К содержанию
РецензированоUZ1941

MAQSUD MAQSUMBEK OʻGʻLI SHAYXZODA (MAQSUD SHAYXZODA)

Aktamova Aziza Utkir qizi

Современное образование и развитие · 1 · 235- 239 · 1941

Аннотация

Maqsud Shayxzodaning butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan to‘la. Uning sheʼriy, dramatik asarlari qaysi mavzuga bag‘ishlangan bo‘lmasin, zamona bilan hamohangdir. Shuning uchun ham shu tipdagi ijodkorning bevosita publitsistika janrida xizmat qilishi tasodifiy hol emas. Uning zo‘r badiiy janrga ega bo‘lgan publitsistik maqolalari va nutqlari bu isteʼdodli adib ijodining mazmundorligi va rang-barangligidan yorqin nishonadir. Kalit soʻzlar: sheʼriy ijodida, ijod, jasurlik, adolatlilik, teran fikrlik, xalqparvarlik, adabiyotshunos Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot bagʻishladi. U umrining so‘nggi yillarida Beruniy toʻgʻrisida so‘nggi sahna asarini yozdi. Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozibgina qolmay, adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan. 1941-yildayoq „Genial shoir“ monografiyasini eʼlon qilgan Shayxzoda umrining so’nggi kunlariga qadar Navoiy hayoti va ijodi bilan muttasil shugʻullanib keldi. Aslida qondosh ozarbayjon naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek xalqining chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong taratgan Maqsud Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida tug‘ildi. Otasi Maʼsumbek elu-yurtda katta obro‘ga ega shifokor edi. U Navoiyning 500 yilligi munosabati bilan yozgan „Navoiyning lirik qahramoni haqida“ (1948) maqolasidan keyin „Navoiy lirikasining baʼzi bir poetik Выпуск журнала №-23 Часть–3_ Апрель –2025 323 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT usullari haqida“ (1959), „Ustodning sanʼatxonasida“ (3 qismli maqola, 1965—66), „Gʻazal mulkining sultoni“ (1966), „Tazkirachilik tarixidan“ (1968) singari yirik ilmiy tadqiqotlar yaratib, navoiyshunoslik fanini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish“, „Shirin bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh. Rustaveli, A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, A.N. Ostrovskiy, T.G. Shevchenko, A.P. Chexov singari namoyandalariga bagʻishlangan asarlar yozdi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va tanqidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qoʻshdi. Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim roʻl oʻynadi. U Sh. Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon“ (hamkorlikda) eposi, U. Shekspirning sonetlari, A.S. Pushkinning sheʼrlari, „Mis chavandoz“ dostoni, „Motsart va Salyeri“ tragediyasi, M.Yu. Lermontovning sheʼrlari va „Kavkaz asiri“ dostonini, shuningdek, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali, Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qildi. U sanʼat va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqardi, Oqtosh ziyolilar bilan turli masalalarda suhbatlashardi. Yosh Maqsud Nizomiy va Firdavsiy, Navoiy va Fuzuliy, Pushkin va Shekspir kabi buyuklar nomini ilk dafʼa ana shu suhbatlarning birida eshitadi va bu muhit unga adabiyotga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi. Maqsud Shayxzoda Oqtoshda ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921-yili Boku dorilmualliminiga o‘qishga kiradi va uni tugatgach Dog‘istonning Darband, Bo‘ynoq shaharlarida muallimlik qilgan. U 1926-yili Adhem Fayziy tashkilotiga aʼzo etilgan “Milliy firqa” tashkilotiga aʼzo bo‘lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani uchun 1928-yili hibsga olinib, Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar shu yerda yashab, ijod qilgan. Albatta, sho‘ro hukumati Shayxzodani O‘zbekistonda ham taʼqiblar va tahqirlardan benasib qoldirgani yo‘q. Выпуск журнала №-23 Часть–3_ Апрель –2025 324 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Muhimi shundaki, Shayxzoda “toleʼ doim erkalamaganiga” qaramay, umrining oxiriga qadar o‘zbek xalqining sadoqatli farzandi sifatida faoliyat ko‘rsatdi va O‘zbekiston uning ikkinchi vatani bo‘lib qoldi. Shayxzoda Toshkentga kelgach, avval Narimonov nomidagi texnikumda dars beradi, keyin “Sharq haqiqati”, “Qizil O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida ishlaydi. 1929-yili yosh shoirning o‘zbek tilidagi dastlabki sheʼri “Sharq haqiqati” gazetasi sahifalarida bosilib chiqadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shayxzodaning birinchi to‘plami “O‘n sheʼr”, keyinroq “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935) kabi to‘plamlari nashr etiladi. Maqsud Shayxzoda “xalqimizning mehnat qahramonligi, kurash va jang, ozodlik va do‘stlik, baxt va alam, yurtning go‘zal manzaralari va insonning maʼnaviy jamoli mening qalamimga oshno, dilimga mazmun bo‘lib keldi” deb taʼkidlagan edi. Shoirning bu fazilatlari, eng avvalo, hayotdagi, voqelikdagi va odamlarimizning ruhiy ola

Доказательный фрагмент

«Maqsud Shayxzodaning butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan to‘la.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqsud Shayxzodaning butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan to‘la. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jasurlik, adabiyotshunos, sheʼriy ijodida, ijod, xalqparvarlik, adolatlilik, teran fikrlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники