К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANGʻICH TAʼLIM TABIIY FANLARIDA EKSKURSIYA DARSLARI

Alimardonova Mutabar Xolmoʻminova · Normuotova Gulruh Shokir qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim tabiiy fanlarida ekskursiya darslarining ahamiyati va afzalliklari haqida. Ekskursiyalar o'quvchilarning tabiatga nisbatan qiziqishini oshirib, amaliy tajribalar orqali bilimlarni chuqurlashtirish va shu bilan birga zamonaviy texnologiyalar orqali ekskursiyalarni tashkil qilishimiz mumkin,virtual ekskursiyalar, mobil ilovalar, interaktiv yondoshuvlar va amaliy tadqiqotlar orqali ekskursiyalarni samarali o‘tkazish usullari va shu ekskursiyalar yordamida o‘quvchilar tabiatni yaxshiroq tushunib, o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashlari haqida yoritilgan.. Kalit soʻzlar.Boshlang'ich ta'lim, tabiiy fanlar, ekskursiya, virtual ekskursiyalar, interaktiv darslar, mobil ilovalar, ekologiya, amaliy tadqiqotlar, qiziqish,atrof-muhit. Boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlar o‘quvchilarni atrof-muhit bilan tanishtirish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tabiiy fanlar o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham o‘rgatishi kerak. Ekskursiya darslari — bu tabiiy fanlar o‘qitishda o‘quvchilarning bevosita tabiat bilan muloqot qilishlarini ta'minlaydigan samarali metodlardan biridir. Ekskursiyalar o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzularni amaliyotda ko‘rish imkonini beradi va ilmiy-izlanish ko‘nikmalarini rivojlantir.Tabiiy fanlarda ekskursiya darslarining ahamiyati va afzalliklari quyidagilardan iborat: - Amaliy tajriba: Oʻquvchilar nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash imkoniga ega bo'ladilar, bu esa o'qitishni samarali va qiziqarli qiladi. Выпуск журнала №-23 Часть–3_Март –2025 118 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT - Qiziqishni oshirish: Tabiat bilan bevosita tanishish bolalarning qiziqishini kuchaytiradi, ular o'quv jarayoniga faol ishtirok etadilar. - Ekologik tushunchalar: Ekskursiyalar orqali ekologik bilimlarni rivojlantirish, tabiatni muhofaza qilish va uning ahamiyatini tushunish imkoniyati yaratiladi. - Ijodiy fikrlash: Tabiyatni o'rganish kreativ fikrlashni va tahlil qila olish ko'nikmalarini rivojlantiradi. - Jamoada ishlash: Ekskursiyalar davomida oʻquvchilar birgalikda ishlashga o'rganishadi, bu esa ijtimoiy ko'nikmalarni oshiradi. - Tarbiyaviy aspekt: Tabiatga munosabat, etika va mas'uliyat hissini oshiradi. Ekskursiya darslarining turli usullari. 1. Tushuncha va maqsadni belgilash: Ekskursiyaning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun uning maqsadi va vazifalarini aniqlab olish zarur. Darsdan oldin o‘quvchilarga qanday ilmiy va ekologik maqsadlar ko‘zda tutilganini tushuntirish, ekskursiyaning ahamiyatini va o‘rganish yo‘nalishlarini belgilash muhimdir.O‘quvchilarga ekskursiya oldidan savollar yoki topshiriqlar berish, ularni diqqatni jamlashga undaydi. 2. Interaktiv yondoshuvlar: Ekskursiyaning yanada samarali bo‘lishi uchun interaktiv texnologiyalarni qo‘llash mumkin. Bu orqali o‘quvchilar ekskursiya davomida o‘zlarini faol ishtirokchi sifatida his qilishadi. Mobil qurilmalar yordamida o‘quvchilar ekologik tizimlarni va tabiiy jarayonlarni o‘zlari kuzatib, ma'lumotlar to‘plashlari mumkin. Shuningdek, real vaqt rejimida kuzatishlar olib borish, misol uchun, biologik turli o‘simlik va hayvonlarni aniqlash hamda ularni sanab chiqish mumkin. 3. Virtual ekskursiyalar: Hozirgi kunda axborot texnologiyalari yordamida o‘quvchilar uchun virtual ekskursiyalarni tashkil etish mumkin. Virtual ekskursiyalar onlayn resurslar orqali o‘quvchilarga tabiatni ko‘rish va o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu metod, ayniqsa,tabiiy ob'ektlarga tashrif buyurishning imkoni bo‘lmagan holatlarda foydalidir. Google Expeditions, Google Earth va boshqa platformalar Выпуск журнала №-23 Часть–3_Март –2025 119 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yordamida o‘quvchilar turli geografik hududlarni va ekologik tizimlarni onlayn tarzda o‘rganishlari mumkin. 4. Mobil ilovalar va dasturlar: O‘quvchilar uchun mo‘ljallangan mobil ilovalar orqali ekskursiyalarni yanada interaktiv va samarali o‘tkazish mumkin. Masalan, iNaturalist ilovasi yordamida o‘quvchilar tabiatda uchragan o‘simlik yoki hayvonlarni aniqlash va ularni dastur orqali boshqalar bilan bo‘lishishlari mumkin. Bundan tashqari, geografiya va ekologiya fanlarida Geocaching kabi ilovalar yordamida o‘quvchilarni ma'lumotlarni izlash va ilgari surish, shuningdek, o‘rganish jarayonini qiziqarli va interaktiv qilish mumkin. 5. Praktik tadqiqotlar: Ekskursiya davomida o‘quvchilarga amaliy tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatlarini yaratish zarur. Misol uchun, biologiya fanida o‘quvchilar turli o‘simliklar va hayvonlar ustida tadqiqotlar o‘tkazib, ekologik ta'sirlarni baholashlari mumkin. Kimyo darslarida esa o‘quvchilar atrof-muhitni tadqiq qilish va kimyoviy jarayonlarni amaliy tarzda o‘rganishlari mumkin. Ekskursiya tabiiy fanlarda o‘quv jarayonini jonlantiradi. Bu darslar o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amalda qo‘llash imkonini beradi, tabiatni bevosita kuzatish orqali o‘rganishga yordam beradi. Ekskursiyalar davomida o‘quvchilar: - Tabiat hodisalari va biosistemalarning ishlash prinsiplari bilan tanis

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim tabiiy fanlarida ekskursiya darslarining ahamiyati va afzalliklari haqida.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim tabiiy fanlarida ekskursiya darslarining ahamiyati va afzalliklari haqida. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
virtual ekskursiyalar, mobil ilovalar, ekologiya, amaliy tadqiqotlar, Boshlang'ich ta'lim, tabiiy fanlar, atrof-muhit., ekskursiya, interaktiv darslar, qiziqish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники