К содержанию
РецензированоUZ2025

CHAPAQAYLIK FAZILATMI YOKI NUQSON ?

Shamsiddinov Safar To’rayevich · Ilmiy rahbar: Sharipova Farida Salimdjanovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Aholi o’rtasida chapaqaylik bilan tug’ilganlar xam uchrab turadi. Olimlar chapaqaylikni genetika bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin degan fikrda. Unga ko‘ra bir tuxum hujayradan paydo bo‘lgan egizaklarda genlar bir xil bo‘ladi, biroq bunday juftliklarning 17 foizida ishchi qo‘llar har xil bo‘ladi. Ba’zan homilada chapaqaylik tashqi ta’sirlar natijasida yuzaga keladi. Masalan, bir tadqiqotga ko‘ra, agar ona homiladorlik vaqtida tez-tez stress holatiga tushgan bo‘lsa, chaqaloqning chapaqay bo‘lib tug‘ilishi imkoniyati oshadi. Maqolada chapaqaylik haqida turli xil faktlar keltirilgan. Kalit so’zlar: chapaqaylik , irsiyat, bosh miya, mahurat, nutq, istedod. Mavzuning dolzarbligi Chapaqaylik — irsiyatga bogʻliq holat bunda baʼzi maqsadga muvofiq harakatlarni bajarishda koʻproq chap qoʻl ishlatiladi. Odam bosh miyasining rivojlanish jarayonida funksiyalar chap va oʻng yarim sharlar oʻrtasida taqsimlanadi. Chap yarim shar zimmasiga nutq, oʻqish, yozish, hisoblash, analitik faoliyatning (logik, matematik) murakkab shakllari, oʻng yarim shar zimmasiga esa aniq obrazli faoliyat (tashqi olamdagi narsalarning koʻrinishi, tovushi, rangi va boshqa boʻyicha aniqlash) tushadi. Oyoq-qoʻllar harakatini bajarishda ikkala yarim shar qatnashadi; chap yarimshar ixtiyorida oʻng qoʻl va oyoq, oʻng yarim shar ixtiyorida chap qoʻl va oyoq boʻladi. Koʻpchilik kishilarda chap yarim shar ustunlik qilganidan oʻng qoʻl koʻproq ish bajaradi; oʻng qoʻl yordamida ishlash, ovqat yeyish va boshqa odatdagi holat. Chapaqaylarda bosh miyaning oʻng yarim shari funksiyasi chap yarim sharnikidan ustun turadi. Rivojlanishning har ikkalasi: oʻnaqaylik ham, Выпуск журнала №-23 Часть–3_Апрел –2025 142 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT chapaqaylik ham normal hisoblanadi. Biroq turmushda va ishlab chiqarishda hamma asboblar va mehnat qurollari oʻnaqaylarga moʻljallanganligi tufayli chapaqay bolalarni oʻnaqaylikka oʻrgatish maqsadga muvofiq. Oʻnaqaylik va chapaqaylikni aniqlash nevropatologiyada muhim ahamiyatga ega. Chapaqaylarning qiziq xususiyati shundaki, ularning chap qo‘li dominant bo‘lib, ularga turli musobaqalarda ustunlik beradi. Buning sababi shundaki, o‘naqaylar o‘ng qo‘lini faol ishlatadigan va zarba boshqa tomondan kelishini kutmaydigan raqiblar bilan muomala qilishga odatlangan. Chapaqay – asosan chap qoʻli bilan ishlovchi insonlarga aytiladi. „Chapaqay“ soʻzi antonimi – „oʻnaqay“. Insonlar orasida chapaqaylar tahminan 15%ni tashkil etadi, yaʼni, har yettinchi inson chapaqaydir. Chapaqay inson oʻng qoʻliga nisbatan chap qoʻlini koʻp ishlatadi. Chapaqay chap qoʻlini ayniqsa, shaxsiy ehtiyoj, taom tayyorlash va shunga oʻxshash ishlarda koʻproq foydalanadi. Yozadigan qoʻl esa oʻnaqay yoki chapaqaylikni aniq indikatori hisoblanmaydi. Masalan, koʻpchilik chapaqaylar oʻng qoʻlida yozadilar, lekin qolgan barcha ishlarni chap qoʻllarida qiladilar. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, chapaqaylar jinsi ayollardan koʻra, koʻproq erkaklar boʻladi. Chapaqaylar bir tuxumlik egizaklar orasida koʻp uchraydi va baʼzi asabiy zoʻriqqan insonlar guruhida, yaʼni, epilepsiya, Daun sindromi, autizm, aqliy rivojlanishi toʻxtab qolgan va disleksiyalarda uchraydi. Statistikaga koʻra, birtuxumlik egizaklar 76%lik chapaqay boʻlish imkoniyati bor. Bunga sabab qilib, qisman genetik va qisman ekologik oʻxshashligi koʻrsatiladi. Chapaqaylar Janubiy Osiyo, Sharqiy Yevropa, Janubiy-sharqiy Osiyo, Avstraliya aholilarida boshqa etnik guruhlarga nisbatan orasida koʻproq uchraydi. Chap qoʻllar Janubiy yarimsharda koʻproq: Bu sotsial sabablarga koʻra boʻlishi ham mumkin, chunki Koʻhna olam chetlarida chapaqaylar jamiyatdan chetlashtirilib, siqib chiqarganlar. Statistikaga koʻra, hozirda sayyoramizda 500 milliondan ortiq chapaqaylar yashamoqda. Yevropada chapaqaylar tugʻilayotgan chaqaloqlar orasida 10%ni tashkil etadi: ular baqiroqroq, sabrsizroq, lekin bolalar yoshida esa kirishimliroq, soʻzga chechanroq boʻlishadi. Выпуск журнала №-23 Часть–3_Апрел –2025 143 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ba'zi bolalar dastlab chapaqay bo’ladilar, ammo ularning rivojlanishi jarayonida ma'lum o'zgarishlar ro'y berdi. Riojlanish pallasidagi barcha bolalar ota- onalariga taqlid qilishadi va shunga mos ravishda ularning barcha xatti-harakatlarini takrorlashadi. Ko'pchilik chapaqaylar “ko’zgu yozuvini” yozishdek noyob qobiliyatiga ega. Bunday qobiliyat paydo bo'lishining sabablari va shartlari hali ham noma'lum. Aslida, chapaqaylar haqida juda ko'p asossiz va isbotlanmagan afsonalar mavjud. Ular orasida eng mashhurlari ularning qisqa umr ko'rishi, ijodkorlik qobiliyati kuchliligi va allergiya moyilligi tog’risidagilari. Biroq,yangi tadqiqotlar ushbu fikrlarni to'liq rad etgan. Chapaqaylar kompyuter klaviaturasida o’naqaylarga qaraganda tezroq yozishadi. Buning sababi, eng ko'p ishlatiladigan harflar asosan klaviaturaning chap tomonida joylashgan. Chapaqay odamlarda nafaqat chap qo'l va oyoq, balki butun tanasida ham chap tomon ustunlik qiladi. Chapaqaylar avtomatik ravishda teleskopga chap ko’zi bilan qaray

Доказательный фрагмент

«Aholi o’rtasida chapaqaylik bilan tug’ilganlar xam uchrab turadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Aholi o’rtasida chapaqaylik bilan tug’ilganlar xam uchrab turadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mahurat, bosh miya, nutq, istedod., chapaqaylik, irsiyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники