Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILINI O ‘QITISHDA TURLI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH · Qazaqova Sarvinoz Jahongir qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqola boshlang‘ichsinf ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quvchining shaxsiy takomillanishi, rivojlanishi,bilim olishidagi roli haqida Kalit so‘z:Innovatsiya, texnologiya, pedagogika, metod, interfaol metodlar, shaxsiy takomillanish Bugungi taʼlim jarayoni vaqtida interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʼquv darslari jarayoni mobaynida foydalanishga boʼlgan intilish, eʼtibor kundan – kunga ortib bormoqda. Oʼqituvchi ushbu jarayonda oʼquvchining shaxsiy takomillanishi, rivojlanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga muhit yaratadi va shuning bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yoʼnaltiruvchilik funktsiyasini ham bajaradi. Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon,shuningdek oʼqituvchi faoliyatiga yangilik, oʼzgarishlar kiritish boʼlib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan keng foydalaniladi. Ma'lumki, ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning yuzdan ortiq turi mavjud boʼlib, ularning ayrimlari tajriba-sinovdan oʼtib, yaxshi natija ko'rsatgan. Keng qoʼllaniladigan usullar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-soʼrov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda keng ko'lamli natijalarga erishish mumkin. Darsning oʼtilgan mavzuni soʼrash jarayonida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi”uslublarini, yangi mavzuni tushuntirish vaqtida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash jarayonida “Venn diagrammasi”, “Baliq Выпуск журнала №-23 Часть–3_Апрел –2025 162 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil yetuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBXB” texnologiyalarini dars mobaynida qoʼllash dars samaradorligini taʼminlab, oʼquvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Innovatsion texnologiyalarni boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida joriy etishning eng ahamiyatli jihatlaridan biri - bu o‘quvchilarning o‘z fikr va g‘oyalarini bayon qilishga yo‘naltirilgan harakatlarning rag‘batlantirilib borilishidir. Masalan, boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida aniq fan bo‘lganligi uchun o‘qituvchilarda fikr va g‘oyalar muammoli vaziyatlar orqali turmushda uchraydigan muommoli holatlar va undan chiqib ketishning maqbul yo‘llarini topishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Kundalik hayotdagi ehtimoliy munosabatlarni, tabiat va tabiiy hodisalarning o‘rtasidagi aloqalarni badiy ko‘rinishi tarzida yoritish asosida vujudga keltirilgan muammolarni hamkorlikda, ro‘lli o‘yinlar orqali hal etishi mumkin. Bunday syujetli - ro‘lli o‘yinlarni jamiyat yoki tabiatga bog‘liq darslikdagi maqsadlardan va mashqlardan oladi. Innovatsion texnologiya asosida tashkil qilingan darsning samaradorligi an’anaviy dasrdan ko‘ra ancha yuqori bo‘ladi. Sababi unda o‘quvchilarga mavzu yanada tushunarliroq bo‘lishi maqsadida turli xil texnika va texnologiyalardan foydalaniladi. Texnika-biror maqsadi muvaffaqiyatli bajarish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va texnologiyalarni ifodalovchi umumiy bir tushuncha. Bu dasturiy, mexanik, elektr, optika yoki boshqa sohalarda qo‘llaniladigan vositalar va tizimlarni o‘z ichiga oladi. Texnologiya-ilg‘or usullar, vositalar va texnik vositalarni amalga oshirish orqali foydalaniladigan, ma’lim bir maqsadni muvaffaqiyatli bajarish uchun qo‘llaniladigan xususiy tizim va barchasini ifodalovchi umumiy tushunchadir[6]. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi. Ilg‘or texnologiya vositalardan foydalanish o‘quvchilarda darsga bo‘lgan qiziqishni yuqori darajada oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli pedagog dars jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanishi zarur. Innovatsion ta’lim texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq etish o‘qituvchida quyidagi bilim va ko‘nikmalar bo‘lishini talab etadi: -AKT bo‘yicha Выпуск журнала №-23 Часть–3_Апрел –2025 163 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT puxta ko‘nikmaga ega bo‘lishi; -ilg‘or ta’lim texnologiyalarini puxta egallashi; -yangi pedagogika texnologiyalar bilan birgalikda xorijiy texnologiyalardan xabardor bo‘lishi; -ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik o‘yin va interfaol usullardan keng foydalana olishi; -dars mobaynida turli harakatli o‘yinlardan foydalanishi; -o‘z ustid uzluksiz ishlashi,yangiliklardan doimiy ravishda xabardor bo‘lishi lozim. Innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan darslarning samaradorligi nima uchun yuqori bo‘ladi? Sababi innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan darslarda o‘qituvchi dars jarayonini tashkil etishdan oldin uning har bir qismi va bo‘limini foydalanayotgan AKT vositalariga kirgizishi, ya’ni darsdan oldin uni to‘liq har bir daqiqasigacha ishlab chiqishi, qo‘shimcha material va vositalar uchun yanada iz
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola boshlang‘ichsinf ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quvchining shaxsiy takomillanishi, rivojlanishi,bilim olishidagi roli haqida Kalit so‘z:Innovatsiya, texnologiya, pedagogik…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola boshlang‘ichsinf ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quvchining shaxsiy takomillanishi, rivojlanishi,bilim olishidagi roli haqida Kalit so‘z:Innovatsiya, texnologiya, pedagogik… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- texnologiya, metod, pedagogika, Innovatsiya, interfaol metodlar, shaxsiy takomillanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025