXI asr – axborot, texnologiyalar va tezkor ijtimoiy o‘zgarishlar davri. Bunday sharoitda jamiyatga moslasha oladigan, mustaqil fikrlovchi, barqaror emotsional holatga ega, ijtimoiy mas’uliyatni his eta oladigan yetuk shaxslar zarur. Shuning uchun ham bola tarbiyasiga psixologik yondashuvlar orqali qarash hozirgi zamonda muhim ilmiy va amaliy masalaga aylangan. Bolani yetuk shaxs sifatida shakllantirish faqatgina bilim berish emas, balki uning ichki dunyosi, ehtiyojlari, hissiyotlari, qiziqishlari, ijtimoiy tajribasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Psix
Доказательный фрагмент
«This article covers the theoretical and practical aspects of psychological approaches in raising children as mature individuals.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article covers the theoretical and practical aspects of psychological approaches in raising children as mature individuals. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- child-rearing, personality development, psychological approach, humanistic, shaxs rivoji, emotsional rivojlanish., bola tarbiyasi, gumanistik psixologiya, ijtimoiy muhit, yetuk shaxs, psixologik yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025