К содержанию
РецензированоRU2025

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ILMIY MEROSIDA SHEʼRIYAT

Marjona Toshpo‘lotova Nuriddin qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье анализируется, как поэзия Бабура обладает более глубокой и вечной литературной ценностью по сравнению с его правлением. Подчеркивается, что в его газелях отражены универсальные понятия, такие как человечность, патриотизм, любовь и преданность истине. Кроме того, рассматриваются художественные особенности лирики Бабура, в частности использование антитезы и соразмерности как выразительных средств. Ключевые слова. литературная ценность, газель, художественный анализ, патриотизм, лирика, философский дух, антитеза, соразмерность. Annotation. This article analyzes how Babur’s poetry holds a deeper and more eternal literary value compared to his rulership. It highlights how his ghazals reflect universal concepts such as humanity, patriotism, love, and devotion to truth. Additionally, the article examines the artistic features of Babur’s lyrics, particularly the use of contrast and proportion as expressive means. Keywords. literary value, ghazal, artistic analysis, patriotism, lyrics, philosophical spirit, contrast, proportion. Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 324 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Boburning ilmiy merosi asosan uning adabiy, tarixiy va musiqa nazariyasiga oid asarlarida namoyon bo‘ladi. Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk shoir va sarkarda, balki ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida ham tarixda chuqur iz qoldirgan. “Boburnoma” (tarixiy-ilmiy asar) - bu asar nafaqat avtobiografik xotiralar, balki tarixiy, geografik, etnografik va harbiy bilimlarni o‘z ichiga olgan noyob manbadir. Unda Hindiston, Movarounnahr, Afg‘oniston va boshqa hududlarning tabiati, xalqlari, urf-odatlari, siyosiy va harbiy hayoti haqida ilmiy kuzatishlar mavjud. Bobur o‘zbek tilida ijod qilgan va bu tilning rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning she’riyati va adabiy-estetik qarashlari turkiy tillarning ilmiy o‘rganilishiga asos bo‘ldi. Bobur Hindiston madaniyatiga katta qiziqish bilan yondashgan va u yerning musiqa san’ati haqida ham qimmatli ma’lumotlar bergan. Uning musiqaga oid qarashlari G‘arb va Sharq musiqa madaniyatini o‘zaro taqqoslash imkonini beradi. “Boburnoma”da Hindiston va Markaziy Osiyo tabiati, iqlimi, daryolari, tog‘lari, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida ilmiy kuzatishlar bor. U o‘z davrida geografiya va tabiiy fanlarni rivojlantirishga hissa qo‘shgan. Bobur o‘z asarlarida harbiy san’at va davlat boshqaruvi haqida ilmiy fikrlarni ilgari surgan. Uning jang taktikalari va siyosiy qarashlari keyingi hukmdorlar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan. Boburning ilmiy merosi bugungi kunda ham tarixchilar, adabiyotshunoslar, tilshunoslar va geograflar tomonidan o‘rganilmoqda. Uning yozma merosi ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan muhim manbalardan biridir. Bobur ilmiy meroslari ichida eng eʼtiborga molik yoʻnalishlardan biri bu uning sheʼriyati hisoblanadi. Bobur sheʼriyatida oʻzgacha ruh, oʻzgacha nafislik bor. U esa kitobxonni sehrlab asar ichra yashashga majbur etadi. Bobur she’riyati falsafiy chuqurlik, nozik lirika va hayotiy kuzatishlar bilan ajralib turadi. Bobur ijodi nafaqat shoirlik mahorati, balki uning ichki dunyosi va tarixiy shaxs sifatida shakllanishini ham aks ettiradi. Bobur she’riyatining asosiy xususiyatlari Lirik va falsafiy ruh. Uning she’rlarida inson hayoti, taqdir, muhabbat, do‘stlik va insoniy fazilatlar haqida chuqur fikr yuritiladi.Hayotning o‘tkinchiligi, dunyoning bevafo ekani, shuningdek, sabr va matonat kabi mavzular keng yoritiladi. Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 325 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Muhabbat lirikasi. Boburning g‘azallari va ruboiylarida sevgi mavzusi alohida o‘rin tutadi. Uning ishqiy she’rlari nafis, samimiy va o‘ta ma’nodor bo‘lib, ko‘pincha ramziy ifodalarga boy bo‘ladi. Vatanni sevish va hasrat. Bobur o‘z yurtidan ayrilganidan so‘ng ham uni sog‘ingan va bu tuyg‘ularni she’rlarida ifoda etgan.U Farg‘ona vodiysi, Andijon tabiati va xalqining hayotini iliq so‘zlar bilan yodga oladi. Jangchi shoir. Bobur hayoti davomida ko‘plab urush va janglarni boshdan kechirgan. U jang maydonidagi kechinmalari, mardlik, vafodorlik va jasorat haqida ham she’rlar bitgan. Tasavvufiy ohanglar. Uning ba’zi she’rlarida tasavvufiy qarashlar sezilib turadi. Bobur dunyo va undagi narsalarning o‘tkinchiligi haqida mulohaza yuritib, ilohiy haqiqatni anglashga intilgan. Bobur gʻazallarida mumtoz adabiyotning har qirrasini koʻrmoq mumkin. Chunki asar tili va uning tahlili mumtoz adabiyot nurlariga yoʻgʻrilgan. Gʻazallarida mumtoz sheʼriy sanʼatlardan mohirona qoʻllagan. Ilmi bade’ ning har turidan foydalangan. Bobur sheʼriyatida ishq asosiy mavzulardan biri hisoblanadi. Uning gʻazallarida yor vasfi, hijron gʻami, ishqning zavqlari va fojiaviy jihatlari aks etgan.Bobur tabiatni mohirona tasvirlagan. Uning sheʼrlarida bahor, gul, bulbul, daryo va togʻ manzaralari jonli ifodalangan. U Hindiston tabiati va oʻzbek yurtining goʻzalliklarini lirik jihatdan taqqoslaydi.Bobur gʻazallarida insoniy fazilatlar, hayotning oʻtkinchiligi, dunyo tashvishlari haqida falsaf

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируется, как поэзия Бабура обладает более глубокой и вечной литературной ценностью по сравнению с его правлением.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируется, как поэзия Бабура обладает более глубокой и вечной литературной ценностью по сравнению с его правлением. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
literary value, ghazal, artistic analysis, patriotism, lyrics, tanosub., lirika, badiiy tahlil, tazod, gʻazal, adabiy qadriyat, falsafiy ruh, vatanparvarlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники