К содержанию
РецензированоUZ1944

MAQSUD SHAYXZODANING IJODI – OLTIN MEROS SIFATIDA

Aktamova Aziza Utkir qizi

Современное образование и развитие · 176-178 · 1944

Аннотация

Ushbu maqolada Maqsud Shayxzoda ijodi oʻzbek adabiyotida asar qahramonlarining obrazida ifodalangan jasurlik, adolatlilik, teran fikrlik, xalqparvarlik kabi sifatlar yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyati haqida soʻz borgan. Kalit soʻzlar: ijod, jasurlik, adolatlilik, teran fikrlik, xalqparvarlik, adabiyotshunos Maqsud Shayxzodaning ijodi shu qadar qiziqki u faqat bir yo`nalishda emas balki turli xil yo`nalishlarda juda qiziq faoliyat ko`rsatgan Shayxzoda ko‘p qirrali iste’dod sohibi bo`lgan. U she’rlar va dostonlar bilan birga, juda yuksak badiiy quvvatga ega bo‘lgan dramalar ham yaratadi. Shayxzoda umrining so‘ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan “Beruniy” dramasini hisobga olmaganda ham, uning “Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug‘bek” dramalari allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qoldi. Shayxzoda ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan “Jaloliddin Manguberdi” (1944) tragediyasida o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. Oybek bilan G‘afur G‘ulom o‘sha vaqtda asarga yuqori baho berishib: “Tarixiy jarayonning haqiqiy mazmunini, uning ichki ma’nosini” ochib bergan deyishgan edi.1946 yilgacha “Jaloliddin Manguberdi” dramasidan ayrim parchalar “Armug‘on” to‘plamida bosilgan edi. Shundan keyin 43 yil davomida asar tilga olinmadi va dunyo yuzini ko‘rmadi. Asar sahnadan olingandan keyin ko‘p o’tmay Shayxzoda qamaladi. Bu asarga o‘tmish ideallashtirilgan degan siyosiy ayb qo‘yiladi. Musodara etilgan buyumlar ichida dramaning qo‘lyozmasi ham bor edi. Muallif oqlanib, qaytib kelganidan keyin muayyan tashkilotlar “yo‘qoldi” degan bahonalar bilan qo‘lyozmani qaytarib bermadilar. Shayxzoda uni bir necha yil qidirishga majbur Выпуск журнала №-23 Часть–3_ Апрель –2025 310 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bo‘ldi va nihoyat, teatrning sobiq suflyorlaridan uning bir nusxasini topishga muvaffaq bo‘ladi. Lekin shunda ham asarning matni e’lon qilinmay qolaveradi. Taqdirning o‘yinini qarangki, muallif bu asarining chop etilganini ko‘rmay olamdan ko‘z yumdi. “Jaloliddin Manguberdi”ning to‘la matni birinchi marta Bokuda ozarbayjon tilida Shayxzodaning ikki jildlik saylanmasida bosilib chiqarildi. Faqatgina 1988 yildagina Jaloliddin Manguberdi” birinchi marta o‘zbek tilida yozuvchining “Boqiy dunyo” degan kitobida to‘la bosilib chiqarildi. Shayxzodaning yozuvchilik va ijodkorlik zehnining o‘tkirligi yana bir bor isbotlanadi. Maqsud Shayxzodaning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan yana bir ulkan hissasi “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasidir. Tragediya 1964 yili yoziladi, o‘sha yili bu asar Hamza teatri sahnasida qo‘yiladi, keyinchalik uning asosida kinofilm yaratiladi. Shayxzoda adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali qalam tebratib, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish“, „Shirin bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh.Rustaveli, A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, A.N.Ostrovskiy, T.G.Shevchenko, A.P.Chexov singari namoyandalariga bagʻishlangan asarlar yezadi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va tanqidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qoʻshadi. Maqsud Shayxzoda yuksak ilm egasi sifatida butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan to‘la bo’ldi. Uning she’riy, dramatik asarlari qaysi mavzuga bag‘ishlangan bo‘lmasin, zamona bilan hamohangdir. Shuning uchun ham ijodkorning shu tipdagi bevosita publitsistika janrida xizmat qilishi tasodifiy hol emas. Uning zo‘r badiiy janrga ega bo‘lgan publitsistik maqolalari va nutqlari ushbu iste’dodli adib ijodining mazmundorligi va rang-barangligidan yorqin nishonadir. Iste’dodli shoir mohir tarjimon ham edi. U jahon adabiyoti mumtoz shoirlarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda katta xizmat qiladi. Jumladan, Shekspirning “Hamlet” hamda “Romeo va Juletta” asarlari o‘zbek drama teatrlari sahnasida Shayxzoda tarjimasida sahnalashtiriladi. Shoir mahoratining o‘sishiga, uning jahon adabiyotining klassik asarlarini g‘oyat sevib o‘rgangani, ularning boy badiiy Выпуск журнала №-23 Часть–3_ Апрель –2025 311 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tajribasini ustalik bilan o‘zlashtirgani ham sabab bo‘ldi. U G‘arbiy Yevropa va rus adabiyotini mukammal bilgani holda o‘zining Vatan adabiyotini - Sharq she’riyati merosini ham to‘la o‘rgangan edi. Maqsud Shayxzodani 50-yillar boshida mutlaqo asossiz ravishda qamoqqa oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Stalin vafot etgach, tuhmat bilan nohaq qamalganlarning ishi qayta ko‘rildi. Shu tariqa 1955 yili ko‘pgina fidoyi ziyolilarimiz qatori Shayxzoda ham oqlanib chiqdi. Lekin 5 yillik qamoqxona azoblari natijasida shoirning sog‘ligi juda yomonlashib qolgan edi. Shunga qaramay, umrining oxirigacha 10 yil davomida baland uyning eng yuqori qavatida yashashga majbur bo‘ldi. Ana shunday og‘ir sharoit va xas

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Maqsud Shayxzoda ijodi oʻzbek adabiyotida asar qahramonlarining obrazida ifodalangan jasurlik, adolatlilik, teran fikrlik, xalqparvarlik kabi sifatlar yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyati haqida soʻz bor…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Maqsud Shayxzoda ijodi oʻzbek adabiyotida asar qahramonlarining obrazida ifodalangan jasurlik, adolatlilik, teran fikrlik, xalqparvarlik kabi sifatlar yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyati haqida soʻz bor… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jasurlik, adabiyotshunos, ijod, xalqparvarlik, adolatlilik, teran fikrlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники