Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
”NASOYIM UL-MUHABBAT” ASARIDA MUTASAVVUF VA MASHOYIXLAR TALQINI”
MASHOYIXLAR TALQINI” · Abdurahmonova Farangiz
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
This article compares the works "Tazkirat ul-Awliya" and "Nasayim ul-Muhabbat" in terms of their artistic and mystical content. For example, it presents information about the lives of Sufis and sheikhs presented in both works. Kalıt so’zlar: Tasavvuf, tazkira, avliyo, shayx, so’fiy. Keywords: Sufism, tazkira, saint, sheikh, Sufi. O’zbek adabiyotining mehri olamoroyi, ya’ni olamni yorituvchi quyoshi hisoblangan buyuk shoir va mutasavvuf olim Alisher Navoiydir, desak mubolag’a bo’lmaydi. Uning o’zbek adabiyoti ganjiga, xususan, tasavvuf adabiyotiga qo’shgan hissasi shu qadar yuksak va qimmatliki, bu jabhalarda Navoiy dahosiga qoyil qolmaslikning iloji yo’q. Adibning “Xamsa”, “Xazoyin ul maoniy”, “Nazm ul- javohir” kabi mislsiz durdona asarlari qatoriga shayxlar va so’fiylar hayotiga bag’ishlab yozilgan “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” asarini ham qo’shish mumkin. Negaki ushbu asar butun tasavvuf olamida mashhurlikka erishdi hamda tasavvuf tarixini shunday mukammal yoritib berdiki, ungacha yozilgan asarlarning shuhratiga soya soldi. Aslida, bu asar fors-tojik adabiyotining dahosi mavlono Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds” (“Pok zotlar huzuridan esgan do’stlikning xush islari”) kitobining turkiy tildagi erkin tarjimasidir. Выпуск журнала №-23 Часть–4_Апрел –2025 64 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Asar nomiga e’tibor beradigan bo’lsak, “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul- futuvvat” , ya’ni tarjimasi “Ulug’lik xushbo’yliklarini taratuvchi muhabbat shabadalari” deyarli Jomiy o’z kitobiga qo’ygan sarlavha bilan sinonim. Chunonchi, ulug’lik xushbo’yliklarini taratuvchi deyilganda beixtiyor mashhur so’fiylar va mutassavvuflar ko’z oldimizga keladi. Demak, Navoiyning ushbu asarida aynan tasavvuf ta’limotining taniqli 770 arboblari haqida so’z boradi. Ayniqsa, ularning 35 nafari avliyo ayollar ekanligi qadimdan islomda ayollarning mavqeyi doim ulug’ ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Asarda Jomiy, Lutfiy, Shayx Sa’non, Nasimiy, binonarin, turkigo’y mashoyixlardan Sulaymon Boqirg’oniy hamda Yassaviylar haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. “Nasoyim ul-muhabbat” kitobi muqaddima bilan boshlanib, Navoiyning ilk shayx Uvays Qaraniy haqidagi fikrlari bilan davom etadi. Qaraniy hazratlari payg’ambarimizning sevimli ummatlaridan bo’lib, ko’rmagani holda ul kishiga “Sarvar ul-anbiyo” – Payg’ambarimizning bo’lakcha mehrlari tushib qoladi. Uvays Qaraniyning ham Rasulimizga muhabbatlari shu darajada ediki, Uhud jangida Janob Rasulullohning bitta tishi tushganidan xabar topib, o’zining soppa-sog’ tishlarini urib sindiradilar. Shu o’rinda ko’plab tasavvufga oid nafis kitoblarning bosh o’zani hisoblangan “Tazkirat ul-avliyo” asariga murojaat qilish o’rinlidir. Ushbu asar fors adabiyotining gultoji Farididdin Attorning o’tkir qalamidan chiqqan so’zlardan iboratdir. Asarda 72 nafar shayx va valiylar hayoti qalamga olingan. Ko’rinib turibdiki, Navoiy o’z asarida Farididdin Attorning “Tazkitat ul-avliyo” kitobiga ergashgan holda ma’lum va mashhur “Nasoyim ul- muhabbat” asarini bitgan. Shuning uchun ham asarda juda mutanosib ma’lumotlar ko’p uchraydi. Xususan, “Nasoyim ul-muhabbat” kitobining birinchi valiysi Uvays Qaraniy hazratlariga ham “Tazkirat ul-avliyo”da to’xtab o’tilgan. Ul zot Yaman yurtining yo’lchi yulduzi bo’lib, fazilat va iymon bobida shunday yuksaklikka ko’tarilgan ediki, hatto Payg’ambarimiz ul kishi xususida shunday der edi: “Uvays Qaraniy ehson-u iffat va tavsifda tobeinlarning yaxshisidir”. Diqqatimizni tortadigan bir holat borki, Payg’ambarimiz u kishini sahoba emas, tobein deb ataganlar. Nega axir u kishi Sarvar ul-anbiyo bilan bir davrda yashaganlar-ku? Barchamizga oftobdek ayonki, sahoba – Rasulullohni ko’rgan, u zot bilan as’hob bo’lgan avliyolardir, Выпуск журнала №-23 Часть–4_Апрел –2025 65 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tobeinlar esa Allohning elchisini emas, balki sahobalarni ko’rgan zotlarga nisbatan qo’llanadi. Rostdan ham, Uvays Qaraniy boshqa tobeinlardan yuqoriroqda turishining asl sababi ham shu bo’lsa kerak, chunki u kishi Muhammad Mustafo (s.a.v)ni ko’rmasdan unga iymon keltirgan. Bu islom tarixida uzoq asrlar davomida eng buyuk jasoratlardan biri bo’lib qolgay! Bu mardonavorlikning mukofoti ham o’z qimmatiga yarasha bo’ladi, “bir kuni sahobalar so’radilar: -Sizdan so’ng Sizning muraqqangizni (qiyqimlardan tikilgan kiyim. Uni odatda darveshlar kiyib yurgan) kimga beraylik? Aytdilar: -Uvays Qaraniyga berasizlar.” Payg’ambarlar sardori – Muhammad (s.a.v)ning nazarlariga tushgan va ulardan mehr va muhabbatning eng cho’qqisini qabul qilgan, hatto ul zotning o’limlarida ham ul kishining xotirasidan faromush bo’lmagan eng baxtli insonlardan biri – Uvays Qaraniydir, desak yanglishmagan bo’lamiz. Hanafiy mazhabiga tamal toshini qo’ygan, “mazham va millat shamchirog’i, din-u davlat shami, daqiq haqiqatlar asosi, ilm-u urfon hujjati, javohirlar ummoni...”1 Umuman olganda, Sayyid ul-mursalinning eng fozil ummatlaridan biri Abu Hanifa Kufiy hazratlaridir. Payg’ambarimi
Доказательный фрагмент
«This article compares the works "Tazkirat ul-Awliya" and "Nasayim ul-Muhabbat" in terms of their artistic and mystical content.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article compares the works "Tazkirat ul-Awliya" and "Nasayim ul-Muhabbat" in terms of their artistic and mystical content. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sufism, tazkira, saint, sheikh, Sufi, shayx, so’fiy., avliyo, Tasavvuf
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024