Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA MAVJUD IBORALARNING QIYOSIY TAHLILI
QIYOSIY TAHLILI · Karabayeva J. A.
Современное образование и развитие · 8 · 112-130 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek tili iboralari va ularning ingliz tilidagi muqobillari tahlil qilinadi. Iboralar har bir xalqning madaniyati va dunyoqarashini aks ettiruvchi muhim til birliklari bo‘lib, ularning tarjimasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki kontekst va ma’no jihatidan ekvivalent topish orqali amalga oshiriladi. Maqolada aql, holat, hissiyot, boylik va kambag‘allik, shuningdek, insonning shaxsiy xususiyatlariga oid o‘zbekcha iboralar va ularning ingliz tilidagi eng yaqin ma’no jihatidan mos keluvchi variantlari keltirilgan. Natijada, ikki til o‘rtasidagi iboraviy mosliklar va ularning semantik jihatlari yoritiladi. Ushbu tadqiqot tarjimonlar, lingvistlar va til o‘rganayotganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Tayanch so‘zlar: iboralar (frazeologizmlar), ma’no muqobilligi, tarjima, kontekst, semantika, madaniyatlararo aloqa, til va nutq, ingliz va o‘zbek tillari, ekvivalentlik, lingvistik tadqiqot. Kirish. Til – xalq tafakkuri va madaniyatining aksidir. Iboralar esa milliy mentalitet, tarix va hayot tajribasini ifodalovchi muhim til birliklaridan biri hisoblanadi. Har bir xalqning iboralari o‘ziga xos bo‘lsa-da, ayrim iboralar turli tillarda ma’no va shakl jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Ushbu tadqiqot O‘zbek va Ingliz tillarida mavjud o‘xshash va yaqin ma’noli iboralarni qiyosiy o‘rganishga, ularning semantik va lingvistik o‘ziga xosliklarini tahlil qilishga qaratilgan. Shu sababli, iboralarni o‘rganish oddiy so‘zlarni o‘zlashtirishdan farqli ravishda, tilning chuqur qatlamlarini anglashni talab qiladi. Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 125 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ahamiyatli tomoni shundaki, tilni chuqurroq o‘rganish – iboralarni bilish, til egalarining nutqini yaxshiroq tushunish va tabiiy gapirish imkonini beradi. Madaniyatlararo muloqotda esa har bir til o‘ziga xos iboralarga ega bo‘lib, ularni tushunish boshqa xalqlarning dunyoqarashini bilishga yordam beradi. Badiiy va ilmiy tarjimada iboralar qiyinchilik tug‘diradi, chunki ularni so‘zma-so‘z emas, ma’no jihatidan mos tarzda tarjima qilish talab etiladi. Nutqni jonlantirish va ta’sirchan qilish uchun iboralar nutqni yanada boy va ifodali qiladi, ta’sirchanlikni oshiradi. Bundn tashqari ular tilshunoslikda metaforalar, semantik maydonlar va mental xaritalarni o‘rganishda muhim hisoblanadi. Hozirgi globallashuv sharoitida til va madaniyatlararo kommunikatsiya muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli xalqlar bilan muloqotda iboralarni tushunish va ularni to‘g‘ri qo‘llash til o‘rganuvchilar, tarjimonlar, diplomatlar va jurnalistlar uchun zarurdir. Ayniqsa, ingliz va o‘zbek tilidagi iboralarni o‘rganish xalqaro aloqalarni rivojlantirish, madaniy tafovutlarni bartaraf etish hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishda katta rol o‘ynaydi. Umuman olganda, iboralarni o‘rganish nafaqat lingvistik bilimni oshiradi, balki insonning madaniy dunyoqarashini ham boyitadi. O‘zbek va Ingliz tillarida uchraydigan iboralar ba’zan shaklan yoki ma’nosi o‘xshash bo‘ladi. Bunday holatlar uch asosiy omil bilan bog‘liq: 1. Umumiy insoniy tajriba – har ikkala tilda ham atrof-muhit, tabiat, inson psixologiyasi kabi umumiy tushunchalar mavjud. 2. Madaniy va tarixiy aloqalar – turli xalqlarning o‘zaro ta’siri natijasida ba’zi iboralar bir-biriga mos kelishi mumkin. 3. Tasodifiy o‘xshashlik – ba’zi iboralar mustaqil ravishda bir-biriga o‘xshash shaklda rivojlangan bo‘lishi mumkin. O‘xshash va yaqin ma’noli iboralarni quyidagi mezonlar asosida tahlil qilish mumkin: 1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshash iboralar guruhiga ikkala tilda ham shaklan va ma’nosi deyarli bir xil bo‘lgan iboralar kiradi. Masalan: "Yetti o‘lchab, bir kes" → "Measure seven times, cut once" (Ikkala tilda ham qaror qabul qilishdan oldin yaxshilab o‘ylash kerakligi ta’kidlanadi.). "Ko‘r-ko‘rona ergashmoq" → "Follow Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 126 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT blindly" (Har ikkala tilda ham hech qanday tahlil va mustaqil fikrlashsiz taqlid qilishni anglatadi.). "It xurar, karvon o'tar" iborasining ingliz tilidagi ekvivalenti: "The dogs bark, but the caravan moves on." Bu ibora tanqid yoki to‘siqlarga qaramay, ish davom etishini ifodalaydi. 2. Ma’no jihatidan o‘xshash, lekin shaklan farqli iboralar guruhiga esa shaklan farqli, lekin ma’no jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lgan iboralar kiradi. Masalan: "Suvga tushgan mushukday" → "Like a drowned rat" (Nam yoki ho‘l bo‘lib, yomon ahvolda bo‘lishni bildiradi.). "Dumini qisib qochmoq" → "With tail between legs" (Kimdir mag‘lubiyat yoki uyatli vaziyatda qochib ketgan holatni bildiradi.). "Oltin bosh – loyqa oyoq" → "Even Homer sometimes nods" (Buyuk odamlar ham xato qilishi mumkin.) "Yog' tushsa, yalagudek" iborasining ingliz tilidagi ekvivalenti: "Neat as a pin." – Juda ozoda, toza joy uchun ishlatiladi. "Spick and span." – Juda toza va tartibli degan ma’noni anglatadi. Agar ibora maqtov sifatida ishlatilsa, "Spotlessly clean" yoki "Immaculate" ham mos kelishi mumkin. 3. Bir-biriga yaqin, lekin to‘liq mos kelmaydigan iboralar
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘zbek tili iboralari va ularning ingliz tilidagi muqobillari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘zbek tili iboralari va ularning ingliz tilidagi muqobillari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekvivalentlik, kontekst, semantika, iboralar (frazeologizmlar), til va nutq, ingliz va o‘zbek tillari, lingvistik tadqiqot., madaniyatlararo aloqa, ma’no muqobilligi, tarjima
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025