К содержанию
РецензированоUZ2025

YURAK ANATOMIYASI

YURAK ANATOMIYASI · Hasanov Dilmurod Abduvohobivich · Jonqobilova Qunduz Rustam qizi · АНАТОМИЯ СЕРДЦА · Хасанов Дилмурод Абдувахобович · Жонкобилова Кундуз, дочь Рустама (Преподаватель Термезского филиала Ташкентской медицинской)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada yurak anatomiyasi, uning tuzilishi va funksional xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Yurak – qon aylanish tizimining markaziy organi bo‘lib, u tananing barcha hujayralariga kislorod va oziq moddalar yetkazib berish vazifasini bajaradi. Maqolada yurakning tuzilishi, uning bo‘limlari, klapanlari va qon aylanish doiralari haqida batafsil tushuntiriladi. Shuningdek, yurakning elektr faoliyati va ritmi, yurak kasalliklari va ularning oldini olish usullari ham yoritilgan. Ushbu maqola tibbiyot sohasi talabalari va yurak anatomiyasini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun foydalidir. АНАТОМИЯ СЕРДЦА Хасанов Дилмурод Абдувахобович Преподаватель Термезского филиала Ташкентской медицинской академии Жонкобилова Кундуз, дочь Рустама Студентка Термезского филиала Ташкентской медицинской академии. Абстрактный: В данной статье представлена информация об анатомии сердца, его строении и функциональных свойствах. Сердце – центральный орган системы кровообращения, доставляющий кислород и питательные вещества ко всем клеткам организма. В статье подробно объясняется строение сердца, его отделов, клапанов и кругов кровообращения. Также освещены электрическая активность и ритм сердца, болезни сердца и методы их профилактики. Эта статья полезна для студентов-медиков и тех, кто хочет изучать анатомию сердца. Выпуск журнала №-23 Часть–3_Март –2025 122 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ANATOMY OF THE HEART Hasanov Dilmurod Abduvohobovich Teacher of the Termez branch of the Tashkent Medical Academy Jonqobilova Kunduz Rustam’s daughter Student of the Termez branch of the Tashkent Medical Academy Annotation: This article provides information about the anatomy of the heart, its structure, and functional characteristics. The heart is the central organ of the circulatory system, responsible for delivering oxygen and nutrients to all the cells of the body. The article explains the structure of the heart, its chambers, valves, and circulatory pathways in detail. Additionally, it covers the heart’s electrical activity and rhythm, heart diseases, and preventive measures. This article is useful for medical students and those interested in learning about heart anatomy. Kalit soʻzlar: Yurak, anatomiya, qon aylanish, yurak bo‘limlari, yurak klapanlari, miokard, elektr faoliyat, yurak ritmi, yurak kasalliklari, yurak yetishmovchiligi. Asosiy qism Yurak – odam organizmining eng muhim a’zolaridan biri bo‘lib, qon aylanish tizimining markaziy organi hisoblanadi.Yurak koʻkrak qafasida pastki koʻks oraligʻining oʻrta qismida joylashib, konussimon shaklga ega. U tananing barcha hujayralariga kislorod va oziq moddalar yetkazib berish, shuningdek, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidrid va boshqa chiqindilarni chiqarib yuborish vazifasini bajaradi. Yurak doimiy ravishda qisqarib, qonni tananing barcha a’zolariga haydaydi. Ushbu maqolada yurakning anatomik tuzilishi, asosiy bo‘limlari va qon aylanish tizimidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot beriladi. 1.Yurakning umumiy tuzilishi Yurakning boʻylama oʻqi qiyshiq boʻlib, orqadan oldinga,yuqoridan pastga va oʻngdan chapga yoʻnalgan boʻladi. Uning toraygan yurak uchi (apex cordis) chapga, pastga va oldinga, keng yurak asosi (basis cordis) yuqoriga va orqaga qaragan. Yurakning oldingi toʻsh qovurgʻa yuzasi (facies sternocostalis) qavariq boʻlib, toʻsh Выпуск журнала №-23 Часть–3_Март –2025 123 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT va qovurgʻaning orqa yuzasiga qaragan. Pastki diafragma yuzasi (facies diaphragmaticag) diafragmaning pay markaziga tegib turadi. Yurakning yon yuzalari oʻpkaga qaragan boʻlib, oʻng va chap oʻpka yuzalari (facies pulmonalis dextra et sinistra) deb ataladi. Yurakning yuzasida boʻlmacha va qorinchalar oʻrtasida chegara boʻlib,toj arteriyasining egati (sulcus coronarius) oʻtadi. Yurakning toʻsh qovurgʻa yuzasida qorinchalararo oldingi egat (sulcus interventricularis anterior),pastki yuzasida qorinchalararo orqa egat (sulcus interventricularis posterior) yotadi.Bu ikkala egat yurakning uchida yurak chuqqisidagi kemtik (incisura apicis cordis) hosil qilib qoʻshiladi. Yurak ichi bo‘sh mushak a’zo bo‘lib, taxminan mushtdek kattalikda bo‘ladi va ko‘krak qafasining chap tomonida joylashgan. Kattalar yuragining o‘rtacha og‘irligi 250-350 grammni tashkil etadi. Yurak uchta asosiy qavatdan iborat: Endokard – yurak bo‘shliqlarining ichki qatlamini qoplaydi va qonning silliq oqishini ta’minlaydi. Miokard – yurakning asosiy mushak qatlami bo‘lib, kuchli qisqarishlarni amalga oshiradi. Epikard – yurakning tashqi himoya qavati hisoblanadi. Shuningdek, yurak tashqi tomondan perikard deb nomlanuvchi ikki qavatli parda bilan o‘ralgan bo‘lib, u yurakni mexanik ta’sirlardan himoya qiladi va ishqalanishni kamaytiradi. Yurak 4 kameradan iborat. 2. Yurak bo‘limlari va klapanlari 1.O‘ng bo‘lmacha (atrium dextrum) kub shaklida boʻlib chap boʻlmachadan boʻlmachalar oʻrtasidagi toʻsiq (septum interatriale) vositasida ajrab turadi. Toʻsiqda bitib ketgan oval teshik qooldigʻi boʻlgan ova

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yurak anatomiyasi, uning tuzilishi va funksional xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yurak anatomiyasi, uning tuzilishi va funksional xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qon aylanish, aylanish tizimining, tizimining markaziy, markaziy organi, tananing hujayralariga, hujayralariga kislorod, kislorod oziq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники