Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'ZBEKISTON QO'RIQXONALARI. HISOR QO'RIQXONASI
yo'nalishi Abdurashidova Elnura (TALABA:Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim) · ILMIY RAHBAR:Alimardonova Mo'tabar (TALABA:Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Yer yuzida yildan - yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya'ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan. KALIT SO'ZLAR:Qo'riqxona, milliy bog', fauna,o'simliklar, Hisor qo'riqxonasi. Annotation: Every year in the corners of the Earth is declining, which is not possible to see the deserted lands in nature, that is, there is no opportunity to see the deserts, the tables in nature. The state established by the state to save the original nature of nature and all living things that live in it. Keywords: Nature Reserves, National Garden, Fauna, Plant, Gissar Nature Reserve. Qoʻriqxona — belgilangan qonunlarga muvofiq, davlat tomonidan ajratilgan, alohida ilmiy yoki mahaliy ahamiyatga ega boʻlgan (tipik yoki noyob landshaft, oʻsimliklar va hayvonotning dunyosi, foydali qazilmalar va b.), tabiiy obyekt joylashgan yer (hudud) yoki suv kengliklari; i. t. va madaniy-maʼrifiy maqsadlar uchun uzoq mud-datga ajratilgan va toʻlaligicha xoʻjalik ishlaridan xoli tabiiy majmua. 20-asrning 90-y.larida BMTning "Milliy bogʻlar va ular maqomidagi qoʻriqxonalar roʻyxati"ga 2618 alohida qoʻriqlanadigan hududlar (yer may-doni 4 mln. km2dan ortiq va Yer yuzidagi quriqlikning 3% ini tashkil qiladi) kiritilgan hududi va uning atrofidagi bel-gilangan chegaradagi muhofaza qilinadigan zonalarda Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 409 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qo'riqxona tabiiy majmuasiga zarar yetkazadigan yoki tabiiy obyektlarga xavf tugdiradigan har qanday faoliyat (ov qilish, baliq tutish, daraxt kesish, foydali qazil- malarni kavlash, oʻt oʻrish, mol boqish va boshqalar), shuningdek, Qo'riqxona faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan sanoat va qo'shma korxonalar obyektlari qurilishi ham taqiqlanadi. Qo'riqxona hududiga maʼmuriyatning ruxsatisiz begona odamlar kiritilmaydi. Oʻzbekistonda qoʻriqxonalarning tashkil qilinishi, faoliyati, taʼminoti va muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasining 2004 y. 3 dekabrdagi "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi. Qoʻriqxonalarda reja asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi, tabiat yilnomalari, ilmiy hisobotlar (yillik, besh yillik) tuziladi, tavsiyanomalar, qoʻriqxona hududi va milliy bogʻlarda qoʻriqxona tartibiga rioya qilish talab va qoidalari ishlab chiqiladi Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ovchilik xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tasarrufida 8 ta davlat qoʻriqxonasi bor: Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Zarafshon davlat qoʻriqxonasi, Surxon davlat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Chatqol bio-sfera qoʻriqxonasi, Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi. Oʻzbekistonda, shuningdek, milliy bogʻ va buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat olib boradi Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni 1997 yilda Yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish markazi va Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi tashabbusi bilan ta’sis etilgan. Qo‘riqxonalar va milliy bog‘larning xodimlari o‘simliklar va hayvonot olami genetik fondini asrashga harakat qiladilar, tadqiqotlar o‘tkazadilar, muhofaza etiladigan zonalarga brakonyerlar kirmasligini nazorat qiladilar. Hozirgi vaqtda davlat O‘zbekiston Muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimini belgilagan. Ushbu tizimga quyidagilar kiradi: qattiq qo‘riqlash rejimi o‘rnatilgan 6 qo‘riqxona; 7 milliy bog‘; jayronlarni ko‘paytirish uchun 1 parvarishxona – “Jayron” ekomarkazi; Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 410 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT u yoki bu darajada faoliyat ko‘rsatuvchi 10 buyurtma qo‘riqxonasi; 12 davlat tabiiy yodgorligi; va 2 biosfera rezervati (Ugam Chatqol davlat biosfera rezervati 2018 yil 31 dekabrdagi 1062 son qarori, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2011 yil 26 avgustdagi 243-son Qarori bilan «Baday – To‘g‘ay» davlat qo‘riqxonasini tugatish asosida tashkil etilgan) Qo’riqxona- bu akvatoriya yoki territoriya, xo’jalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bo’lib hisoblanadi. Qo’riqxonalar- tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari o’tqaziladi. Qo’riqxonalarda ayrim hayvon zotlari va o’simlik turlari o’rganiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta'siri umuman ta'qiqlanadi. O'zbekistonda, birinchi Qo’riqxona- 1929 yilda Turkistonning ğarb qismida tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni 15600 ga kengaytirilgan. U hozirda Zomin nomini olgan. Ikkinchi Qo’riqxona - 1941 yilda_Orol daryosi qirğoqlarida tashkil etilgan bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega. Uchinchi Qo’riqxona - 1947 yilda Toshkent oblastiningOhangaron va Parkent tumanla
Доказательный фрагмент
«Yer yuzida yildan - yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya'ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti.»
Образец извлечения
Демо-превьюYer yuzida yildan - yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya'ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Nature Reserves, National Garden, Fauna, Plant, Gissar Nature, Hisor qo'riqxonasi., Qo'riqxona, milliy bog', o'simliklar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025