Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONDOSHLARINING MAQSUD SHAYXZODA TO‘G‘RISIDAGI FIKR VA MULOHAZALARI
VA MULOHAZALARI
Современное образование и развитие · 1908
Аннотация
Maqsud Shayxzoda o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos ijodiy yo‘li va boy merosi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkorlardan biridir. Ozarbayjonning Oqtosh shahrida ziyoli oilada dunyoga kelib, taqdir taqozosi bilan uning hayoti va ijodi O‘zbekiston bilan bog‘lanadi. Ushbu maqolada, serqirra ijodkor, ikki xalqning chinakam dilbandi bo‘lgan va ozar va o‘zbek adabiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkor Maqsud Shayxzoda faoliyati va ijodi haqida fikr va mulohazalar qilinadi. Kalit so’zlar: Maqsud Shayxzoda, o’zbek adabiyoti, serqirra ijodkor, tarjima asarlar,ziyoli,taqdir taqozosi,dilbandi,merosi,ijodi, ta’lim, tarjimonlik. Maqsud Shayxzoda 1908-yil 7-noyabrda Ozarbayjonning Oqtosh shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Uning otasi Ma’sumbek nafaqat shifokor, balki ilm-fan va adabiyotga ham chuqur mehr qo‘ygan kishi bo‘lib, oilada ilmiy va badiiy muhit shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. Yosh Shayxzoda oilasidagi bu ma’rifatli muhit ta’sirida shakllandi. Shoirning otasi Ma’sumbek bolalarning estetik zavqi va she’riyatiga nisbatan havasini tarbiyalashga katta ahamiyat berar, hech erinmay bolalari bilan o‘zi shug‘illanar edi. Buni shoir shunday xotirlaydi: “Meni otam rahmatli o‘z zamonasining ilg‘or ziyolisi, doktori edi, odatda, bolalarga she’r o‘qib berar va keyincha ayrim so‘zlarni aytib berib, shu so‘zga mos qofiya topishni bizlardan so‘rar edi. Qofiya ham vazn ohangiga qulog‘im o‘rganib ketib, men besh yasharligimda 8-10 misradan iborat bir masal to‘qiganim esimda. Albatta, muayyan fikr va sujetdan holi bo‘lgan bu masal “bo‘ri bilan olmaxon’’ haqida to‘qilgan edi. Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 70 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Harqalay she’rga muhabbat umrimning ilk yillaridan boshlab qonimga, qalbimga, fikrimga singib ketganini jur’at bilan ayta olaman. Pushkin, Lermontov, Shekspir, Balzak, Firdavsiy va Navoiy asarlarini o‘qib ulg‘aydi. U yoshlik yillarida ilm olishga ishtiyoqi baland bo‘lib, Boku Oliy pedagogika institutida tahsil oldi. Uning mehnat faoliyati esa Dog‘istonda boshlanib, u yerda muallimlik, jurnalistika va adabiy faoliyat bilan shug‘ullandi. Ammo, Maqsud Shayxzodaning hayot yo‘li osoyishta bir tekisda kechmadi. U 1927-yilda millatchilikda ayblanib, qamaldi va 3 yil surgun jazosiga Toshkentga jo‘natiladi. 1928-yilda Toshkentga keladi va uzoq vaqtdan so‘ng ozodlikka chiqadi. Toshkentda yaxshi va insofli odamlar bilan inoqlashdi. So‘ngra o‘zbek tilini o‘rganadi va o‘zbek tilida ijod qila boshlaydi. Tez orada o‘zbek adabiy hayotining faol ishtirokchisiga aylandi. Yaqin o‘n yil ichida qator she’riy to‘plamlari nashr ettirib, el og‘ziga tushd. “Domla Shayxzoda’’, “Shayx aka’’ shoir va olim sifatida e’zozlandi. U dastlab turli gazeta va jurnallarda ishladi, keyinchalik esa Fanlar Qo‘mitasining Til va adabiyot institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritdi. U adabiyotga yangicha nazar bilan qarar, zamonaviy she’riyatga o‘ziga xos ovoz olib kirgan ijodkor edi. Shayxzoda o‘zbek mumtoz adabiyotini chuqur o‘rganib, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodiy merosini ilmiy jihatdan tadqiq etdi. Uning ilmiy ishlari filologiya sohasida ham muhim o‘rin tutadi. 1935-1938 yillarda Fanlar Qo‘mitasi qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim sifatida ishladi. 1938-yildan umrining so‘ngiga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining “O‘zbek mumtoz adabiyoti” kafedrasida dotsent lavozimida xizmat qilib, malakali kadrlar yetishtirishga o‘z hissasini qo‘shdi. Shayxzodaning adabiy faoliyati 1930-1940-yillar mobaynida birin-ketin uning dastlabki she’riy to‘plamlari –“Loyiq soqchi’’(1931), “O‘n she’r” (1932), “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934) va “Jumhuriyat” (1935), ‘‘Yangi devon’’(1936) she’riy to‘plamlari adabiyotga o‘ziga xos ovozga ega bo‘lgan shoir kirib kelayotganidan darak berdi. Shoirning ijodi mustahkam milliy ruh, Vatanga bo‘lgan sadoqat va insoniy qadriyatlarga chuqur hurmat bilan yo‘g‘rilgan edi. “Maqsud Shayxzodaning she’riyat olami benihoya sertafakkur, mushohadalari teran, tuyg‘ulari samimiy, u chindan ham mutafakkir shoir va olim. Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 71 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Uning asarlarida badiiylik bilan ilmiy tafakkur tabiiy ravishda uyg‘unlashgan. U zamonamizning atoqli so‘z san’atkori’’ deya ta’rif bergan edi. (Oybek) Meni aka deydilar. Qo‘shiqlarda olishuvlarda, Jangnomada va ashulada. O‘tib ketdi yoshlik yillari, Ko‘p hikmatlar yig‘dim kallada. Kechdim shunday umr cho‘lini, Sakrab ketdim chorak asrdan. Yaqinlashdi o‘ttizga hayot, To‘ymadim men nozli she’rdan. “Taqdir Maqsudni minglab tengqurlari singari hayot dengizining asov to‘lqinlari qa’riga tashladi. U ba’zan dengizning quturgan to‘lqinlariga qarshi tik borar, ba’zan esa, Sa’diy aytganidek, yuragini sokin mavjlar ixtiyoriga topshirar edi. Yigirma yoshida bu to‘lqinlar uni qardosh O‘zbekiston tuprog‘iga keltirdi. Buyuk Ulug‘bekning, Navoiyning muqaddas vatani Maqsudni o‘z farzandidek mehribon quchog‘iga oldi va uning ulkan shoirlik iste’dodiga qo‘sh qanot baxsh etdi. Maqsud
Доказательный фрагмент
«Maqsud Shayxzoda o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos ijodiy yo‘li va boy merosi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkorlardan biridir.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqsud Shayxzoda o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos ijodiy yo‘li va boy merosi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkorlardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarjimonlik., ta’lim, Maqsud Shayxzoda, merosi, tarjima asarlar, serqirra ijodkor, ijodi, taqdir taqozosi, o’zbek adabiyoti, dilbandi, ziyoli
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025