Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TABIAT BILAN TANISHTIRISHDA MUTAFAKKIRLAR MEROSIDAN FOYDALANISH
MEROSIDAN FOYDALANISH · Talaba: Murtazayeva Billura Hakim qizi · Ilmiy rahbar:Alimardonova Mutabar
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda. Mutafakkirlari merosidan foydalanish, bilimlarni o‘zlashtirishning ahamiyati, tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarda ekologik mazmunidagi bilimlarni takomillashtirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, shuningdek, umumta’lim maktabi o‘quv rejalari vadasturlariga tabiat-jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish,atrof-muhitga jiddiy munosabatda bolish tabiiy resurslarni asrash atrof muhitga zarar yetkazmaslik yashil muhitni shakllantirish oʻsmliklar dunyosini kengaytirish daraxtlar ekish. Oʻquvchilarga tabiatning oʻrni hayotimizda qanchalik muhim ekanligi ekalogik tafakkurni shakllantirish dunyoqarashini boyitishdir. O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish jarayoni,o‘qitishda atrof-muhit muhofazasi, o‘qitish metodlari, vositalari, boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid ijobiy munosabatlari va qarashlari va tabiat o’rtasidagi munosabatlar haqidagi ilmiy manbalarni singdirish jihatlari keltirilgan. Kalit soʻz: Oʻsimlik, tabiat ,tabiiy resurslar, dunyoqarash, tafakkur ekalogiya,madaniy meroslar, atrof muhitni muhofaza qilish. Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlar bo‘yicha darslarni tashkil etishda tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga insonning kuchli antropogen ta’siri tufayli ekologik muammolar vujudga kelayotganligi, sanoat mahsulotlaridan atmosferaning ifloslanishi ekologik muammolarni vujudga keltirganligi, еyuzida ekologik tang vaziyatli hududlarning keskin ko‘payishi, global Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 403 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ekologik inqiroz havfining real ekanligini o‘quvchilarga tushuntirish lozim. O‘quvchilar tushunishlari lozimki, tabiatni muhofaza qilish hozirgi va kelgusi avlodning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni saqlashdan iborat. Shu jihatdan o‘quvchilarga ekologiya va ekologik tushunchalar haqida .ma’lumot beriladi.Xususan, ekologiya hayot jarayonlarini o‘ziga xos metodlarda tadqiq qiladigan mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiyaning ijtimoiy hayot bilan bevosita bog‘langan tarmoqlari ham rivojlanmoqda. Shu bilan birgalikda turli fanlardan ekologik muammolar jihatlari o‘rganiladi. “Ekologiya” tirik organizmlarning (har qanday ko‘rinishdagi, barcha darajada uyg‘unlashgan) hayot faoliyati qonuniyatlarini ular hayotida kechadigan tabiiy muhitning inson omili ta’sirida yuzaga keladigan holatni o‘rganadigan fandir.Shunday ekan, tabiat qonunlarining muvozanatini buzmaslik kerak. Demak, yoshlarga, kelajak avlodga bolalikdan tabiatga mehr-muruvvatli bo‘lish tuyg‘ularini singdirib borish lozim.Tabiat insonni ma’naviy boyitishning bitmas tuganmas manbaidir. Tabiat bilan inson o'rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda ekologik ta’lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.Tabiatni asrab avaylash ardoqlash insonning burchi ekanligi haqidagi ta’limotlar Turoni Turkistondan yetishib chiqqan buyuk olimlaming ta’limotlarida o‘z ifodasini topgan. Allomalar o‘z davrida tabiatdan foydalanish, ular bilan bog‘liq boTgan voqea, hodisalar haqida boy ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Tabiatga mehr, yuksak axloq-odobini tarbiyalash lozimligini o‘z asarida bayon etganlar.Tabiat - bizni o‘rab olgan borliq, olam. Tabiat vaqt va fazoda cheksizdir, to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘ladi. Jamiyat ham tabiatning, moddiy olamning o‘ziga xos bir boMagidir.Tabiiy muhit - tabiiy jism va moddalarning, nimanidir yoki kimnidir o‘rab turuvchi, uning hayotiy faoliyati Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 404 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kechadigan tabiiy sharoitlar mujassamligi. Geografik adabiyotlarda mazkur tushuncha, ko‘pincha, geografik qobiqning inson va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rab turgan qismiga nisbatan ishlatiladi.Geografik muhit - jamiyatni o‘rab turgan tabiiy sharoit; ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tarixiy koʻpbosqichida tabiatning jamiyat bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan bir qismi. Geografik muhit jamiyat taraqqiyotining doimiy va zaruriy sharoitlaridan biri, u mehnat taqsimotiga va xo‘jalik tarmoqlarining joylashishiga faol ta’sir etadi. o‘z navbatida, jamiyat ham geografik muhitga ta’sir koTsatadi. Jamiyat rivojlanib borgani sari geografik muhit doirasi o‘zgarib, kengayib boradi.Texnogen muhit - aholini o‘rab turgan atrof-muhitning bir qismi botib, inson tomonidan yaratilgan obyektlar, jism va moddalar tushuniladi. Jamiyat rivojlanib borgan sari texnogen muhit takomill
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Oʻsimlik, tabiat, atrof muhitni muhofaza qilish., dunyoqarash, madaniy meroslar, tabiiy resurslar, tafakkur ekalogiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024