К содержанию
РецензированоEN2025

ADABIYOT GULISTONINING MUATTAR GULI

Farangiz Abdurahmonova

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article interprets the work "Guliston" by the great Persian poet Saadi Shirazi, a man of unparalleled talent. The poetic and instructive stories from the work are also analyzed in accordance with the realities of literature and life, and appropriate conclusions are drawn from them. Keywords: story, situation, "Gulistan", interpretation, preface. Adabiyot ochunini misli bir guliston desak, oʻz ismi jismiga mutanosib “Guliston” asari bu gulzorning eng muattar boʻyli, latif shaklli guli boʻlishga munosibdir. Asar Eronzaminning ulugʻ adibi, aqli va tafakkuri, goʻzal uslubi hamda behad joʻyali mantigʻi bilan adabiyot olamini nurlarga toʻldirgan Shayx Muslihiddin Sa'diy Sheroziy qalamraviga mansub. Adibning ushbu asari nafaqat Eronda, balkim dunyoning yetti iqlim mamlakatlarida topib, sevilib oʻqiladigan asarlar sirasiga kiradi. Darhaqiqat, hatto asarning she’riy tarjimasi ustida ish olib borgan iste’dodli adabiyotshunis Sh.Shomuhamedov ta’kidlaganidek, “Adabiyotshunoslar nazdida, fors-tojik klassik poeziyasining eng porloq asari Firdavsiyning “Shohnoma “si boʻlsa, nasriy asarlarning eng barjastasi “Guliston” hisoblanadi”.1 Asarning kompozitsion tuzilishi turli mazmunga boy hikoyatlardan iborat boʻlib, har bir hikoyat masnaviy, qit'a, fard kabi lirik she'r turlari bilan bezatilgan va bu an’anaviy uslub oʻquvchiga 1 Sa’diy Sheroziy “Guliston”. www.ziyouz.com kutubxonasi. 5b Выпуск журнала №-23 Часть–4_ Апрель –2025 69 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT fazilatlar va hayotiy falsafani tushunib olishda juda yengillashtiribgina qolmasdan hamda zavq-u shavq bergan. Asar nafaqat axloq, odob, tarbiya, pand-nasihat, hayotiy ta'lim, ezgu xislatlar, balki siyosat va ishq, xullas inson deb atalmish yaratiqning butun umriga bogʻliq har qanday jarayonni, har qanday hodisalar dengizida zarur boʻlgan asbob-u anjomni, foydali maslahatlarni qamrab oladi. Shuning uchun boʻlsa kerak, asar “Debocha” sida adib oʻz asarini 8 bobga ajratadi. Aslida, “Debocha – shoirning tarjimayi holiga oid ma’lumotlar, adabiy faoliyati, asarlarining yaratilish tarixi, adabiy-estetik qarashlarini ifoda etishi jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi. Istilohda 1. Qimmatbaho ipak matodan tikilgan shohona libos. 2. Zarhal va qimmatbaho ranglar bilan sayqal berilgan qadimgi kitoblar muqaddimasi. 3. So’zboshi, muqaddima, kirish so’zi. 4. Avval, har narsaning ibtidosi kabi ma’nolarni anglatadi”.2 1. Podshohlar odati bayoni 2. Darveshlar axloqi bayoni 3. Qanoatning fazilati bayoni 4. Sukut saqlashning foydalari bayoni 5. Ishq va yoshlik bayoni 6. Zaiflik keksalik bayoni 7. Tarbiyaning ta’siri bayoni 8. Suhbat qoidalari bayoni Kitobning sarlavhasiga e’tibor qaratadigan boʻlsak, “Guliston” – barcha gullar, go‘zallik va nafosat jamuljam boʻlgan makon degan ma'nolarni beradi. “Debocha” da nom qoʻyilishiga doir yozuvchining oʻz qarashlari ham berib oʻtilgan: Kunlardan bir kuni adib saroy xizmatidan ketishni endi tarki dunyo qilib hech kim bilan muloqot qilmaslikka qat'iy bel bogʻlaydi. Uning oʻrinli sababi bor edi. U bir hikoyat eshitgan hikoyatda aytilishicha Buyuk Fors podshosi Buzurjmehrdan donishmandlar nuqson qidirib hech ayb topolmaydilar, tinglovchini mahtal qilib koʻp oʻylab gapirishini hisobga olmaganda. Shunda Buzurjmehr: 2 Farida Karimova . Sharq adabiyotida debocha va uning poetikasi. Toshkent. Elnur-print. 2023. Выпуск журнала №-23 Часть–4_ Апрель –2025 70 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT - Nima desam deb oʻylash, nega shunday deb qoʻydim deb oʻylashdan koʻra xoʻproqdir. Degan ekan. Darhaqiqat, Tilingnj avayla omondir boshing Soʻzingni avayla uzayar yoshing. Inson avval oʻylab, keyin soʻylamasa, oʻz boshiga falak gʻam toshlarini yogʻdirishi mumkin. Shunday ekan shu kuni kechquruni bilan tunni bedor oʻtkazib azm qiladiki, bundan keyin koʻngil xazinasidan hech bir dur chiqmaydi, ya'ni endi do‘stlar davrasidan qoʻl yuvib, qalb daftaridagi ortiqcha jumlalarni chiqarmaydi. Lekin uning yaqin bir hamnishini uni hol-joniga qoʻymaydi. Rad etib boʻlmaydigan mantiqli dalillar keltirgach, u bilan soʻzlashmaslikka bahona topa olmaydi. Uning dalillari ham ma'noga, ham aql javohiriga toʻla ediki, Sa'diy bir ogʻiz qarshi fikr bildira olmaydi. Ogʻiz ichida til nedur, ey oqil? Hunar xazinasin kalididur u Eshik yopiq ekan bilib boʻlmagay U yerda nima bor munchoqmi, inju. Xullas, til ham bir ilohiy ne'mat ekanligini uning ham oʻz vaqtida yetish lozimligini isbotlab beradi. Zarurat yuzasidan gaplashishni boshlaydi-yu, shahar tashqarisiga sayr qilish uchun ravona boʻlishadi. Oʻsha paytlar fasli navbahor, gullab yashnagan chamanzorlar payti boʻladiki, qanday kech boʻlganini bilmasdan bir doʻstinikida tunab qolishga majbur boʻlishadi. Shunday qilib erta tongdan shaharga qaytishga majbur boʻlishadi va ammo yoʻldan qaytayotganida bir doʻstiga gullarga oshufta boʻlib bir quchoq qilib terib olganida Sa’diy : Har narsa bordirki, bevafodir – muhabbat qoʻyishganoravodir Deyishgan. Ya'ni bu gullaring baribir soʻlib qoladi-ku! – deydi. Istasang, men senga shunday kitob yozayki, uning

Доказательный фрагмент

«This article interprets the work "Guliston" by the great Persian poet Saadi Shirazi, a man of unparalleled talent.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article interprets the work "Guliston" by the great Persian poet Saadi Shirazi, a man of unparalleled talent. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
story, situation, "Gulistan", interpretation, preface, talqin, hikoyat, “Guliston” asari, hasbi hol, debocha.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники