Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QOBUSNOMANING HOZIRGI DAVRDAGI MA’NAVIY AHAMIYATI
TUROBOVA ZAYNAXOL TUYCHI QIZI
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Kaykovusning “Qobusnoma” asari haqida ma’lumotlar berilgan va uning hozirgi davrdagi ahamiyati yuzasidan fikrlar bayon qilingan. Kalit so’zlar:Kaykovus, Qobusnoma,hozirgi davr,tarbiya,odob- axloq,bilim,ahamiyat. Qobusnoma-Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-ta’limiy asar,fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi.Tabariston hukumdori Shams Al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur Maoliy (Kaykovus) tomonidan fors tilida yozilgan va “Nasihatnomai Kaykovus” deb atalgan.”Qobusnoma” shu asarning o’zbekcha tarjimasidir,muallif asarni o’g’li Gilonshohga bag’ishlagan.Asar turk,uyg’ur,nemis,tatar,fransuz,rus va 1860-yilda o’sha vaqtda endi 16 yoshga to’lgan shahzoda Muhammad Rahimxon Feruz topshirig’i bilan buyuk shoir va mutafakkir Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan birinchi bo’lib o’zbek tiliga tarjima qilingan.Hozirgi kunda Ogahiy tarjimasining 2 qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida,yana bir qo’lyozma nusxasi Sank-Peterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasida saqlanadi. “Qobusnoma” asarining Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi o’zbek tiliga o’g’irilgan nusxasi Toshkentda 3 marta nasshr qilingan. Выпуск журнала №-23 Часть–3_Апрел –2025 147 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT “Qobusnoma” asosini Qur’oni Karim suralari,Muhammad s.a.v ning faoliyati va ko’rsatmalarini ifodalovchi hadislar,hikmatli hikoyalar tashkil etadi.Asar 44 bobdan iborat.Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq,Payg’ambarlarning xilqati(yaratilishi),Alloh ne’matiga shukr qilmoq haqida bo’lib,qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash,ilmiy bilimlarni,san’atni egallash,harb,savdo,dehqonchilik ishlari va hunar o’rganish,odob-axloq qoidalariga rioya etish,farzand tarbiyasi,saxovat,farzand tarbiyasi va juvonmardlik kabi ko’plab masalalarni o’z ichiga oladi. “Qobusnoma” asari - XII asrda yozilgan o’zbek adabiyotining durdonalaridan biri bo’lib,uning hozirgi davrdagi ma’naviy ahamiyati juda katta.Quyidagi nuqtalarda uning hozirgi zamon uchun ma’naviy ahamiyatini ko’rib chiqish mumkin: Asarning dastlabki 4 bobi diniy-falsafiy masalalarga bag’ishlangan bo’lib,o’lim va o’liklar haqida mulohazalar,bu dunyo va narigi dunyo haqida fikrlar,namoz o’qish haqida maslahatlar berilgan.Kaykovus zamondoshlariga shukr qilish ko’rinishi Islom dinida 5 xil namoyon bo’lishini,bularning 2 tasi rizq beruvchilardan,3 tasi rizq oluvchilardanligini aytadi,yana biri 5 vaqt namoz va ramazon oyining ro’zasi ekanligini ta’kidlaydi.Shu o’rinda ro’za atigi 1 yilda 1 oygina ekanligini,uni o’z rasm-rusmlariga rioya qilgan holda tutib,nonlarni ochlarga ulashishni, namozni yengil o’qimaslikni tayinlaydi,uni o’z o’rnida ado etmaslik din va dunyoni qo’ldan berishlikligini uqtiradi.Bu esa insonlarni o’z hayotini qayta baholashga,axloqiy va ma’naviy jihatdan to’g’ri yo’lni tanlashga undaydi. “Qobusnoma”da axloqiy fazilatlar,oilaviy munosabatlar,adolat,hallolik kabi qadriyatlar yoritilgan.Masalan,uning “Omonatni saqlamoq zikrida”deb nomlanadigan bobida muallif iloji boricha omonat olishdan uzoq bo’lishni tayinlaydi,negaki uni asramoq oson emas,asraganda ham shunday asrash kerakki unga hech bir zahmat yetmasin.Omonat beruvchi o’ylarki omonatdan unga hech yetmaydi deb,ammo bilmaski uni saqlamoq nechog’lik og’ir ekanligini,agar omonatga biror nasa bo’lsa xalqning ko’ziga qanday yaramas inson sifatida Выпуск журнала №-23 Часть–3_Апрел –2025 148 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ko’rinishini.Kaykovus yana omonat olayotganda yoki berayotganda bitta guvoh bilan olish va berishni maslahat beradi. Oilaviy munosabatlarga to’xtaladigan bo’lsak,unga “Ota-ona haqini bilmoq zikrida”degan bobini keltirolamiz.Bu bobda ota-onani hurmat qilish maslahat berilgan,chunki , birinchidan, ota hamda ona farzandning aslidur,ya’ni uning bu yorug’ dunyoda bo’lishining sababidur,ikkinchidan, bu dunyoni qaytar dunyo deyishgan,shu sababli ham hozir ota-onaga ,yaqinlarimizga,umuman hamma odamlarga qilgan yomon ishlarimiz qachondir o’zimizga qaytishi mumkin.Asardagi ushbu fikrlar bugungi kunda katta ahamiyatga egadir.Zero,farzandlar ushbu maslahatlarga quloq solib,o’z ota-onalarini hurmat qilshmoqda va o’z ota-onasining qadriga yetishmoqda. Kaykovus,ayniqsa,axloqiy fazilatlarga katta e’tibor qaratgan,”Nafsni tiymoq va taomlanish tartibi zikrida” bobi bunga yaqqol dalildir.Muallif ushbu bobda har ishni tartib bilan qilishni,shu o’rinda ovqatlanishni ham deydi va odamlar 2 mahal:tunda va tongda ovqatlanib,xato qilishini, aslida esa tongda ovqatlanib,peshingacha ishlab ,keyingi taomlanishni peshinda qilish kerakligini va kechki ovqatni yemaslik kerakligini tayinlaydi,chunki ertalabki taom peshingacha,peshingi taom kechgacha hazm bo’ladi,lekin kechgi taom hazm bo’lmay qolib oshqozon bilan bog’liq turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.Bugungi kunda bu maslahatlar odamlarga to’g’ri ovqatlanishiga turtki bo’loladi desak hech mubolag’a bo’lmaydi.Hozirda hatto shifokorlar ham Kaykovusning XII asrdagi ushbu fikrlarini e’tirof etishmoqda. Asarda hunar o’rg
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Kaykovusning “Qobusnoma” asari haqida ma’lumotlar berilgan va uning hozirgi davrdagi ahamiyati yuzasidan fikrlar bayon qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Kaykovusning “Qobusnoma” asari haqida ma’lumotlar berilgan va uning hozirgi davrdagi ahamiyati yuzasidan fikrlar bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, hozirgi davr, Qobusnoma, Kaykovus, bilim, ahamiyat., odob-axloq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025