К содержанию
РецензированоUZ2025

TOKSOPLAZMOZ KASALLIGINING KELIB CHIQISHI VA TARQALISHISHI

Sharipova Farida Salimdjanovna · Azizov Elbek Abdinazar o’g’li

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Parazitar kasalliklar odam organizmida kasallanish strukturasida muhim o'rin tutishda davom etmoqda. Ular deyarli barcha issiq va tropik iqlimga ega mamlakatlar uchun dolzarb bo'lib qolmoqda. So‘nggi yillarda, shu jumladan o’rta osiyo mamlakatlarida ham parazitozlar soni o'sishi kuzatilmoqda. Parazitar kasalliklarning o‘ziga xosligi shundaki, ko‘pgina kasalliklar uchun aniq klinik ko‘rinish va o‘ziga xos simptomatika xos emas.Odatda, surunkali intoksikatsiya belgilari, allergik namoyonlar va zararlangan organ disfunktsiyasi belgilari kuzatiladi. Kalit so’zlar: parazit, koksidiya, toksoplazma, allergiya, sporasista, inkubatsiya. Mavzuning dolzarbligi Bugungi kunda aholi o’rtasida yuqumli kasalliklar bilan bir qatorda parazitar kasalliklar ham uchraydi. Parazit bir hujayralilar keltirib chiqaruvchi kasalliklar ko’plab uchraydi. Maqsad va vazifa Toxoplasma gondii ayrim issiq qonli hayvonlar (gomoyoterm) kalamushlar, sichqonlar, yirtqich va barcha uy hayvonlari (sutemizuvchilar, qushlar) va odamning deyarli barcha a'zolari va sistemalarida parazitlik qiladi. Toksoplazmalar keltirib chiqaradigan kasallik toksoplazmoz deb ataladi. Bu kasallik O'rta Osiyo mamalakatlari va Qozog’istonda hayvon va odamlar orasida uchrab turadi. Keyinchalik toksoplazmalar odam va hayvonlarda Выпуск журнала №-23 Часть–3_Апрел –2025 137 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT parazitlik qilishi va toksoplazmoz kasalligiga sabab bo'lishi aniqlandi. Lekin faqat 1970 yillarga kelib ularni elektron mikroskopda tekshirib va rivojlanish sikliga (koktsidiyalarga xos) asoslanib, toksoplazmani sporalilar sinfi, koktsidiyalar turkumiga kiritildi. Toksoplazmalar odam va hayvonlarning turli a'zolaridagi hujayralarida topilgan, masalan, bosh miyada, tana mushaklarida, ko'zda, bachadonda, homila pardasida va hakozo. qozogistonlik olim, akademik I. G. Galuzo va uning shogirdlari uy va yovvoyi hayvonlarning deyarli hamma turida toksoplazmoz kasalligining tarqalishi mumkinligini isbotlaydilar. Toksoplazmalar barcha issiq qonli hayvonlar organizmida yashay oladi, degan taxmin ham bor. Morfologik tuzilishi. Toksoplazmaning tuzilishi yarim oysimon bo'lib, shakli limon va apelsin tilimiga o'xshaydi. Tanasining bir uchi to'mtoq, ikkinchi uchi uchli bo'lib, uzunligi 4—8 mkm, eni 2—4 mkm gacha bo'ladi. Sitoplazma markazida 1—2 mkm kattalikdagi yadro joylashadi. Romanovskiy usulida bo'yalganda yadro qizil-binafsha, sitoplazma esa zangori kulrangga bo'yaladi. 1-rasm Toxoplasma gondii Elektron mikroskop ostida ko'rilganda tanasining uchli tomonida spiralsimon o'ralgan miofibrillalar bo'lib, ular konoid deb ataladi. Konoid yordamida toksoplazma xo'jayinning to'qima hujayralariga kirib oladi. Bezgak plazmodiyalari kabi toksoplazma hujayra ichida parazitlik qiladi va osmotik usulda oziqlanadi. Yaqin vaqtgacha toksoplazmalarning faqat jinssiz yo'l bilan Выпуск журнала №-23 Часть–3_Апрел –2025 138 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ko'payishi ma'lum edi. Zararlangan hayvonlarning to'qimalarida toksoplazmalar bir necha marta bo'linib, yolg'on va haqiqiy sistalar hosil qiladi. Daniya, Angliya va AQSh olimlari mushuklarga toksoplazma bilan zararlangan sichqonlarni yedirtirib, ularning ichagida koktsidiyalarga xos bo'lgan taraqqiyot siklini kuzatadilar. Demak, toksoplazmaning asosiy xo'jayinlari mushuk va mushuksimonlar oilasiga kiruvchi hayvonlardir. Oraliq xo'jayinlar esa turli qushlar, sutemizuvchilar hamda odam hisoblanadi. Ko'pchilik koktsidiyalardan farq qilib, toksoplazma uchun deyarli hamma issiq qonli hayvonlar oraliq xo'jayin bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, jinssiz yo'l bilan hosil bo'lgan yangi parazitlar asosiy xo'jayinga o'tmasdan yana boshqa oraliq xo'jayinlarda ham kasal chaqirishi mumkin. Shunday qilib, toksoplazmaning taraqqiyot sikli xo'jayinlarni almashishi bilan boradi Toksoplazmalar asosiy xo'jayinning ichak epiteliy ho'jayralarida shizontlarni hosil kiladi, shizontlar shizogoniya usulida ko'payadi. Shizogoniya natijasida merozoitlar hosil bo'ladi. Merozoitlar yarim oy shaklida bo'lib, hujayra devorini yoradi va ichak kavagiga tushadi. Ma'lum vaqtdan so'ng merozoitlar boshqa epiteliy hujayralariga kirib, shizontlarga aylanadi va shizogoniya takrorlanadi. Shizigoniya jarayoni bir necha bor takrorlanganidan so'ng ichaknnng epiteliy hujayrasiga kirgan ba'zi merozoitlar erkaklik jinsiy hujayrasi mikrogameta (spermatozoid), boshqalari esa makrogametani(tuxum hujayrasi) hosil qiladi. Yetilgan makro va mikrogametalar epiteliy hujayralarini yorib chiqadi va asosiy xo'jayin ichagida qo'shiladi, natijada otalangan zigota hosil bo'ladi. Zigota esa qalin parda bilan o'ralib ootsistani hosil qiladi. Ootsistalar hayvon axlati bilan tashqariga chiqadi. Tashki muhitda, tuproqda, ootsistaning ichida sporogoniya jarayoni kechadi va natijada ikkita spora hosil bo'ladi.Har bir sporada to'rttadan sporozont yetiladi. Sporozoitlar yetilgan ootsistalarni sporotsistalar deyiladi. Sporotsistalar oraliq xo'jayinga, shuningdek asosiy xo'jayinga ham yuqishi mumkin. Odamga oraliq xo'jay

Доказательный фрагмент

«Parazitar kasalliklar odam organizmida kasallanish strukturasida muhim o'rin tutishda davom etmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Parazitar kasalliklar odam organizmida kasallanish strukturasida muhim o'rin tutishda davom etmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sporasista, koksidiya, inkubatsiya., toksoplazma, allergiya, parazit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники