К содержанию
РецензированоUZ2025

O'ZBEKISTON XUDUDIDA EGRI BOShLI GIJJA (ANCYLOSTOMA DUODENALE) NING UChRAShI VA TARQALIShI

Sharipova Farida Salimdjanovna · Qulmatova Mavjuda Panji qizi · Yo’ldoshaliyev Bekmurod Abdumalik o’g’li

Современное образование и развитие · 39 · 2025

Аннотация

Maqolada parazitar kasalliklar uchrash darajasi, ularning tibbiy - ijtimoiy ahamiyati, mamlakatlar uchun yetkazatgan iqtisodiy zarari, katta yoshdagi aholi ayniqsa bolalar hayot sifatining yomonlashuvi ushbu patologiyalarga jiddiy ahamiyat berish kerakligini ko'rsatadi. Shunday bo'lsa hamki, ushbu kasalliklar allergologik va immunologik jihatlari, immunopatogenetik xususiyatlari oxirigacha ochib berilmagan. Hozirgi kunda odamlar, hayvonlar va o'simliklarning hisobiga yashovchi parazitlarning 15 mingdan ziѐd turi ma'lum va insonlarda ko'proq askaridalar, ostritsalar, qilbosh gijjalar qiyshiq boshli gijja uchraydi. Kalit so’zlar: Gelment, spikula ,parazit Gelьmintlar odam organizmining nafas olish, ovqat hazm qilish, muskullari, jigar, o't pufagi, taloq, kon, miya, ko'z va boshqa a'zolarida parazitlik qiladi. Aholining sog'lig'ini belgilovchi omillardan biri ijtimoiy jihatlar bilan bog'liq kasalliklar, jumladan protozoonoz va gelmintlar bo'lib, ularning barchasi parazitar kasalliklarning 99% ni tashkil etadi . Ilmiy manbalarda e'tirof etilishicha, odam va hayvonlarning a'zo va to'qimalari hisobiga yashovchi gijjalar (gelmintlar), ular keltirib chiqaradigan kasalliklar gelmintozlar deyiladi. Kasallik manbai bemor odam va gijjalar bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi Выпуск журнала №-23 Часть–3_ Апрель –2025 330 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT . Parazitizm (grekcha parasitos - tekinxo'r, hamtovoq) har xil turga mansub organizmlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlardan biridir. Bunda organizmlardan biri (parazit) ikkinchisidan (xo'jayin) yashash muhiti va oziqa manbai sifatida foydalanib, unga zarar yetkazadi. Parazitlar bir hujayrali (sarkomastigofora, sporali, knidosporidiya, mikrosporidiya va infuzoriyalar) hamda ko'p hujayrali hayvonlardan (yassi chuvalchanglar, tikanboshlilar, to'garak chuvalchanglar va bo'g'imoѐqlilar) tiplari tarkibida uchraydi Egri boshli gijja (Ancylostoma duodenale). Egri boshli (qiyshiq) gijja odamning o'n ikki barmoq ichagida parazitlik qiladi, uning chaqiradigan kasalligini ankilostomidoz deyiladi. Ankilostomidoz shaxtyorlar, yer qaziydigan ishchilar va qishloq, xo'jaligi xodimlari orasida ko'proq uchraydi, ba'zi joylarda esa kasbga aloqador kasallik hisoblanadi. M o r f o l o g i k t u z i l i sh i . Urg'ochisining uzunligi 10 — 18 mm, erkaginiki esa 8—11 mm bo'ladi. Tanasining rangi oqimtir-kul rang bo'lib, bosh tomoni orqaga qarab egilgan, shu sababdan egri boshli yoki qiyshiq boshli gijja deyiladi. Og'iz tomoni og'iz kapsulasi bilan o'ralgan bo'lib, uning ichida kutikulali tishlari joylashgan. Ankilostomalar o'n ikki barmoq ichakda yashab, uning shilliq qavatiga yopishib oladi va og'iz kapsulasidagi tishlari bilan ichak devorini shikastlaydi. Hosil bo'lgan yaralardan qon oqadi, parazitlar shu qon bilan oziqlanadi. Demak, ankilostoma qil boshli gijja singari, gematofagdir. Ichak devoridagi yaralar yallig'lanadi, yiringlaydi. Urg'ochisida tanasining orqa tomoni uchli bo'lib, erkagida esa uchi kengaygan va jinsiy xaltachaga aylangan bo'ladi. Spikulalari — jinsiy kopulyativ apparat ikkita bo'ladi. Выпуск журнала №-23 Часть–3_ Апрель –2025 331 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tip Yumaloq chuvalchanglar (Nemathelminthes) аsl Yumaloq chuvalchanglar (Nematoda) 4 3 1 3 2 а б 1-rasm Qiyshiq boshli gijja tuzilishi va rivojlanishi R i v o j l a n i sh s i k l i. Ankilostomalar o'n ikki barmoq ichakda kopulyatsiya qiladi. Urug'langan urg'ochisi har kuni 10000 dan ortiq tuxum qo'yadi. Tuxumlari bemor axlati bilan tashqariga chiqadi. +ulay tashqi muhitda (harorat 25—27S) 24 soat o'tgach tuxumlardan lichinkalar chiqadi. Rabditli lichinkalar (lichinkalarning rivojlanishini I—chi) davri tuproqqa tushib, chirigan organik moddalar bilan oziqlanadi va ikki marta tullaydi. Ikkinchi marta tullaganda ustidagi pardasi ajraladi, lekin tushib ketmaydi, hu sababdan lichinka go'yo jild ichida yotgandek bo'ladi. Bu davrdagi lichinkalar filyariyasimon lichinkalar bo'lib, odam uchun invazion hisoblanadi. Invaziya odatda, lichinkalarning odamni oyoq yoki qo'l terisi orqali kirishi bilan yuz beradi. Xo'jayini terisiga kirib olgan lichinkalar qon tomirlar sistemasiga o'tib, birinchi yurakka, so'ng o'pka kapillyarlariga boradi va alьveolalarga Выпуск журнала №-23 Часть–3_ Апрель –2025 332 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tushadi. Alьveollalarga tushgan lichinkalar asta-sekin nafas yo'llari orqali ( bronxlar, traxeya, hiqildoq) halqumga og'iz bo'shlig'iga tushadi va yutiladi, o'n ikki barmoq ichakda lichinkalar ichak shilliq pardasiga yopishib rivojlanadi va voyaga yetadi. Bunday yuqish yo'li faol invaziya deyiladi. Lekin ankilostomidoz nofaol yo'l, ya'ni sust (passiv) yo'l bilan ham yuqishi mumkin. Masalan, odam filyariyasimon lichinkalar bilan ifloslangan ovqatni yeganda yoki suv ichganda lichinkalar ichakka tushadi va rivojlanib, voyaga yetadi. Sust invaziya lichinkalar migratsiyani o'tashi shart emas. Voyaga ankilostomalar 2 yildan 5-8 yilgacha yashashi mumkin. Egri boshli gijjaning patogen ta'siri juda katta b

Доказательный фрагмент

«Maqolada parazitar kasalliklar uchrash darajasi, ularning tibbiy - ijtimoiy ahamiyati, mamlakatlar uchun yetkazatgan iqtisodiy zarari, katta yoshdagi aholi ayniqsa bolalar hayot sifatining yomonlashuvi ushbu patologiy…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada parazitar kasalliklar uchrash darajasi, ularning tibbiy - ijtimoiy ahamiyati, mamlakatlar uchun yetkazatgan iqtisodiy zarari, katta yoshdagi aholi ayniqsa bolalar hayot sifatining yomonlashuvi ushbu patologiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
parazit, spikula, Gelment
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники