К содержанию
РецензированоEN2025

BADIIY ADABIYOTDA “OTA” OBRAZI TALQINI

Inobat Bazarbayeva

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

In this article, the image of "Father", a typical character who embodies all human characteristics and does not lose its place in fiction, is presented through the story "Father" by Nabi Jalaluddin, which shows the characteristics of a certain group of social class representatives in a certain period and the direction of will, fortitude, endurance, kindness, through the image of the father. Keywords: type, typical character, image, image, character, hero, modern. Абстрактный: В данной статье рассматривается образ «Отец», типичного персонажа, не теряющего своего места в художественной литературе, «Отец», включающий в себя все человеческое производство, по той информации, которую определенная группа социального класса показывает через рассказ «Отец», по информации, которую определенная группа показывает социальный класс, проблемы и руководство волей, родителями, поступками, поведением, руководство в норме, последствия родителей, разрушение родителей позволяет. Ключевые слова: медицина, типический персонаж, образ, символ, персонаж, герой, современник. Hikoyada davr va qahramon masalasi ijtimoiy hayot tasviri, xarakter talqini asarning asosiy binoni tashkil etadi. Yozuvchi bu tushunchalarning barchasini Выпуск журнала №-23 Часть–4_ Апрель –2025 15 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT mukammallashtirgan holda hikoyani yaratadi. Hikoya uzoq davrdan beri didaktik maʼno kasb etib insonlarga oʻzgalar turmushi orqali xulosa chiqarish va ularni yaxshilikka yetaklash, insoniy fazilatlarni shakllantirish uchun xizmat qilib kelgan ham hikoya janri badiiy adabiyotda tarbiyaviylik jihati ustuvorligi bilan ham alohida ahamiyatga egadir. Mana shu barcha xususiyatlarni Nabi Jaloliddinning “Ota” hikoyasi orqali koʻrish mumkin. Hikoya hayotiy lavhalar asosida qurilgani, ortiqcha boʻrttirilmagan tasvir va ohang sezilmaydi. Yozuvchi ochib bermoqchi boʻlgan asosiy gʻoya va mazmun ota obrazining qanchalik fidoyiligi, mehr-oqibati va oilaga boʻlgan masʼuliyati, shuningdek, otaning har qanday holatda ham farzandlarini yaxshi koʻrishi mehr-oqibat koʻrsatishi faqatgina oʻzining farzandlarigagina emas balki butun dunyo bolalariga ham otalik qila olishi mumkin. Shuningdek, zamonaviy jamiyatda ota-onaga nisbatan befarqlik tushunchasi ham oʻrinli qoʻllangan. Bolakay boshqa bir insonning farzandi boʻlsa ham ota oʻzining jonini bir bahya boʻlsa ham oʻylamaydi, hatto oqib ketayotgan bolakayning qoʻlchasini koʻrishi bilanoq tanasidagi kuchsizligu, oyogʻidagi ogʻriqni ham unutib bolakayni qutqarishga shoshiladi. “Toʻlqinchalar...Birdan oʻsha toʻlqinchalar bagʻrida kichkina qoʻl koʻringanday boʻldi. “Yo Ollo”" deya oʻrnidan turib ketdi va haligi qoʻl koʻringan yoqqa qattiqroq tikildi. Chol baxtiyor qoʻlidagi tasbehni yerga tashladi. Qirgʻoq yoqalab oqin sari yugura boshlarkan chakmonini yanada tezlatdi. U jon xolatda yugurarkan bolaga yetib olishiga ishongan joyda oʻzini suvga otdi. Nihoyat sohilga yetib bolani qirgʻoqqa chiqardi. Shu payt hali suv ichida boʻlgan chol ogʻir va iztirobli bir ingranib, suv ostiga choʻka boshladi. Hikoya otaning daryoga choʻkishi bilan tugarkan, boshlanishi ham daryo bilan boshlanadi: “Hov naridagi ko‘prik ustida qiy-chuv qilib o‘ynayotgan bolalarning ovozi xayolini bo‘ldi. Daryo uzra yo‘l solgan bu ko‘prik uning bolalik paytlarida hali qurilmagandi, odamlaru ot-ulovlar kechuvdan o‘tishardi. Yillarning shitobligini qarangki, qirq yilning nari-berisida qurilgan mana shu ko‘prik ham go‘yo azaldan bor bo‘lganday tuyuladi”. Bu yerda yozuvchi daryo orqali qahramonga barcha yoshlik, gʻanimat vaqtlarini yodiga soladi. Daryo ham o’qishdan toʻxtamagani kabi vaqt ham oʻtishdan toʻxtamaydi. Hayot esa vaqt oʻtgan sari insonni oʻzgartiradi, kuchli qiladi, Выпуск журнала №-23 Часть–4_ Апрель –2025 16 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT har qanday musibatga ham ruhan tik tura oladigan qiladi, ammo badanidagi kuchini esa asta-sekin oladi, yoshlikda bemalol daryodan suzib oʻta oladigan bolakay qariganda suzib oʻtgan daryosidagi suvga ham qoʻl solishga oʻylanib qoladi. Xuddi shu holat hikoyaning boshlanishida qahramonning monologida kuzatiladi”. Mana shu tezoqar daryoning bu betidan narigi betiga hatto oʻn ikki yasharligidayam bemalol suzib oʻta olardi. Endi esa goho suvga qoʻl solgani ham oʻylanib qoladi. Bu yerda insonning eng goʻzal chogʻlari boʻlmish bolalikni yozuvchi oʻzining uslubiy mahorati bilan chiroyli tarzda tasvirlab beradi. Bu jumlalar, oʻqigan insonni taʼsirlantirmasdan qolmaydi. Hatto hissiz insonning ham etini jimirlatadigan darajada yoshlik davrini yozuvchi oʻzining oltin qalami bilan daftarga chizadi. Hikoyada ota-anʼanaviy qadriyatlarga sodiq farzandlari uchun hayotini bagʻishlagan mehribon inson. Uning fojiasi umrining soʻnggi yillarida yolgʻizlikni his qilishidir. Farzand esa zamonaviy jamiyatda ulgʻaygan oʻz shaxsiy hayoti bilan band boʻlib, ota- onaga boʻlgan masʼuliyatini unutayotgan avlod vakillaridir. Ota-onalar doimo farzandlari uchun yashashadi. Baʼzi manbalarda berilishicha, ilk inson yaʼni Odam Ato va Momo ha

Доказательный фрагмент

«In this article, the image of "Father", a typical character who embodies all human characteristics and does not lose its place in fiction, is presented through the story "Father" by Nabi Jalaluddin, which shows the ch…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the image of "Father", a typical character who embodies all human characteristics and does not lose its place in fiction, is presented through the story "Father" by Nabi Jalaluddin, which shows the ch… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
type, typical character, image, image, character, hero, modern, qahramon, timsol, xarakter, tipik xarakter, : tip, zamonaviy., obraz
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники