Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’SIMLIKLARNING YORUG’LIK REJIMIGA MOSLASHISHI
Alimova Xumora (Talaba:Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi) · Ilmiy rahbar:Alimardonova Mo'tabar (Talaba:Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi) · KALIT SO'ZLAR:Pauna, o'simliklar,tog',dasht. (Talaba:Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi) · Keywords: Paauna (Talaba:Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Sayoramizning turli xududlarida yorug’lik sharoiti nihoyatda xilma-xil bo’ladi. CHunonchi, yorug’lik bilan kuchli darajada ta’minlangan baland tog’, dasht, cho’l-biyobonlardan tortib, yorug’lik bilan juda kam ta’minlangan g’orlar va havzalargacha mavjud. KALIT SO'ZLAR:Pauna, o'simliklar,tog',dasht. Annotation: Light conditions in different regions of our Sayor are extremely diverse will be. For example, a heavy mountain highly equipped with light, From the steppe, from desert trips, very low-income caves with light and are available to basins Keywords: Paauna, Plants, Mountains, Dasht O’simliklar tarqalgan turli xududlarda yorug’lik intensivligi turlicha bo’lishidan tashqari, yorug’lik spektrining tarkibi, o’simliklarning yoritilish davomiyligi, turli intensivlikdagi yorug’likning doimiy va vaqtinchalik tarqalishi farq qilinadi. SHularga muvofiq holda o’simliklarning yorug’likka nisbatan moslashishi ham har xil bo’ladi. Yorug’likka talabiga qarab, o’simliklarning uch asosiy guruhga farq qilinadi. Bular yorug’sevar o’simliklar (geliofitlar), soyasevar yoki soyada o’suvchi o’simliklar (stsiofitlar) va yorug’likka (soyaga) chidamli o’simliklardir. Birinchi ikki guruhga mansub o’simliklar ekologik optimumining xolatiga qarab farq qilinadi. Yorug’sevar o’simliklar quyosh nuri kuchi ta’sir etadigan yorug’lik sharoitida normal o’sib, soyaga chidamsiz bo’ladi. Shunga ko’ra, bu xildagi o’simliklar ochiq joy yoki yorug’lik bilan yaxshi ta’minlangan ekologik xudud o’simliklari qatoriga kiritiladi. Chunonchi, dasht va o’tloq o’tlari, alьp o’tloqlari o’simliklari, qirg’oq va suv o’tlari, barg to’kadigan o’rmonlardagi bahorgi o’t o’simliklar, ochiq yyerlardagi ko’pchilik Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 417 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT madaniy o’simliklar va begona o’tlarning bir guruhsi shular jumlasidandir Soyasevar yoki soyada o’suvchi o’simliklar yorug’lik bilan kam ta’minlangan oblastlar optimimum hisoblanadi, ular kuchli darajadagi yorug’likni yoqtirmaydi. Bu guruh o’simliklarga kuchli darajada soyalangan joylarda tarqalgan o’simlik turlari kiradi. Bizda o’stiriladigan ko’plab xona va oranjyereya o’simliklari hamsoyasevar o’simliklarga kiradi, Yorug’likka chidamli o’simliklar yorug’likka munosabatiga ko’ra keng ekologik amplitudaga ega bo’lib, ularni soyaga chidamli o’simliklar ham deyish mumkin. Odatda, bu guruhga mansub o’simliklar quyosh nuri bevosita tushadigan sharoitda yoki shunga yaqin joylashgan yyerlarda yaxshi o’sadi va rivojlanadi lekin yorug’lik kam tushadigan sharoitga ham yaxshi moslasha oladi. Shunga ko’ra, bu guruh o’simliklar keng tarqalgan bo’lib, mutanosib guruh hiooblanadi. Tarqalgan joyning yorug’lik sharoitiga muzofiq ravishda o’simliklarda tegishli moslanishlar paydo bo’ladi. Masalan, anatomik-morfologik moslashish turlicha yorug’lik sharoitida o’sadigan o’simliklarning tashqi ko’rinishini ifodalaydigan eng muhim belgilardan biri hisoblanadi. CHunonchi, bu xildagi o’simliklar barg plastinkasining o’lchami nihoyatda keskin farq qiladigan bo’ladi. Lekin o’simlikning bu belgisi naslning morfologik xususiyatiga bog’liq bo’lsada, o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladigan radiatsiya miqdori asosan barg plastinkalari sathiga bog’liq bo’ladi. Yorug’sevar o’simliklarning bargi, odatda, soyada o’sadigan o’simliklarnikiga qaraganda maydaroq bo’ladi. Buni muayyan bir tizimtik guruhga mansub bo’lgan, lekin turli yoruglik sharoitida o’sadigan o’simliklarda yaqqol ko’rish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, o’simliklar barg plastinkasining joylashishi yorug’lik haddan tashqari kuchli yoki aksincha kuchsiz bo’lgan sharoitda keskin darajada o’zgarib turadi. Masalan, yorug’sevar (geliofit) lar, odatda, barg plastinkalarini yorug’lik kuchli tushadigan kunduzgi soatlarda gorizontga nisbatan katta burchak hosil qilib, vertikal holatda tutib turadi. Bunday holatni ko’p tarqalgan cho’l o’simliklarida va daraxtlardai akatsiya va boshqalarda kuzatish mumkin. Yana Shuni ham aytish kerakki, yorug’sevar o’simliklar barg plastinkasini yorug’lik kuchli tushadigan tomondan mumkin qadar burib olishga harakat qilsa, soyada o’sadigan o’simliklar Выпуск журнала №-23 Часть–2_ Март –2025 418 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT esa yorug’likdan maksimal darajada foydalanadigan holatda tutib turadi. Qalin o’rmonlarning pastki yarusida o’sadigan o’simliklarda buni yaqqol ko’rish mumkin. Ular barg plastinkasini daraxtlar orasidan tushadigan kuchsiz yorug’lik tomonga qaratib olgan bo’ladi. O’simliklarning yorug’likga moslashuvini yorug’likni qabul qiluvchi asosiy organi hisoblangan barglarining tuzilishidan ham ko’rish mumkin. Masalan, ko’pchilik geliofitlarda barg plastinkasining yuzasi unga tushadigan nurlarni qaytaradigan bo’ladi, ya’ni bu xildagi barglarning ustki yuzasi xuddi laklanganga o’xshash yaltiroq bo’ladi. Lavr, magnoliya kabi o’simliklarning bargi ana shunday tuzilgan. Kaktus, sutlama kabi o’simliklarning bargi och tusli g’ubor bilan qalin qoplangan bo’ladi. Soyada o’sadigan o’simliklarning bargida esa odatda, bu x
Доказательный фрагмент
«Sayoramizning turli xududlarida yorug’lik sharoiti nihoyatda xilma-xil bo’ladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюSayoramizning turli xududlarida yorug’lik sharoiti nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Paauna, Plants, Mountains, Dasht, Pauna, o'simliklar, tog', dasht.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025