К содержанию
РецензированоRU2025

SHAXS SIFATIDA RIVOJLANISHDA AYOLLAR VA ERKAKLARNING O‘ZIGA XOSLIGI

Raximberdiyeva Mehriniso Xosilbek qizi · Ajiniyoz nomidagi NDPIning Pedogogika fakulteti

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В данной статье анализируются особенности психологического, биологического и социального характера мужчин и женщин в процессе их личностного развития. Также рассматриваются гендерные стереотипы, социальные роли и факторы, влияющие на формирование личности. На основе научной литературы выявлены причины различий в развитии и их значение в общественной жизни. Ключевые словa: личность, женщина, мужчина, развитие, гендер, психологические различия, социальные стереотипы. Inson shaxsining shakllanishi murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Bu jarayonga biologik, psixologik va ijtimoiy omillar kompleks ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs sifatida ayollar va erkaklarning rivojlanish yo‘li, ularning individual xususiyatlari va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’siri ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda o‘rganilgan. Ushbu maqolada shaxs rivojlanishida genderga xos farqlar va ularni yuzaga keltiruvchi omillar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi biologik farqlar, ayniqsa gormonal tizim va miya faoliyatidagi tafovutlar, ularning xulq-atvori va psixologik reaksiyalarida sezilarli darajada namoyon bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollarda limbik tizim faoliyati kuchliroq bo‘lib, bu ularda hissiyotlarga berilish va empatiya qobiliyatining yuqoriligini bildiradi [1]. Erkaklarda esa frontal korteksning faoliyati mantiqiy fikrlash, strategik rejalashtirish va muammo yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi [2]. Testosteron, estrogen, oksitosin kabi gormonlarning darajasi jinslar o‘rtasidagi psixologik farqlarning asosiy omillaridan biridir. 1 49 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Masalan, oksitosin ayollarda ijtimoiy bog‘lanish va mehr-muhabbat hissining kuchayishiga olib keladi [3]. Psixologik tadqiqotlar ayollar va erkaklarning emotsional reaksiyalari hamda ijtimoiy muomaladagi farqlarini ko‘rsatadi. Ayollar hissiyotlarni aniqlash va ifodalashda faolroq bo‘lishadi. Ular ko‘proq hamdardlik, yumshoqlik va hamkorlikka moyil bo‘ladi [4]. Erkaklar esa emotsiyalarni nazorat qilishga intiladi, ularning shaxsiyatida mustaqillik, raqobat va riskka tayyorlik dominant bo‘ladi [5]. Jamiyatda erkaklar va ayollarga nisbatan mavjud bo‘lgan gender stereotiplari shaxsning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, “erkak kuchli bo‘lishi kerak”, “ayol itoatkor va muloyim bo‘lishi kerak” kabi ijtimoiy qarashlar ko‘pincha insonning ichki imkoniyatlarini to‘liq ochishga to‘sqinlik qiladi [6]. Ushbu stereotiplar ijtimoiy rollar taqsimotida, kasb tanlashda va hayotiy qarorlar qabul qilishda ham aks etadi. Gender stereotiplarining ijtimoiy ruhiy salomatlikka ta’siri borasida olib borilgan tadqiqotlar, ayollar ko‘proq depressiyaga, erkaklar esa tashqi tajovuzga moyil bo‘lishlarini ko‘rsatadi [7]. So‘nggi yillarda gender tengligi g‘oyasi rivojlanayotgan jamiyatlarda faol ilgari surilmoqda. Bu, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratishda, ularning shaxsiy va professional o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi. UNESCO va BMT tomonidan olib borilgan global hisobotlarda gender tengligining ta’lim, sog‘liqni saqlash va mehnat bozoridagi ahamiyati alohida ta’kidlangan [8]. Ayollar ko‘proq ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi, bu esa ularning shaxsiy barqarorligini oshiradi. Erkaklar esa o‘z muvaffaqiyati orqali shaxsiy qadriyatlarini namoyon qiladi. Bu ikki yondashuvning farqliligi, turli xil rivojlanish yo‘llarini shakllantiradi. Shaxs sifatida insonning rivojlanish jarayoni turli omillar ta’sirida kechadi. Biologik, psixologik va ijtimoiy omillar ayollar va erkaklarning rivojlanishida o‘ziga xos farqlarni yuzaga keltiradi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollar hissiy barqarorlik, empatiya va ijtimoiy aloqalarda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishadi, erkaklar esa mustaqillik, qaror qabul qilish va analitik fikrlashda ustunlik qilishi mumkin. Biologik nuqtai nazardan qaralganda, erkaklar va ayollarning miya tuzilmasi va gormon tizimi turlicha ishlaydi. Masalan, ayollarda estrogen va oksitosin gormonlari emotsional barqarorlikni va ijtimoiy yaqinlikni ta'minlasa, erkaklarda testosteron kuch, xavf-xatarni qabul qilish va raqobatga tayyorlikni oshiradi. Bu jihatlar ularning shaxsiy xatti-harakatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy omillar ham shaxs sifatida rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi. Jamiyatda mavjud bo‘lgan gender stereotiplari va ijtimoiy rollar ayol va erkaklarga nisbatan turli xil talablarni qo‘yadi. Masalan, ayollar ko‘proq mehribon, g‘amxo‘r va itoatkor bo‘lishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, erkaklar kuchli, lider va mustaqil bo‘lishi kerak degan qarashlar mavjud. Ushbu stereotiplar shaxsiy tanlovlarga, kasb tanlashga va o‘z-o‘zini anglashga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayollar shaxsiy rivojlanishda ko‘pincha ichki kechinmalar, tuyg‘ular va oilaviy qadriyatlarga tayanadi. Ular ijtimoiy aloqalarda muvaffaqiyatli bo‘lib, ko‘p hollarda stressga nisbatan sabrli va chidamli bo‘lishadi. Erkaklar esa tashqi muhit bilan k

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируются особенности психологического, биологического и социального характера мужчин и женщин в процессе их личностного развития.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируются особенности психологического, биологического и социального характера мужчин и женщин в процессе их личностного развития. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
personality, woman, man, development, gender, psychological differences, rivojlanish, ijtimoiy stereotiplar., psixologik farqlar, erkak, shaxsiyat, ayol
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники