Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PUL OQIMLARI TO’GRISIDAGI HISOBOTNI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH · Saatova Nargiza Kayum qizi – · Ilmiy rahbar: A.N.To’rayev
Современное образование и развитие · 2020
Аннотация
This article describes how to prepare a cash flow statement using the direct method based on International Financial Reporting Standards. In our country, only the direct method is used in the preparation of cash flow statements, so the introduction of the direct method by us will help to increase investor confidence in financial statements. Keywords: cash, cash equivalents, cash flow statement, direct method, operating activity, investment activity, financial activity, financial statement, receipts from customers, payments to suppliers for goods and services, payments to employees, profit tax payments. Moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha tuzish lozimligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ- 4611 sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi qaroriga asosan belgilangan. [2] Shundan kelib chiqqan holda, Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni xalqaro standartlar asosida tuzish lozimligi belgilanadi. Xalqaro amaliyotda investitsiyalat asosiy e’tiborni moliyaviy hisobotning shakllaridan biri bo’lgan pul oqimlari to’g’risidagi hisobotga qaratadi.Sababi, sub’ektga qancha pul kirishi va chiqishi ko’p bo’lganligi ularning qiziqishiga zamin uyg’otadi. Выпуск журнала №-23 Часть–3_ Апрель –2025 214 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobot, boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda foydalanilganda, foydalanuvchilarga xoʼjalik subʼektining sof aktivlaridagi oʼzgarishlarni, ularning moliyaviy strukturasi (likvidligi va toʼlov qobiliyati)ni va oʼzgarayotgan imkoniyatlar va sharoitlarga moslashish maqsadida oʼzining pul oqimlari summasi va muddatlariga taʼsir koʼrsata olish qobiliyatini baholash uchun maʼlumot bilan taʼminlaydi. Pul oqimlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar xoʼjalik subʼektining pul mablagʼlari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish imkoniyatlarini baholashda foydalidir, hamda foydalanuvchilarga har xil xoʼjalik subʼektlariga tegishli kelgusi pul oqimlarining joriy (keltirilgan) qiymatini baholash va solishtirish modellarini ishlab chiqish imkonini beradi. [10] Pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xoʼjalik yurituvchi subʼektning moliyaviy ahvolidagi oʼzgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani toʼgʼrisidagi axborot bilan taʼminlaydi. Pul oqimlari toʼgʼrisidagi xisobot pul tushumlari va toʼlovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat. Operatsion faoliyat natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining summasi - xo’jalik sub’ekti, moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojat qilmasdan, o’z operatsion faoliyatidan yuzaga kelgan qarzlarini to’lash, o’zining operatsion faoliyatini yurgizish qobiliyatini saqlash, dividendlarni to’lash va yangi investitsiyalar qilish uchun yetarli bo’lgan pul oqimlarini qay darajada hosil qilganligini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichdir. Operatsion faoliyatidan oldingi davrlarda kelib chiqqan pul oqimlarining alohida tarkibiy qismlari to’g’risidagi ma’lumot, boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda, operatsion faoliyat bo’yicha hosil bo’ladigan kelgusi pul oqimlarini prognoz qilishda foydalidir. Operatsion faoliyat boʼyicha pul oqimlarini aks ettirish [11] (BHMSda quyidagilar ochib berilmagan): Tadbirkorlik subʼektlari operatsion faoliyat boʼyicha pul oqimlarini bevosita usulni qoʼllash orqali hisobotda koʼrsatishi maʼqullanadi. Bevosita usulni qoʼllash natijada kelgusi pul oqimlarini baholash uchun foydali boʼlishi mumkin boʼlgan Выпуск журнала №-23 Часть–3_ Апрель –2025 215 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT hamda bilvosita usulni qoʼllashda aks ettirilmaydigan maʼlumotlar taʼminlanadi. Bevosita usul qoʼllanilganida, yalpi pul tushumlari va yalpi pul toʼlovlarining asosiy toifalari toʼgʼrisidagi maʼlumotni quyidagi yoʼllar bilan olish mumkin: tadbirkorlik subʼektining buxgalteriya hisobi maʼlumotlaridan; yoki umumlashgan daromad toʼgʼrisidagi hisobotda aks ettiriladigan sotishdan tushum, sotish tannarxi (moliyaviy institutlar uchun foizlar va shunga oʼxshash daromadlar hamda foiz xarajatlari va shunga oʼxshash xarajatlar) va boshqa moddalarni quyidagilarga tuzatish orqali: davr mobaynida tovar-moddiy zaxiralardagi va operatsion debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi oʼzgarishlar; boshqa pul mablagʼlari harakatlanmaydigan moddalar; va investitsion yoki moliyaviy faoliyat boʼyicha pul oqimlarini keltirib chiqaradigan boshqa moddalar. Xo‘jalik yurituvchi sub'ekt operatsiya faoliyatidan vujudga kelgan pul mablag‘lari harakatini quyidagilardan foydalanib, ochib beradi: Yalpi pul tushumlari va yalpi pul to‘lovlari asosiy turlari ochib beriladigan bevosita usul; Bilvosita usul. Bu usulga muvofiq sof daromad yoki zararga joriy aktivlar va majburiyatlarning o‘zgarishiga, ishonchsiz operatsiyalarga, shuningdek operatsiya investisiya yoki moliya faoliyati natijasida olingan daromadlar va ko‘rilgan zararlarga q
Доказательный фрагмент
«This article describes how to prepare a cash flow statement using the direct method based on International Financial Reporting Standards.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes how to prepare a cash flow statement using the direct method based on International Financial Reporting Standards. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cash, cash equivalents, cash flow statement, direct method, payments to employees, receipts from customers, operating activity, investment activity, financial statement, profit tax payments., financial activity, payments to suppliers for goods and services
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026