К содержанию
РецензированоRU2026

MATEMATIKANING IQTISODIY MODELLARDAGI O‘RNI: NASH MUVOZANATI VA O‘YIN NAZARIYASI

XAVFMI YOKI IMKONIYAT? · Toshpo‘lotova Jasmina Nuriddin qizi · Abduraxmanova Nozima Akbar qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

В статье анализируются возможности формирования критического мышления учащихся на основе контента, создаваемого искусственным интеллектом (ИИ). Исследование научно обосновывает, что контент на основе ИИ как образовательный инструмент может побуждать учащихся активно мыслить, задавать вопросы, сомневаться и предлагать альтернативные идеи. Ключевые слова. Искусственный интеллект, критическое мышление, контент ИИ, образовательные инновации, методология, информационная грамотность, современные образовательные инструменты. Sunʼiy intellekt texnologiyalarining taʼlim sohasiga kirib kelishi pedagogik yondashuvlarga tubdan yangilik olib kirmoqda. Xususan, sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan kontent — dars materiallari, topshiriqlar, matnlar, 112 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference misollar va hatto esse namunalarining paydo bo‘lishi o‘quv jarayonining shakl va uslublarini o‘zgartirmoqda. Bu holat o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga nafaqat qulaylik, balki muayyan xavf-xatarlarni ham olib kirayotgani e’tiborni tortmoqda. Bunday kontentlar yuzasidan yuzaga kelgan eng muhim savollardan biri shuki: AI tomonidan tayyorlangan, odatda chuqur mantiqiy tahlil va insoniy hissiyotlardan xoli bo‘lgan mazmun, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Ularni mustaqil fikr yuritishga undaydimi yoki ularda tayyor javoblarga ko‘nikish, aqliy inertsiyaga berilish holatlarini kuchaytiradimi? Zamonaviy taʼlimda tanqidiy fikrlash o‘quvchining eng muhim kompetensiyalaridan biri sifatida qaralmoqda. Biroq, texnologik vositalar, ayniqsa, sunʼiy intellekt asosida avtomatik tarzda yaratilgan materiallar o‘quvchilarda bu ko‘nikmani shakllantiradimi yoki uni bo‘g‘adimi, degan masala hanuz ochiq qolmoqda. Bir tomondan, AI vositalari orqali yaratilgan kontentlar o‘quvchilarni turli nuqtai nazarlardan baholashga, noto‘g‘ri yoki yuzaki ma’lumotlarni aniqlashga, haqiqatni izlashga undashi mumkin. Bu esa tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Boshqa tomondan, tayyor kontentga to‘liq ishonish, uni tahlilsiz qabul qilish va fikr bildirishga ehtiyoj sezmaslik tanqidiy yondashuvni zaiflashtirishi mumkin. Ushbu maqolada aynan shu ziddiyatli holat — sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan kontentning o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashiga ta’siri o‘rganiladi. Muammo ikki qirrali: AI kontenti vosita sifatida imkoniyatmi yoki nazoratsiz taqdim etilsa — xavfmi? Bu savolga javob topish uchun amaliy misollar, psixologik-pedagogik yondashuvlar va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Maqola nafaqat bu muammoga ilmiy yondashuvni taklif qiladi, balki AI bilan tanqidiy fikrlashni uyg‘unlashtirishga qaratilgan yechimlar izlaydi. Sunʼiy intellekt (AI) va tanqidiy fikrlash o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar zamonaviy pedagogika va taʼlim texnologiyalarida eng dolzarb muammolardan biri sifatida baholanmoqda. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida olib borilgan ilmiy izlanishlar, xususan Paul D. Howe (2021), Linda B. Nilson (2020) va OECD (2022) tomonidan eʼlon qilingan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, AI vositalarining o‘quv jarayonidagi keng qo‘llanilishi o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, axborotni tahlil qilish va baholash ko‘nikmalariga bevosita taʼsir ko‘rsatmoqda. Howe (2021) o‘z tadqiqotida sunʼiy intellektga asoslangan matn generatorlari, jumladan, GPT modeliga o‘xshash tizimlar yordamida yaratilgan kontentlar o‘quvchilarni turli mavzularda fikr yuritishga, matnlar ustida tahliliy ishlashga undashi mumkinligini qayd etadi. Biroq, bu faqat o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri yo‘naltirilgan va nazorat ostidagi faoliyat bo‘lsa, samara beradi. Aks holda, 113 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference o‘quvchi sunʼiy kontentni haqiqat deb qabul qilishi, tanqidiy yondashuvni chetga surishi mumkin. Linda B. Nilson (2020) esa o‘zining “Teaching at Its Best” nomli asarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar haqida to‘xtalar ekan, AI vositalari o‘quvchiga tanlov, tahlil va qaror qabul qilish imkoniyatini bersa, bu ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, ammo tayyor bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilsa — bu o‘quvchida “fikrlash o‘rniga qabul qilish” tendensiyasini kuchaytirishini taʼkidlaydi. OECD (2022) tomonidan chop etilgan “AI and the Future of Skills” nomli hisobotda esa taʼlimda AI vositalarining ta’siri chuqur tahlil qilingan. Sunʼiy intellekt vositalarining taʼlim jarayoniga kirib kelishi o‘quvchilarning bilim olish usullarini tubdan o‘zgartirib, ayniqsa, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini anglash, ushbu tadqiqotning asosiy maqsadini belgiladi. Shu sababli, ushbu ilmiy izlanish doirasida tanqidiy fikrlash va sunʼiy intellekt kontenti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqur va kompleks tarzda o‘rganishga qaratilgan metodologik yondashuv ishlab chiqildi. Tadqiqot dizayni zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos yondashuv — aralash metod (mixed method) asosida qurildi. Ya’ni, unda sifat (qua

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются возможности формирования критического мышления учащихся на основе контента, создаваемого искусственным интеллектом (ИИ).»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются возможности формирования критического мышления учащихся на основе контента, создаваемого искусственным интеллектом (ИИ). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Artificial intelligence, critical thinking, AI content, educational, o‘yin nazariyasi, iqtisodiy tahlil, raqobat, Nash muvozanati, iqtisodiy modellar, hamkorlik, optimallik, iqtisodiy strategiyalar., Matematika, strategik qarorlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники