Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“RAVSHAN” DOSTONIDA PORTRET TASVIRI
TUROBOVA ZAYNAXOL TUYCHI QIZI
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada portret tasviri nimaligi,uning turlari va « Ravshan » dostonidagi portretlar haqida fikrlar bayon qilingan. Kalit so’zlar :portret,xalq og’zaki ijodi,obraz, personaj,doston,baxshi. Badiiy asar,she’r yoki xalq dostonlari haqida so’z borar ekan,unda badiiy qahramon muhim ahamiyat kasb etadi.Negaki,asarning tushunarli shu bilan birgalikda, ta’sirli bo’lishi uchun,avvalombor,obraz mantiqan shakllangan bo’lishi kerak.Bu jihatdan portret janri yozuvchiga yordamchi vazifasini o’taydi. « Portret »-fransuzcha « portraire » so’zidan olingan bo’lib « tasvirlamoq » degan ma’noni bildiradi.U personajning so’z vositasida tashqi ko’rinishi(yuzining tuzilishi,gavdasi,kiyimi,tana harakati, qiliqlari)ni kitobxon tasavvurida jonlantiradigan,to’laqonli inson obrazini yaratish va uning xarakterini ochish vositalaridan biridir.Portret epik asarning kompozitsion unsuri bo’lmish tavsifning bir ko’rinishi hisoblanadi.Portret shartli ravishda 2 ga bo’linadi : statik va dinamik. Statik portretda personajning tashqi ko’rinishi syujet voqeasi to’xtatilgan holda ancha mufassal,detallashtirib chiziladi.Odatda, bunday portretlar personaj asar voqeligiga ilk bor kirib kelgan pallada beriladi. Dinamik portret deganda esa mufassal tasvir emas, balki voqea va dialoglar tasvirida, ya’ni harakat davomuda berib boriluvchi personaj tashqi ko’rinishiga xos ayrim detallar ko’zda tutiladi.Bunday portret detallari ko’proq remarkalardan joy oladi va personajning ayni paytdagi ruhiy holatini ifodalashga xizmat qiladi. Выпуск журнала №-23 Часть–3_Апрел –2025 152 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Portret tasvirini xalq og’zaki ijodi bo’lmish Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan « Ravshan» dostoni misolida ko’rib chiqishga harakat qilamiz.Ushbu doston Turkiy xalqlarining ko’plab afsonaviy va tarixiy dostonlari kabi o’zining kuchli ma’naviy va axloqiy mazmuni bilan ajralib turadi. « Ravshan » dostoni,asosan, o’zbek xalqining urf-odatlari,adolat, halollik va boshqa yuksak qadriyatlarini yoritadi.Ko’pgina yozuvchi va adiblar bu dostonni o’zbek xalqining ruhiy va madaniy boyliklarini ifodalovchi yuksak asos sifatida qadrlashadi va unga nisbatan ilig’ fiklar bildirishadi.Quyida bir qancha misollar : Abdujabbor Ahmedov(O’zbek adabiyotshunosi) : « Ravshan » dostoni xalqning tarixiy madaniy xazinasining ajralmas qismidir.Doston o’zbek xalqining milliy va ma’naviy qadriyatlarini saqlashdi katta rol o’ynaydi.Ravshan nafaqat adolatli,balki xalqni yuksak ma’naviyatga olib borishga intilgan shaxsdir. Rauf Parfi(o’zbek adabiyotshunosi) : « Ravshan » dostoni o’zining badiiy ma’naviy salohiyati bilan og’zaki ijodining ajralmas qismidir.Bu doston nafaqat o’zbek xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlarini ifodalaydi, balki undagi qahramonlik ,adolat va halollik singari g’oyalar zamonaviy jamiyat uchun ham katta ahamiyatga ega.Ravshan nafaqat shaxsiy qahramon,balki xalqning o’ziga xos timsolidir. G’afur G’ulom(o’zbek shoir va yozuvchisi) : « Ravshan » dostoni xalq og’zaki ijodining eng yaxshi namunalaridan biridir.Ushbu doston xalqning ichki kuchini, uning adolatga bo’lgan intilishlarini va yurtni himoya qilishdagi azm- u shijoatini ajoyib tarzda ifodalaydi.Ravshanning qahramonligi xalqning o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Shukur Xolmirzayev(o’zbek adabiyotshunosi) : « Ravshan »dostoni o’zbek xalqi og’zaki ijodining eng muhim xazinalaridan biridir.Dostonni o’qiyitgan odam nafaqat Ravshanning jasorati va adolatliligi,balki xalqning o’ziga xos ruhiyatini, uning qadriyatlarini chuqur tushunadi.Ushbu doston xalqqa chinakam madaniy va axloqiy saboqlar berishda katta ahamiyat kasb etadi. Выпуск журнала №-23 Часть–3_Апрел –2025 153 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Zokirjon Madvaliyev(o’zbek yozuvchisi va adabiyotshunosi) : « Ravshan » dostonining asosiy g’oyasi yurtni sevish adolatni tiklash,yomonlikka qarshi turishdir.Bu doston o’zbek xalqining axloqiy qadriyatlarini o’zida aks ettirgan eng yaxshi namunadir.Ushbu dostonni nafaqat adabiyot,balki ijtimoiy hayotimizning ajralmas qismi deb hisoblash mumkin. Muhammad Solih(O’zbek shoiri) : « Ravshan » dostoni xalqimizning eng yaxshi xususiyatlarini-adolatni ,halollikni,yurtdoshlariga muhabbatni o’zida mujassam etgan asardir.Doston qahramoni Ravshan xalqning umidlarini o’zida jamlaydi va u haqiqiy xalq qahramonining timsoliga aylanadi. Zaynabiddin Shamsiyev(o’zbek adabiyotshunosi) : « Ravshan » dostoni xalqning yuksak axloqiy me’yorlarini yoritadigan,adolat va halollik kabi qadriyatlarni targ’ib etuvchi dostondir.Dostonning yurtparvarlik vatanni sevish g’oyalari hozirgi kunda ham dolzarbdir. Dostonda ko’plab qahramonlarni uchratishimiz mumkin.Masalan,Ravshan, Hasanxon, Avazxon, Xon Dalli, Aynoq kal,Jaynoq kal, Misqol pari, Yunus pari,Gulanor va h.klar. Dostonning asosiy qahramoni Ravshan bo’lib ,dostonda u haqida dinamik portret keltirilgan : « Ravshanbek o’n besh-o’n olti yoshida,zarli qalpoq boshida,yuzi yarqirab,eshikdan salom berib kirib keldi ».Bu portret orqali nafaqat Ravshanning ayni kamolot yoshida ekanligi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada portret tasviri nimaligi,uning turlari va « Ravshan » dostonidagi portretlar haqida fikrlar bayon qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada portret tasviri nimaligi,uning turlari va « Ravshan » dostonidagi portretlar haqida fikrlar bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- portret, xalq og’zaki ijodi, doston, baxshi., personaj, obraz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026